Kirish loyihalanayotgan bino haqida malumotlar Xulosa 17 Foydalanilgan adabiyotlar 18 kirish
Download 368.85 Kb.
|
Royal Emerald Project MCHJ korxonasi haqida
Korxona haqida Farg’ona shahrida joylashgan Royal Emerald Project MCHJ 2020 yil 13-martda tashkil topgan. Tashkil topgan vaqtdan buyon o’z faoliyatini uy-xo’jalik suv qurilish xo’jaligi uchun obyektlar kompleks loyihalar smeta xujjatlari yaratish , shu jumladan ularni muhandislik tarmoqlari va tuzilmalarni loyihalashtirish ishlarini davomida bajarib kelmoqda. Xozirgi vaqtda korxona raxbari Abdurahmonov U Ishchilar soni xozirgi kunda 11 nafar tashkil etmoqda . Xozirgi kunda tashkilot farg’ona shahrida1-lardan bo’lishga xarakat qilmoqda. Korxonaning kunlik ish vaqti 6 kun, dushanbadan – shanbaga qadar ish kuni hisoblanadi. Korxonaning vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat: -obektlar va komplekslar loyiha- smeta Uy joy – xo’jalik qurilishi uchun xujjatlarni yaratish; shu jumladan ularning muhandislik tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish; sanoat qurilishi uchun obektlar va komplekslar loyiha – smeta xujjatlarini yaratish; shu jumladan uylarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish faoliyat turlari bilan shug’ullanadi. Xulosa
MundarijaKirish 8 Loyihalanayotgan bino haqida malumotlar 9 Xulosa 17 Foydalanilgan adabiyotlar 18 KIRISH Men Ashurov Murodjon Farg'ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 4-bosqich 2-19 guruh talabasiman. Menga amaliyot malakaviy ishi uchun Farg’ona shahridagi qurilishi mo`ljallanayotgan maktabgacha ta’lim muassasini loyihalash topshirig'i berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-martdagi ''O'zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida''gi farmoni va Qurilish vazirligining tasdiqlangan normativ qonun hujjatlariga asosan Quvasoy tumanida qurilishi mo'ljallanayotgan ikki qavatli maktabgacha ta’lim muassasini binosini loyihaladim. Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot Farg’ona viloyati Quva tumanida qurilishi mo`ljallanayotgan 2-qavatli maktabgacha ta’lim muassasi binosini loyihalashda shahri tabiiy iqlim sharoitini xisobga olindi. Unga koʻra, xavoning qishdagi maksimal sovuq harorati -26o C , yozdagi maksimal issiq harorati +49o C , qishdagi o‘rtacha eng sovuq besh kunlik harorat -15.5o C , yozdagi eng issiq besh kunlik harorat +29.9o C ga to‘g‘ri keladi. Shamol ta’siridan xosil bo‘ladigan maksimal bosim -350 n/m2, qor qatlamini me’yoriy qiymati -1000 n/m2, yerning zilzila paytida hosil bo‘ladigan silkinish darajasi SBM shkalasi bo‘yicha QMQ 2.01.03-19 ga asosan 7 ballga teng. 1-jadval
Farg’ona viloyati Quva tumanida qurilishi mo`ljallanayotgan 2-qavatli maktabgacha ta’lim muassasi binosini xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyihalash talablari asosida olib borilgan boʻlib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi. Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning gabarit o‘lchamlari 16.0-45.6 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-11) o‘qlar orasida 46.35 metr bo‘lsa, uning eni (A- Л) o‘qlar orasida 24.7 metrni tashkil etadi, bino 2 qavatli bo‘lib, qavatlari balandligi 6.6 metrga teng bo‘lib, umumiy balandligi 10.7 metrni tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning orqa tomoni orqali amalga oshiriladi. Binoda issiq va sovuq suv tizimi mavjud. Ta'minot zamonaviy texnologiyalar asosida bajariladi. Barcha xonalar kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari binoga alohida transformator o'rnatilgan bo'lib,mukammal elektr uzaatish tizimi qo'llanilgan. Loyihalash jarayonida binoning mustahkamligi va ustuvorligi inobatga olingan. Bino joylashgan hudud alohida o'rganib chiqilgan. Gruntlar zichlangan, kotlovanlar kovlanib temirbeton monolit poydevorlar quyilib, kolonnalarga mustahkam ulangan. Binoga kirishda monolit betondan zinapoya, qiya yoʻlak (pandus) qurilgan va metall toʻsqichlar bilan taʼminlangan. Binoning konstruktiv yechimlari Farg’ona viloyati Quva tumanida qurilishi mo`ljallanayotgan 2-qavatli maktabgacha ta’lim muassasi binosini g‘ishtli elastik variantda qabul qilingan bo‘lib, uning konstruktiv yechimlari binoning funksional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan. Asosiy konstruksiyalarining markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyidagicha: Poydevorlar Quyma monalit devordan tiklangan ichki va tashqi yuk ko‘taruvchi va pardadevorlar ostiga quyma lentasimon poydevor qabul qilingan bo‘lib, ularning o‘lchamlari yuk ko‘taruvchi devorlar uchun quyidagicha: poydevor eni 0.4 metr, quyilish balandligi 1.70 metr bo‘lib, sinfi B25 bo‘lgan og‘ir betondan barpo etilgan. Poydevor ostiga balandligi 0.8 metr bo‘lgan monolit poydevor tagligi quyilgan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa sement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi. Binoning sokol qismi Binoni poydevorlari qum–sementli qorishma bilan butun yuzasi bo‘yicha gorizontal gidroizolyatsiya qilingandan soʻng, markasi M50 bo‘lgan sement-qumli qorishma yordamida sokol qavati barpo etiladi va kafel yopishtirib chiqiladi. Devorlar Binoning asosiy yuk ko‘taruvchi devorlari qalinligi 1,5 g‘ishtli g‘isht devorlardan tiklangan. Yuk ko‘taruvchi devorlar markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtlarni murakkab (ohak, sement, qum) qorishmadan foydalanib tiklangan. Binoni yuk ko‘taruvchi devorlarini burchaklari, bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylari armatura to‘rlari yordamida zo‘riqtiriladi. Bundan tashqari eshik va dereza proyomlari atroflari temirbeton konstruksiya bilan o‘ralib chiqilgan. Yuk ko‘taruvchi devorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza oʻrinlari ustiga monolit temirbetondan tepadonlar (peremichka) quyilgan. Binoning perimetri bo‘yicha va ichki yuk ko‘taruvchi devorlarini qoʻshgan holda, sinfi B15 betondan birinchi va ikkinchi qavatlar ustiga devor qalinligida balandligi 300 mm li monolit temirbeton seysmik belbog‘lar barpo etilgan, seysmik belbog‘lar QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish” me’yoriy hujjat asosida armaturalar bilan armaturalangan. Binoning kirish qismida balandligi 0.45 metrli monolit betondan zina va panduslar qurish, ularni metall toʻsqichlar bilan t aʼminlash koʻzda tutilgan. Pardadevorlar Farg’ona viloyati Quva tumanida qurilishi mo`ljallanayotgan 2-qavatli maktabgacha ta’lim muassasi binosini pardadevorlari qalinligi 120 mm li makasi M50 bo‘lgan pishiq g‘ishtni, markasi M25 qorishma yordamidan foydalanib tiklangan. Pardadevorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza oʻrni ustiga metal burchak profildan tepadon (peremichka) qo’yilgan. Peremichkalar Bino peremichkalari GOST 948-76 bo‘yicha 4 ta tip o‘lchamlar bo‘yicha quyma temirbetondan o‘lchamlari eshiklar o‘lchamlariga qarab eni devorlar qalinligiga qarab qalinligi 220 mm li qilib qabul qilingan bo‘lib, ularni g‘ishtli devorlarni tiklash paytida quyib boriladi. Tom parapet Binoning ikkinchi qavatidagi antiseysmik kamar ustidan bino perimetri bo‘ylab qalinligi 1.5 g‘ishtli balandligi 1,2 metr bo‘lgan parapet devor tiklangan. Parapet devorni markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtni markasi M25 murakkab qorishma yordamida tiklangan. Farg’ona viloyati Quva tumanida qurilishi mo`ljallanayotgan 2-qavatli maktabgacha ta’lim muassasi binosi xonalari va bo‘limlarining funksional xizmatlariga qarab, binoda quyidagi pol turlari qabul qilingan. Derazalar Binoni barcha tomoni bo‘yicha o‘lchamlari bir xildagi 1.8x1.5 alumin profil deraza romlari, yordamchi xonalar uchun 1.0x1.8 qilib qabul qilingan. Eshiklar
Binoning tashqi pardozi. Binoning tashqi g‘ishtli devorlari qum-ohak-sementli qorishmalar bilan suvaladi va tekislanadi, keyin travertin tortib,pardozlanadi. Binoning ichki pardozi Binoning g‘ishtli devor va pardadevorlari suvaladi va zamonaviy tarkibli bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi, binoning shiftlari ham, tekislanadi, bo‘yoqlar yordamida oqlanadi, binodagi ayrim xonalarning devorlari PVA bo‘yoqlar bilan, yog‘och va metall buyumlar moyli bo‘yoqlarda bo‘yaladi. Binodagi barcha pardoz ishlari yevropa standartlariga mos ravishda, zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi. Bino loyihalanayotgan hudud "Qurilish norma va qoidalari" 2.01.01-82 ga asosan 8 balli seysmik hudud hisoblanadi. Shuni hisobga olib binoda antiseysmik bolbog'lar qo'llanilgan. Qurish davomida ishchi-xizmatchilar uchun normal sharoit yaratib berishga yetarlicha ahamiyat berilgan. Qurilish bosh rejasini tuzishda ishchilar uchun madaniy-maishiy xonalar, ovqatlanish va dam olish xonalari, tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Qurilish ob’ektini ichimlik suv, kanalizatsiya, elektr energiyasi, telefon liniyalari bilan ta’milashga katta e’tibor qaratilgan. Xulosa Binoni loyihalashdan xulosa shuki loyihalashdan oldin bino qanday maqsadda foydalanilishini aniq anglab yetish zarur. Loyihalanayotgan har qanday bino insonlar uchun doim foydali va zarar keltirmaydigan bo'lishi shart. Loyihalash jarayonida uning eng ostki poydevoridan boshlab tom qismiga qadar bo'lgan jarayonda qurilish norma va qoidalariga amal qilish kerak, zero normativ qoidalar sababsiz yaratilmagan. Loyihalash davmida shunga amin bo'ldimki, har qaysi hudud Farg’ona viloyati Quva tumanida qurilishi mo`ljallanayotgan 2-qavatli maktabgacha ta’lim muassasi binosini barcha normativ hujjatlar talabiga javob beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shaharsozlik normativ qoidalari (Tomlar). SHNQ 2.03.10-2019 2. Shaharsozlik normativ qoidalari (Jamoat binolari va inshootlari) SHNQ 2.08.02-09 3. Seysmik hududlarda qurilish QMQ 2.01.03-19 4. Qurilish norma va qoidalari 2.01.01-82 5. R.D.Teshaboev “Fuqaro binolari me’moriy konstruksiyalari Memorchilik konstruksiyalari va qismlari” 6. N.Bazarboev “Uy joy quruvchilari uchun 1001 maslaxat” 7. Kurs ishi bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Download 368.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling