Kirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 67.35 Kb. Pdf ko'rish
|
03 Kirish
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati belgilangan xususiyatlarga ega bazalt iplaridan yuqori haroratga chidamli texnik to‘qima loyihalanib, to‘quv dastgohida shakllanish parametrlari ishlab chiqarilgan va xomuza hosil qilish jarayoni natijasidagi ip deformatsiyasini xomuza omillari bilan o‘zaro bog‘liklikning aniqlovchi analitik ifodalar olinganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati yuqori haroratga chidamli texnik to‘qima yaratilganligi, yuqori haroratga chidamliligi yuqori bo‘lgan issiqlikka chidamli yangi texnik to‘qima assortimentin yaratilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiyaning asosini mamlakatimiz va xorijdagi yuqori haroratga chidamli tо‘qimalar ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi olimlarning ilmiy ishlari tashkil etadi. Dissertatsiya ishida yuqori haroratga chidamli tо‘qimalarni turlari, ularga qо‘yilgan talablar va ishlab chiqarish texnologiyasi atroflicha о‘rganiladi. Mahalliy xom ashyodan yuqori haroratga chidamli tо‘qimani yangi ishlab chiqarish texnologik jarayonini va ularning omillari asosida yaratish va me’yorlashtirish masalalari ilgari suriladi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi (tahlili). О‘rganilgan adabiyotlar tahlilidan quyidagilarni qayd qilish mumkin: yuqori haroratga chidamli tо‘qimalar ishlab chiqarishga oid ilmiy tadqiqotlar juda kam olib borilganligi aniqlandi. Tadqiqotda qо‘llanilgan metodikaning tavsifi: Dissertatsiya ishida qо‘yilgan vazifalarni yechishda nazariy va eksperimental usullardan foydalanildi. Barcha eksperimental tadqiqotlar TTYeSI tо‘quv laboratoriyasi va “Centexuz” sertifikatsion laboratoriyasida о‘tkazilmoqdi. Nazariy izlanishlar bо‘yicha tо‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va texnologik jarayonini matematik modellashtirish nazariy asoslari va tadqiqotlar natijalaridan, qо‘shimcha adabiyotlar va manbalardan samarali foydalanildi. Download 67.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling