Kirish: kurs ishining umumiy tavsifi


Download 51.42 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi51.42 Kb.
#1647836
  1   2
Bog'liq
muqimiyning-sayohatnoma-sida-davr-muhit-voqelik-tasviri (1)


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)

MAVZU: Muqumiy “Sayohatnoma”sining g’oyaviy – badiiy xususiyatlari.


MUNDARIJA
KIRISH:KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI.

ASOSIY QISM





  1. BOB. MUHAMMAD AMINXO’JA MUQUMIY IJODIGA NAZAR




    1. MUHAMMAD AMINXO’JA MUQUMIY IJODIGA NAZAR VA UNING O’RGANILISHI

    2. MUHAMMAD AMINXO’JA MUQUMIY IJODINING RANG – BARANGLIGI




  1. BOB. “SAYOHATNOMA “ASARINING G’OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

    1. “SAYOHATNOMA”ASARIDA DAVR MUHIT VOQEYLIK TASVIRI




  1. XULOSA




  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish


Milliy adabiyotimiz tarixida XIX asr oxiri XX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitidan yetishib chiqqan ijodkorlar merosi alohida o‘rin tutadi. Bu adabiy muhitning zabardast namoyandasi Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy asarlari har doim mutaxassislar diqqat markazida bo‘lgan. Shoir asarlari “Devon” tartibida tuzilgan emas. Shunday bo‘lsa-da, XX asr boshlarida toshbosma usulida “Devon” deb atalgan 23 she’rlar majmuasi nashr qilingan [Muqimiy, O‘zR FA ShI toshbosma № 10119, № 309, № 318, № 236]. Ammo bu to‘rtala to‘plam ham devon tuzish talablariga rioya etilmagan holda tartiblangan. Shuning uchun ham mazkur to‘plamlarni “Devon” deb emas, balki she’rlar majmuasi sifatida qabul qilish mumkin. Shoir ijodi namunalari yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Taassufki, ularda Muqimiy asarlari sho‘ro davri mafkurasi talabiga ko‘ra bir tomonlama talqin qilingan. Natijada, shoir nazmiy merosi o‘zining asosiy mohiyatidan uzoqlashtirildi. Ya’ni asarlari tahrirga uchradi, qisqartirildi, manbalarda qolib ketdi. Bu esa, o‘z navbatida, shoir adabiy merosini yangicha mezonlar asosida xolis va haqqoniy o‘rganish zaruratini taqozo etmoqda.

Ushbu maqolada Muqimiy hajvlarining g‘oyaviy konsepsiyasi, “Sayohatnoma” asarining janr xususiyatlari va obrazlari, asarda davr, muhit va voqelik tasviri, Qo‘qon adabiy muhitida siyosiy hayotning badiiy tasviri, satiraning o‘rni, ijtimoiy tiplarning satirik talqinlari haqida so`z yuritilgan.


Kalit so`zlar: Muqimiy, hajv, “Sayohatnoma”, Qo‘qon adabiy muhiti, satira, o’zbek adabiyoti, poetik mahorat, “Tanobchilar”, hajviya.
Xalqimizning ijtimoiy-falsafiy tafakkuri, madaniy-adabiy taraqqiyotimiz tarixida beqiyos rol o’ynagan ulug’ siymolar nomi va sha’ni o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topmoqda. Markaziy Osiyoda mashhur Mavlono Muqimiy tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib kelayotgan, abadiyatga daxldor ana shunday namoyandalardan biridir.
О‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari qalam sohibalari о‘zlarining kо‘ngil kechinmalari, rangin tuyg‘ulari hamda ijtimoiy hayotga munosabatlarini badiiy ifodalashda о‘ziga xos mahorat maktabi yaratganlar. Shuning uchun ham madaniy merosimizni, uning ulug‘ siymolarining hayot va ijod yо‘llarini ham ilmiy ham badiiy talqin etish bugungi kunimizning muhim vazifalaridan biridir.
Endilikda o’zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari asosida qayta idrok etilmoqda, o’tmishda yaratilgan asarlarning asl mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik istiqlolgacha bo’lgan davrlarda badiiy asarlarni asosan ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazaridan tekshirishga moslashgan bo’lsa, endi o’sha qoliplarni tark etib, badiiy matnga estetik talablar asosida yondashishga, har qanday xulosani matnning o’zidan keltirib chiqarishga harakat qilmoqda. Natijada ko’plab mumtoz adabiyot namunalarining asl badiiy qiymati, bir qator adiblarning millat estetik tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy o’rni xolisona belgilanayotir.
Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovaddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim” degan fikri milliy qadriyatlarimizning davr, zamon, istiqlol mezoni asosida tadqiq etishni taqozo etadi. Prezidentimiz nomlarini tilga olgan ulug‘ ajdodlarimiz safiga o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi bosqichga ko‘targan, lirikaga yangi ruh, yangi mavzular olib kirgan, ijodi bilan o‘ziga xos mahorat va tajriba maktabi yaratgan Mavlono Muqimiyni ham qo‘shish mumkin. Xalqimizning bu ulug‘ farzandi o‘zining adolatparvarlik va ma’rifiy qarashlari, ilm-fandagi hamda ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni badiiy tarannum etishi bilan o‘zi mansub bo‘lgan muhit doirasidan yuqori ko‘tarila olgan. Shoir zamonasining taraqqiyparvar kuchlari o‘rtasida haq so‘zi va haqiqat uchun kurashishi tufayli oldingi o‘rinlarni egallagan.
Sho‘ro davrida yaratilgan bir qancha tadqiqotlarda ham Muqimiy hayoti va ijodi haqida qimmatli ma’lumotlar bildirilgan. Homil Yoqubov, Abdulla Olimjonov, Hamid Olimjon, Hodi Zaripov, Hoshimjon Razzoqov, G‘ulom Karimov, Abdurashid Abdug‘afurov, Abduvohid Shokirov kabi olimlar tadqiqotlari shular jumlasidandir. Ammo bu tadqiqotlarning bahsli, munozarali jihatlari ham talaygina. Ularni Milliy istiqlol mafkurasi nuqta nazaridan yangicha talqin etish zarurati bor. Muqimiy ijodini o‘rganishda professor G‘.Karimovning xizmatlari katta bo‘ldi. U Muqimiy “Asarlar to‘plami”ni jami to‘rt marta (1958, 1960, 1973, 1974-yillarda) nashr ettirdi. Shoirning nazmiy asarlariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, xususan, 1962-yili yoqlangan “O‘zbek demokrat shoiri Muqimiy va uning davri adabiyoti” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi, 1970-yili nashr etilgan “Muqimiy. Hayoti va ijodi” nomli monografiyasi Muqimiy hayoti va ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan birinchi yirik monografiyadir. Unda shoir hayoti va ijodi muqimiyshunoslikning o‘sha davrdagi mavjud yutuqlarini mujassamlashtirgan holda ancha mufassal tadqiq etilgan.
G‘.Karimov tomonidan nashr etilgan universitetlar va pedagogika institutlari filologiya fakultetlari uchun “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida ham (1966, 1975, 1987) shoir hayoti va ijodi muqimiyshunoslikning o‘sha paytdagi eng so‘nggi yutuqlari asosida o‘rganilgan. A.Shokirov, A.Madaminov, O.Jo‘raboyev va A.Turdialiyevlarning Muqimiyning yangi topilgan asarlarini matbuotda e’lon qilishi ham Muqimiy biografiyasini tiklashda, ijodkor sifatida uning shaxsiyatini, dunyoqarashini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, adabiyotshunos A.Turdialiyevning “Adabiy meros” jurnali 1988 yil, 1-sonidagi “Muqimiyning yangi aniqlangan dastxatlari” sarlavhali maqolasida Muqimiyning o‘z qo‘li bilan yozilgan fors-tojik tilidagi Isfaraga – do‘sti Ibrohim xo‘jaga bag‘ishlangan nasriy maktubini talqin qilib, matnini joriy imloda berishi Muqimiy hayoti va ijodini o‘rganishda alohida o‘rin tutadi.
Shuningdek, A.Madaminov nashrga tayyorlagan Zavqiy, Furqat, Muqimiy asarlaridan iborat “Yangi bayoz” (Toshkent, 1997) nomli kitobida ham Muqimiyning jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan she’rlari nashr etilgan. A.Shokirovning “Adabiy meros” jurnalining 1976 yil, 5-son, 1976 yil, 6-son va 1978 yil, 10-sonlarida e’lon qilgan “Muqimiy dastxat yozgan bayoz”, “Muqimiyning bir dastxati haqida” hamda “Muqimiyning yangi topilgan satirasi” kabi maqolalarida Muqimiy ijodining jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan qirralari o‘rganilgan.
O.Jo‘raboyevning “Guliston” jurnali 1999 yil, 2-sonidagi “Muqimiyning cho‘ntak bayozi”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2001 yil, 3-sonidagi “Qo‘lyozma manbalarda Muqimiy ijodi” kabi maqolalarida ham Muqimiy ijodining o‘rganilmagan jihatlari haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu kabi yangi ma’lumotlar Muqimiy ijodining hali tadqiqotchilar e’tibori yetarli qaratilmagan jihatlariga bag‘ishlanganligi, ko‘p hollarda muhim masalalar o‘rtaga qo‘yilib, puxta hal etilganligi bilan e’tiborga molik.
Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, Muqimiy qo‘lyozmalaridan ko‘pgina lirik asarlar yo‘qolgan yoki hanuzgacha topilgani yo‘q. Uning adabiy merosi hali mukammal o‘rganilmagan yoki Istiqlolgacha bo‘lgan davrdagi tuzum mafkurasining tazyiqi bilan biryoqlama tahlil etilgan.
Shunga qaramay, bizgacha yetib kelgan asarlarining o‘zi ham Muqimiyning katta she’riy iste’dodidan, hozirjavobligi va zukkoligidan darak beradi. Uning g‘azal va muxammaslari, xususan, “Sayohatnoma” asari o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga munosib ulush bo‘lib qo‘shilgan. Shoirning o‘ziga xos uslubiy qirralari uning asarlari tilidagi xalqchillik va xalqonalikda, poetik mahorati badiiy san’atlardan o‘rinli foydalana olishida, hayotga yaqinligida ko‘zga tashlanadi.
Shoirning hayot yo‘li bir tekisda kechmaganligi tabiiy. G‘azallaridan birida:
Kelsam Hindu Marvdin balki topardim e’tibor, Shul erur aybim Muqimiy, mardumi Farg‘onaman
degan shikoyat va nolasining o‘ziyoq uning zamona alg‘ov-dalg‘ovlaridan,
muhitning nizo va fitnalaridan tinimsiz ozor chekkanligini ko‘rsatadi.
Shundan kelib chiqib, biz Muqimiyning o‘sha murakkabliklar va ziddiyatlarga to‘la davrdagi ijodiy faoliyatida shon-shuhratga emas, ma’naviy kamolotga intilish, she’riyat va ijodga talpinish ustun bo‘lgan deya xulosa chiqarishimiz mumkin. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Muqimiy o‘zi yashagan davr adabiy muhiti namoyandalaridan ma’naviy g‘amxo‘rlik, hamfikrlilik hamda rahnamolik ko‘radi. Zavqiy, Furqat singari mashhur zamondoshlariga bo‘lgan ehtiromini ifodalovchi satrlari bundan dalolat beradi.
...O‘zlarin zakki olib, xat qilmadilar loaqal, Emdi Zavqiy yurmasun deb xalq aro hushyor man. Hasbi hol aylab qilibtur xat, so‘rab holin, Muqim, To qiyomat Furqatiydin emdi minnatdorman.
Muqimiy lirik she’rlarida boshqalarni kamolotga da’vat etar ekan, bu borada o‘zi har tomonlama ibrat ko‘rsata olgan betakror shaxs ham bo‘lgan. Yurtboshimiz iboralari bilan aytganda: “Har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, har qanday og‘ir va murakkab sharoitda ham ota-bobolarimiz o‘zligini yo‘qotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, odob-axloq qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani bugun ham barchamizga ibrat bo‘lib, kuch-quvvat bag‘ishlab kelmoqda.”
Muqimiy ijodida dunyoviy-insoniy kechinmalar bilan birga diniy-falsafiy, tasavvufiy g‘oyalar ham yetakchilik qiladi: ularda biz islom ta’limoti g‘oyalari targ‘ibi bilan bir qatorda, ilohiy va dunyoviy ishq tarannumi, shoirning olam va odam haqidagi falsafiy mulohazalarining badiiy talqinlari, charxu falakdan, zamonadan va nokas kishilardan shikoyat ohanglari, turli bid’atchiliklar tanqidi, pand-nasihat ruhidagi va hasbi hol xarakteridagi she’rlarni ko‘ramiz.
Qayda bo‘lg‘ay telba, rasvo yaqoyu ostin,
Ne bilur Majnun degan subh ila shomu choshtin,
Naylayin, o‘ylab tiriklikning kamiyu kostin, Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin, So‘zki haq bo‘lsa: savolimga javobim, kim desun?
Shoir o‘z she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, o‘ziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalanadi. Muqimiy she’rlarining tili sodda, uslubi ravon, fors-arab so‘zlari nihoyatda oz, jonli tilga yaqin. Bu esa shoirning o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi va taraqqiy etishiga qo‘shgan hissasi deyish mumkin.
Muqimiyning umri iqtisodiy qiyinchiliklar, turli voqea-hodisalar girdobida notinch o‘tdi. Ammo ilm-ma’rifatga, ijod va yaratuvchilik faoliyatiga hamisha vaqt topa olganligi, boshqalarni ham bu yo‘lga muttasil targ‘ib qilganligi tahsinga loyiqdir.
Shoirning nisbatan qisqa bo‘lgan umri davomida qoldirgan adabiy merosi o‘zining ilg‘or g‘oyalari, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhi bilan bugungi kungacha xalqimizning ma’naviy merosi bo‘lib kelmoqda. Muqimiy o‘zining “Ko‘rgan kishi” radifli she’rida kelguvsi avlodlarga vasiyat qilayotgandek, ushbu misralarni bitgan edi: ...Nazmini qildi latofatlik Muqimiy boridin, Istasin deb to o‘qib nomu nishon ko‘rgan kishi.
Demak, Muqimiy nafaqat mumtoz adabiyotimizning ulkan namoyandasi, balki xalqimiz ijtimoiy tafakkurida yorqin iz qoldirgan ulug‘vor siymolardan biri, tarix sahifalariga o‘z nomi abadiy yozilishiga erisha olgan ilg‘or fikrli ziyoli inson sifatida ham qadrlanishga loyiqdir.
Mumtoz adabiyotimiz- ulkan bir xazina. Istiqlol sharofati bilan ana shu merosni o‘rganish, undan kishilarning ma’naviy olamini boyitishda oqilona foydalanishga harakat qilinmoqda. Buyuk o‘zbek shoiri Muqimiy devoni ham ana shu savobli ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Ilgari keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan ijod namunalarining to‘plamga kiritilgani, avvalgi nashrlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilinganligi nashrning qiymatini yanada oshiradi.
Muqimiy bir necha muddat Qo‘qondagi yer o‘lchash boshqarmasida ishlagan vaqtida bu ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Bu uning “Tanobchilar” she’rida ham aks etgan. Atrofda yuz berayotgan nohaqliklar, fojialar shoir qalamining yanada o‘tkirroq, keskinroq bo‘lishiga olib keldi. Muqimiy xalq dardu quvonchlarini o‘z asarlarida ifoda eta olgani uchun ham el o‘rtasida mashhur bo‘lib ketdi. Bir muxammasida shoir shunday deb yozgandi: Kettilar hasrat bilan mardum yig‘ib dunyo, darig‘, Hirsu g‘aflat pardasi bosib, bo‘lib a’mo, darig‘, Dahrdin bir oliyhimmat bo‘lmadi paydo, darig‘,Johu qudrat birla xok o‘ldi g‘aniylar, vo darig‘, Xayru ehsonin ko‘rolmay benavolardin biri. Muqimiyning hayoti doimo muhtojlikda o‘tdi. U 1890 yilda o‘z hovlisini sotib, pulini o‘gay onasi va singillariga bo‘lib bergach, mahallasidagi Sohibzoda Hazrat madrasasining bir hujrasiga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda umrbod yashab qoldi. Muqimiy o‘z davrining mashhur shoirlari bo‘lmish Muhyi, Nisbatiy, Furqat, Zavqiy, Muhayyirlar bilan shu yerda uchrashib, do‘stlashdi, ular bilan adabiy majlislar, mushoiralar o‘tkazdi. Bu adabiy hamkorlik samaralarini biz mazkur shoirlarning ijodiy merosidagi bir xil mavzu, bir xil radif va qofiyadagi ko‘plab she’rlarda ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Muqimiy, Muhyi, Furqat, Zavqiy, Nusrat, Nisbatiylarning birgalikda G‘oziy g‘azaliga bog‘lagan muxammaslari, “Gul”, “Sandali” radifli g‘azallar, “Viktor” siklidagi satiralar, “Fonus”, “Ko‘samen” singari yumoristik she’rlar fikrimizga dalil bo‘la oladi.Muqimiy madrasada turgani uchun ilm ahli sifatida unga ham vaqf daromadidan bir ulush berib turilardi. Lekin madrasa vaqflarini podsholik olib qo‘yganligi uchun undan ham mahrum bo‘lgan. Bu haqda Muqimiy jiyani Ro‘zimuhammadga yozgan xatida shunday deydi: “Har daf’a xat beramiz – savg‘osiz, sizga munosib yuborg‘udek bir nimarsa yuborolmay xatlarimiz quruqdin-quruq borib, nihoyatda yozgan xatlarimizdin xijolat va sharmanda bo‘lamiz. Bechorachilik, podsholik madrasalarni vaqfini olib qo‘ygan, hech bir tarafdin daromad-daxl yo‘q, qashshoqlig‘”. Lekin xalq o‘z sevimli shoirini doimo qo‘llab turgan. Muqimiyni shaxsan taniganlardan biri: “Qishloqlardan yigitlar, ashulachilar sovg‘a-salom bilan Madaminxo‘janing hujrasiga kelishib, uning g‘azallaridan olib ketishar edi”, – deb eslaydi. Dehqonlar shoirni o‘z qishloqlariga chorlab ham turganlar.Muqimiy she’riyati xalqqa juda yaqinligi bilan ham alohida ajralib turadi. XIX asrda ijodi xalq o‘rtasida bunchalar mashhur bo‘lgan o‘zbek shoirlari barmoq bilan sanarli. Shuning uchun uning yuzlab she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketganligi bejiz emas. “Yakka bu Farg‘onada”, “Muncha ham”, “Ko‘zlaring”, “Kim desun?”, “Ayrilmasun”, “Yodimga tushdi”, “Yolg‘uz”, “Biri” va boshqa nazm namunalari fikrimiz dalilidir.
Shoirning o‘zi ham bir she’rida bu haqda faxrlanib shunday yozadi:Muqimiy so‘zidin bo‘yi muhabbat kelgay, ey ahbob,Tarannum qilsa mahfillarda hofizlarning xushxoni.Uning “Bachchag‘ar”, “Avliyo”, “Tanobchilar”, “Hajvi Viktor” kabi hajviyalari, “Burun”, “Loy”, “Ko‘saman”, “Pashshalar”, “Bezgak”, “Otim” singari yumoristik she’rlari, o‘zbek adabiyotida yangilik bo‘lgan she’riy “Sayyohatnoma”lari shoir ijodining abadiyatini ta’minlab turuvchi asarlardir.Muqimiy 1903 yil 25 may, dushanba kuni 53 yoshida o‘z hujrasida vafot etdi. Shoir Qo‘qondagi Shayxon qabristoniga dafn etilgan. Uning vafotiga bag‘ishlab o‘sha davrning peshqadam shoirlari bo‘lmish Mavlaviy Yo‘ldosh va Sulaymonqul Rojiy marsiya-ta’rixlar yozib qoldirganlar. Muqimiy hayoti va ijodini ilmiy o‘rganish XX asrning 30-yillaridan boshlandi. Shoir G‘afur G‘ulom 1938 yili “Muqimiy bayozi”ni tayyorlab, muxtasar so‘zboshi bilan nashr ettirdi. Uyg‘un, H.Olimjon kabi shoirlarimiz ham Muqimiy hayoti va ijodi haqida maqolalar yozdilar. Keyinroq esa Abdulla Olimjon, Hodi Zarifov singari olimlar shoir hayoti va ijodi haqida maxsus tadqiqotlar yaratib, asarlarini nashr ettirdilar. Bu borada taniqli adabiyotshunos olim G‘ulom Karimovning xizmatlari kattadir. U Muqimiy hayoti va ijodi haqida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1960 yilda Muqimiyning ikki tomlik asarlar to‘plamini, 1974 yilda bir tomlik salmoqli asarlar to‘plamini lug‘at, izohlar bilan nashr ettirdi. 1970 yili shoir hayoti va ijodi haqidagi “Muqimiy” nomli monografiyasini e’lon qildi.Shoir hayoti va ijodini ommalashtirishda shoir va dramaturg Sobir Abdullaning ham xizmatlari katta bo‘ldi. U “Muqimiy” nomli musiqali drama yaratdi. Shoir hayoti va ijodiga oid badiiy lavhalardan iborat “Mavlono Muqimiy” asarini e’lon qildi. Bu asarlar o‘z davrida katta shuhrat qozondi.Ammo, shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Muqimiy hayoti va ijodiga doir mazkur asarlar sho‘rolar davrida yaratilganligi sababli ularda kommunistik mafkuraning kuchli tazyiqi sezilib turadi, ya’ni o‘sha davr adabiyotini sun’iy ravishda demokratik va reaksion adabiyotga ajratish, Muqimiy va Muhyi o‘rtasidagi ixtiloflarni bo‘rttirib ko‘rsatish, Muqimiyga Abdullajon Nasimiy va Haziniyni qarama-qarshi qo‘yish shular jumlasidandir.Istiqlol yillarida adabiy merosimizni xolis va haqqoniy o‘rganish yo‘lida keng imkoniyatlar ochildi. Ilgari nohaq qoralangan yoki bir yoqlama o‘rganilgan ijodkorlar haqida xolis ilmiy tadqiqotlar yaratilib, ularning asarlari chop etildi. Shu o‘rinda Po‘latjon domla Qayumovning 1998 yilda chop etilgan uch jildlik “Tazkirai Qayyumiy” asari muhim voqea bo‘ldi. Bu tazkira adabiyotimiz tarixidagi bir qancha bahsli masalalarga oydinlik kiritdi. Tazkiradagi Muqimiy va Muhyiga oid fikrlar, shuningdek, professor Sh.Yusupovning “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 1996 yil 21 iyun sonida e’lon qilingan “Muqimiy va Muhyi” sarlavhali maqolasi adabiyotshunosligimizdagi yangicha fikrlashning mahsulidir. Bu jarayon davom etmoqda.
Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi.
Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o‘rgandi, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Jomiyni o‘ziga ustoz bildi. O‘zbek, fors mumtoz shoirlari an’analarini davom ettirdi. O‘zbek adabiyotida demokratik yo‘nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli shoirlar o‘zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug‘orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. She’rlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do‘stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug‘langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan («Kelur oxir seni ham yo‘qlag‘udek bir zamon yaxshi» va boshqa). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo‘lgan she’rlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo‘nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida ko‘proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo‘linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan («Tanobchilar» va boshqa) «Saylov», «Dar mazammati zamona» va boshqada o‘lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g‘ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko‘rsatilgan. Ba’zan, o‘sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan («Hajvi halifai Mingtepa»).
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan («Devonamen», «Ko‘samen» «Hayron qildi loy», «Pashshalar», «Shikoyati bezak» va boshqa). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan («Ta’rifi pech», «Aroba qursin», «Loy» va boshqa).
Muqimiy o‘zbek adabiyotiga ishchilar mavzuini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi («Maskovchi boy ta’rifida», «Voqeai Viktor» va boshqa). Turli shaxar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli «Sayohatnoma» asarini yozdi. Asar yengil, o‘ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining og‘irligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma’qullab, go‘zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she’riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. She’rlari qo‘lyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.
1907 yilda “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri N.Ostroumov Toshkentda “ Devoni Muqimiy” nomli to‘plamni nashr etdirishi bilan keng jamoatchilik hajvchi shoir she’rlari bilan tanisha boshladi.Afsuski, bu paytda shoir muhtojlikda hayot kechirib, kasallikdan vafot etib ketgandi.
1903 yil, may.Qo‘qonlik 53 yoshli Muhammad Aminning har yili qaytalab turgan » yaraqon»(jigar xastaligi), quloq og‘rig‘i kasalligi ancha kuchaygach, umri oilaviy nizolar, kambag‘allik, kimlar bilandir kelishmovchiliklar bilan o‘tgani natijasida orttirilgan xastaligi uni to‘shakka yotqizib qo‘ygan edi.Biroq xastaligiga qaramay, ruhiyati tetikligi uchun shoir o‘tgan kunlarini sarhisob qilib, o‘zidan ham ko‘ra Moskvalik jiyani Ro‘zimuhammad haqida o‘ylar, yozgan maktublariga javob kelishini intizorlik bilan kutardi.Muhammad Amin shu tariqa xastalanib yotganicha 25 may, dushanba kuni Qo‘qonning Begvachcha mahallasidagi hujrasida vafot etadi.
Asli Toshkentlik bo‘lib, 1836 yilda Qo‘qonga kelganicha novvoylik qilib turg‘un bo‘lib qolgan Mirzaxo‘ja Oyshabibi ismli qizga uylanadi.Kelinning otasi Saidolim Nodirshoh o‘g‘li ham asli Xo‘jandlik bo‘lib, u ham Qo‘qonga kelib turg‘un bo‘lib qolgan edi. Vaqt o‘tib yangi oilada yolg‘iz o‘g‘il va to‘rt qiz-Tojiniso, Ulu-bibi, Saydiniso, Mehriniso voyaga yetadi. Oiladagi va mahalladagilar Mirzaxo‘janing o‘g‘lini Madaminxo‘ja deb chaqirishar, onasining bolalikda ilmga havas ruhida tarbiyalangani bois, she’rlar ham yoza boshlagan shoir esa, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy, deya yozganlariga imzo qo‘yardi.
Madaminxo‘janing onasi Bibioysha adabiyot va san’atga oshno ayol bo‘lib, mahalladagilar uni Xumorbibi deya atashar,o‘g‘li ham onasi ta’sirida ilmga, ijodga hasav bilan voyaga yetadi.Otasi esa novvoyligi ortidan 7 ta jondan iborat oilani qiynalib boqdi.Shunga qaramay, ilm va ijodga havas ruhi uyg‘ongan bolam o‘ksinmasin, deb bor to‘plagan mablag‘iga Madaminni avval mahalladagi Abduxalil domlaning maktabida, keyin esa Qo‘qondagi “Hokim oyim” va Buxorodagi “Mehtar anbar” madrasalarida o‘qitdirdi.Muqimiy tahsil davomida arab va fors tillarini o‘rganadi.
Madrasalar tahsilini tugatgach, Qo‘qonga qaytgan Muqimiy, biroz muddat yer qurilish mahkamasida mirzalik, daryo qirg‘og‘idagi Oqjarda kemachilarga pattachilik qilib yurdi.Ammo ba’zi noinsof tanobchilar, kemachilar bilan kelishaolmay, har ikkala ishni tashlab uyiga qaytib keldi.Tabiatan adolatgo‘y bo‘lgan Muqimiy parom va tanobchilar mavzusini o‘z she’rlarida aks etdirib ham o‘tgan:
Kelganim ushbu makonga qiladur manga alam,
Loyiqi tab’ yo‘q odamki,desam hasratu g‘am,
Gaplashurg‘a kishi yo‘q ertadin oqshomg‘acha ham, Kun sovuq, qora chiroq, go‘rdek uyu, o‘tin kam.
Chiqsam eshikka qilur to‘rg‘ayi chuldir-chuldir.
yoki tanobchilarning qing‘irliklarini hajv qilarkan, she’r oxirida shoir shunday xulosa chiqaradi:
Tag‘i bular yaxshiyu bizlar yamon, El tamizidin hazar et, al’amon.
Hayotda shunday qing‘irliklarni ko‘rib yurgan vaqtda onasining kasallikdan vafot etadi va otasi Ziyodabibi degan beva ayolga uylanadi.Uning Sanambibi ismli qizi ham bor edi.Otasi ishi yurishmay uyga qaytib kelgan Madaminni 1878 yilda ana shu o‘gay qiziga uylantirib qo‘ydi.
Garchi oradan bir yil o‘tib, o‘g‘li Akbar tug‘ilgan bo‘lsa-da,Madamin Sanambibi bilan otasi va singillariga, qolaversa, ba’zida o‘ziga ham bo‘lgan hurmatsizligi sababli kelishaolmay, 1881 yili ajrashishga majbur bo‘ldi.U shu tariqa uy-joyini otasi, o‘gay onasi va singillariga tashlab, o‘g‘lini olganicha madrasa hujrasiga bosh olib ketdi.1886 yilda otasi ham vafot etadi.
Muqimiy madrasa mudarrisi sifatida hujrada yasharkan, madrasa peshvosi Sohibzoda Hazratning yordamini aytmasa, qiyin hayot kechirgan.Uning hujradagi boryo‘q bisoti oddiy bir namat, bir sholcha, o‘g‘li Akbar uchun bir sidra ko‘rpa-yostiq, ko‘za, qumg‘on, dekcha va choynak-piyoladan iborat edi.Biroq shunga qaramay, shoir yaxshi ijod qildiki, uning yozganlarida qiynalib yashaganidan nolish, zamonasining taraqqiyotidan orqada qolganidan kuyinish kabi jihatlar yaqqol aks etib turardi: Ketardim bosh olib, gar bo‘lsa erdi, ro‘zg‘orim yo‘q,
Netay bezodu to‘sha, yo‘lga yurmakka madorim yo‘q, Turarga qolmadi toqat, ko‘ngulda ixtiyorim yo‘q,
O‘zingdan o‘zga, yo rab, rahbari laylu nahorim yo‘q, Hidoyat aylagaymu deb Muqiyming intizor o‘lmish..
Yoki boshqa bir she’rida:
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog‘lar, degan satrlar bor. Boshqa bir ash’orida bo‘lsa:
Ranj-mehnat sog‘arin kimdurki davron yutdurur,
To`leim ham nechakim ortuqcha pinhon yutdurur,
Charx selisiz Muqimiyg‘a qachon non yutdurur,
Almaiyg‘a baski baxti dam-badam qon yutdurur,
Margdur shirin qotida zahridin achchiq hayot… deya dardlarini qog‘ozga to‘kadi shoir.
Ha, davr qiyinchiliklari nafaqat Muqimiy, balki Almaiy, Mahmudxo‘ja, G‘aribiy, Kamiy kabi ijodkor do‘stlariga ham katta ta’sir o‘tkazgandi. Muqimiy chiroyli husnixat egasi bo‘lganidan xattotlik qilib pul topar, kelgan oz-moz chaqaga, o‘g‘li ikkalasi uchun kundalik yemish xarajat qilardi. Buning ustiga yaraqon, sariq kasalligiga, quloq og‘rigiga chalinganidan, tabiblar unga havo almashtirishni maslahat bergach, o‘g‘lini singillariga topshirib, topgan ozgina puliga Isfara, Konibodom, Toshkentning bahavo joylariga sayohat qildi.Aynan ana shu sayohatida u o‘zbek she’riyatida mashhur bo‘lgan
«Sayohatnoma» asarini yozib qoldirdi… Faryodkim, garduni dun, Aylar yurak-bag‘rimni xun.
Ko‘rdiki bir ahli funun- Charx anga kajraftor ekan… Shoir sayohati davomidagi quvonchniyu, davr jafolarini ham shu tariqa qalamga olib o‘tadi.Umuman olganda Muqimiy ijodida hajv katta o‘rinni egallaydi.Uning “Tanobchilar”, “To‘yi Iqonbachcha”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Voqeai Viktor”, “Saylov”, “Dar shikoyati Laxtin” hajviyalarida zamondoshlarning va jamiyatning kirdikorlari fosh etilgan.”Voqeai ko‘r Ashurboy hoji” singari hajviyalarda esa hajga borib kelgan axloqiy buzuq kimsaning ishratbozligi tasvir etilgan.
Muqimiy o‘zining turmushi nochorligi, oilaviy ishlari yurishmaganligi, sog‘lig‘ining yomonligi, qolaversa, zamonasidagi mutaasibona qarashlar iqtidorli insonlar parvoziga to‘g‘anoq bo‘layotganligi bois, o‘z jiyani va o‘g‘lidan umidvor edi.Ularning kamolini ko‘rib, armonga aylangan orzulari ular orqali ushalishini,»Sayohatnoma» turkumiga kiruvchi she’rlarini olis Moskva-yu Peterburgga borib ham yozishni istardi.O‘g‘li Akbarning hali bola bo‘lganligi sababli, jiyani Ro‘zimuhammaddan ko‘proq umid qilar, jiyani ortidan ergashib, o‘g‘lining ham olis Moskvaga borib yashashi, o‘qishini orzu qilardi.Axir bu manaman degan boyvachchaga ham nasib qilavermasdi-da!

Xulosa
Muqimiy asarlari tahriri natijasida shoir asarlari nashrlarida ko‘plab matniy tafovutlar yuzaga kelgan. Bu esa asar talqiniga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Muqimiyning “Sayohatnoma” asari o‘z mohiyatidan uzoqlashtirilib talqin etilganligi, “Hajvi Bektur”, “Darig‘o mulkimiz” hajviy asarlari matni tahrir qilinib, joriy nashrlardan tushirib qoldirilgan bandlari yangicha mulohaza yuritish, muhim umumlashma xulosalar chiqarish imkonini beradi. Misralari qayta yozilgan “Ho‘qandlik bir boyning sha’niga Muqimiy shoirning aytkon she’ridur” sarlavhali she’ri kabi asarlar Muqimiy asarlari nashrida ko‘plab uchrashini ta’kidlash kerak. Shoirning manbalardan yangi aniqlangan diniy-tasavvufiy mavzudagi g‘azal va muxammaslari mohiyatan diniy-tasavvufiy g‘oyalarning badiiy talqiniga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, shoir she’rlar mazmuniga zulm va bid’atning ofat manbai ekanligi, adolatni ulug‘lash kabi fikrlarini singdirib yuborgan. Muqimiy haqida ma’lumot beruvchi ko‘plab manbalar ijodkor shaxsiyati va dunyoqarashi haqida teranroq mulohaza yuritishga undaydi. Shu bois shoirning yangi topilgan ijod namunalarini tadqiq etish zarur. Muqimiy yashagan davr vatanimiz tarixida ko‘plab ijtimoiy ziddiyatlarga boy bo’lgan davrdir. Shu jihatdan, shoir adabiyestetik dunyosini, muhit va jamiyatga munosabatini o‘rganishda uning yangi topilgan she’rlari tahlili ilmiy qimmatga ega.


F


Download 51.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling