Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi
Download 95.6 Kb.
|
dessertatsiya ishi tayyor Nilufar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
- Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;. Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi va poetikasi boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning eng yaxshi yutuqlari, jumladan, I. Sulton, A. Hayitmetov, A. Abdugʻafurov, B. Valixoʻjaev, N. Komilov, H. Homidov, R. Orzibekov, I. Haqqulov, filologiya fanlari nomzodlari Y.Is’hoqov, N. Jumayev, S. Rafiddinov, M. Mirzaahmedova, N. Hasanov, A.Abdullayev kabi olimlarning ilmiy asarlari tadqiqotimizning nazariy-usuliy asosini tashkil qiladi.
Mavzuni yoritishda tarixiy-qiyosiy usuldan foydalandik. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Ilmiy tadqiqot oʻzbek mumtoz nomanavisligida muallif qarashlari hamda badiiy tafakkurning sinkretlashuvi haqidagi tushunchalarni asoslaydi, bunday tipdagi asarlarning ajdodlarimiz ijodiy merosidagi oʻrni va ahamiyatiga e’tiborni qaratadi. Shuningdek, mumtoz epik va lirik asarlardagi obrazlarning paydo boʻlishi, ramziy ma’nolar tashishi genezisini oʻrganadi, ularning botiniy ma’nolarini anglashga koʻmak beradi.Yassaviyning yuzdan ortiq hikmatlari xilma-xil mavzulardaligi insonning ma’naviy va axloqiy komillikka intilishiga yaqindan yordam beribgina qolmasdan, unga kuchli ta’sir ham oʻtkazadi.Dissertatsiya Istiqlol sharoitida adabiy-madaniy merosga yangicha va xolis yondashuv ifodasi sifatida barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida ham ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-estetik jihatdan foydalidir. Bundan tashqari, turli darslik va qoʻllanmalar yozishda ham keng foydalansa boʻladi. Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, oltita faslni oʻz ichiga olgan uch bob va har bir bob uchun xulosalar, hamda umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. I BOB. ZIKR VA UNING RUHIY TARBIYADAGI ROLI 1.1-§.Zikr - nafs tarbiyasida asosiy vazifa. Zikr – arabchadan olingan bo`lib, “eslash’’, “yodga olish” “yodlash” degan ma’nolarni beradi. Tasavvufda bu marosim xudoni eslash marosimi bo`lib, xattoki, Quroni Karimda ham “Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur” degan so`zlar oyatlarda uchraydi,har qanday tariqatda ham zikr mavjud bo`lib,uning asosiy vazifasi Allohga yetishni niyat qilib tariqat yo`lini tanlagan Solik uchun ko`prik vazifasini o`taydi hamda Solikning qalb ko`zining ochilishi uchun asosiy vazifadir.Islomda nomoz o`qish ham zikrlarning eng buyuklaridan hisoblanadi.Islomshunos bazi olimlar zikrni quyidagicha tariflaydilar “Zikr kalimasi inson bilgan va esida bo’lgan narsalarni hamisha tili va dilida saqlab yurishidir”.Inson biladi,yodlagan,qalbida bo`lgan narsalarni hamisha tili va dilida takror qilib yurishi,zikr ikkiga bo’linadi “tildagi zikr” (zikr-ul lisan) va “dildagi zikr”(zikr-ul qalb).Til bilan zikr qilishga tasbeh,hamdu sano,qiroat va shu kabi amallar misoldir.Qalb bilan zikr qilishlik esa,Allohning ulug`ligini doimo his qilish,Alloh meni muntazam kuzatib turadi,degan e’tiqodda bo`lish va gunohlardan tiyilishdir.Qalb zikri juda muhim,qalbdan qilingan zikr tilni ham taslim etadi va o`sgandan o`sib ildiz otaveradi,ammo til zikri qalbga o`tishi juda qiyindir. Tasavvufda zikr “daraxti” tushunchasi – bu Zokirning qancha miqdorda zikr qilishidir,yani Solik qancha ko`p zikr qilsa uning niholi kattalashadi va daraxtga aylanadi,tariqat yo`lining boshida Solik kamroq zikr qiladi,yo’lga kirgani sayin zikrlar soni ham ortib boradi va uning zikr “daraxti” ham kattalashadi. Allohni zikr qilgan sari Allohga muhabbat kuchayib boradi,Allohning qadriga yeta boshlaydi,qalbdagi ma’rifat kuchayadi.Allohni tanish boshlanadi zikr orqali.(bizlar Allohni biladi,lekin tanimaydi zikr qilish orqali Allohni tanish yo’liga tushadi.)Zikr qiluvchi uyg`oq bo`lishiligi shart, yani qalban uyg’oqlik(yaqza’)eng katta shartlaridan biri.Agar Solik qalban uyg`oq bo`lmasa Allohni tanish yo`liga kira olmaydi va Allohni tanimaydi.Solik Allohni tanishi uchun faqat va faqat zikr qilishi kerak.(Jin va Insonni yaratdik,Bizga ibodat qilishi uchungina) 2. Alloh “Qur’onu Karim”da insonlarni juda ko`p zikr qilishga amir qiladi. So’fiylar agar zikrni ko’p qilsa – ularning hayoti farishtalarning hayotiga o'xshashligi haqda vadalar bordir.So`fiy yoki Solik zikr qilgani sari uning ko’ngliga “Dunyo” kelmaydi.Qalbda dunyo bo’lmaydi va qalb poklanadi.Zikr orqali inson o`zini topadi va qalbini tushunadi.Zikrning boshlang`ich bosqichi islomda “til zikri”(zikr-ul lison) deb nomlanadi. Zikr ikki turga bo’linadi qay usulda aytilishiga ko’ra: maxfiy va oshkora zikr kabi,hadislarda aytilishicha, payg`ambarimiz Muhammad Mustafo(s.a.v) bu ikki zikrga ham o`z sahoba va izdoshlarini da’vat etganlar. Allohni zikr qilish xoh maxfiy bo’lsin xoh oshkor bo’sin ikkillasi ham shariatga to’g’ri keladi.Juda ko’plab islom shariat ulamolari zikrni oshkora qilishlikni afzal hisoblashgan quyidagi shartlar bilan: a)zikr qilguvchi Zokir riyodan holi bo’lsa yani qilayotgan zikri orqali boshqa bandalarga nimalarnidir isbotlash maqsadi bo’lmasa; b)nomoz o`qiyotgan bandalarga xalaqit bermaydigan darajada oshkor aytilsa; d)quron tilovat qilayotgan bandaga xalaqit bermaydigan darajada oshkor aytilsa; e)uxlayotgan bandaga xalaqit bermaydigan darajada oshkor aytilsa; Ulamolar fikricha,agar yuqorida keltirigan holatlardan birortasi bo’ladigan bo’lsa,maxfiy zikr qilmoqlik afzaldir.Agar zikr oshkor qilinsa uning savobi ham amali ham ko’payadi.Oshkora qilingan zikrning yana bir afzalligi atrofidagi insonlarning eshitishidir va u insonlarga ham o’tishidir,masalan dasturxon boshida kattalarning ovoz chiqarib “bismillahir rohmanir rahim” deb, zikr qilishi dasturxon atrofida o`tirgan barchaga o’tadi har bir inson bu zikrni takrorlaydi.Oshkora zikr qilgan Soliklarning fikrlari tez jamlanadi va ularning boshqa narsalarga chalg`ishlari juda kam hollarda uchraydi.Bazi ulamolarning fikricha,har doimo bir xil usulda zikr qilish shart emas,agar jahriy(oshkora) zikr qilishdan charchash yoki toliqishlar bo`ladigan bo`lsa mahfiyga almashtirish mumkin. Hadislarda aytilishicha “Payg`ambarimiz muhammad s.a.v. Makka davrida qiroat qilganlarida mushriklar eshitishgan va Quronni hamda Quronni nozil qilganlarni so`kishgan,shundan keyin Alloh taollo payg`ambarimiz(s.a.v.) ga qiroatni maxviy qilishliglarini amr etgan.” Qisqa qilib aytganda, mo`minlarning nomozga shoshishidan to uni ato etishi,tasbeh tushurishi,qalb bilan Allohni zikr qilishlik,o`z amali bilan zikr qilishlik,payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga salovatlar aytishlik barcha-barchasi zikr hisoblanadi.Misol tariqasida bir nechata zikrlardan misollar keltirib o`tsak: Tasavvuf – nafs tarbiyasi ilmi bo`lib,Allohni bilish va tanish (ma’rifstulloh),uning roziligiga muvofiq xolisona bandalik qilish ilmidir.Endi e’tibor qilaylik,tasavvuf yo`lini nafs uchun uni jilovlash uchun eng yaxshi yo`l deb tanladik,zikr esa tasavvufning nafsning eng yaxshi poklovchi vositasidir.Yuqorida aytib o`tganimizdek zokir qancha ko`p zikr qilsa,shuncha qalbi poklanadi,tozalanadi va ravshanlanib Allohni taniydi hamda unga yaqinlashadi. Zikr – nafs tarbiyasida,qalb zangini tozalashda eng kerakli mashg`ulot hisoblanib,zikr Allohning do`stidir. Tariqatlarda muhim amaliy unsur hisoblangan zikr tasavvufda – dunyo va din saodatini qo`lga kiritmoqlik uchun komil murshiddan yoki shariat-tariqat o`lchov va odobiga muvofiq tasbeh bilan turli “asmoi husno”ni aytishidir.Zikr so`zining lug`aviy ma’nosiga e’tibor bilan qarasak,Haqni faqat til bilan emas,qalb va zehn bilan ham zikr qilish ma’nosi yashiringanini ko`ramiz.Zikrning yana bir qoidasi borki,boshqa borliqni va ularga aloqador barcha o`y-fikrlar, tushunchalarni qalbdan uzoqlashtirib,Allohni eslashdir.shu tartibda qilingan zikrga zikri “muttasil” va boshqa o`y-firklar bilan aralash holda qilingan zikrga esa “zikri munqoti`” deb aytiladi. Qur’onu Karimning ko`plab suralarida Allohni zikr qilishga bandalar da’vat etiladi, misol uchun quyidagilarni keltirib o`tamiz: Al-Baqara surasi 152-oyatida As-Soffaat surasi 3-143-144-oyatlarida An-Niso surasi 103-oyatida Al-Ahzob surasi 21-35-41-42-oyatlarida Zoriyot surasi 56-oyatida Ra’d surasi 28-8-oyatlarida Kahf surasi 24-9- oyatlarida Shuaro surasi 227-oyatida Ankabut surasi 45-oyatida A’rof surasi 205-oyatida Muzzammil surasi 8-oyatida Juma surasi10-oyatida Munofiqun-surasi 9-oyatida Nahl surasi 43-oyatida Oli Imron surasi 41-191- kabi oyatlarida zikrga Alloh Taollo tomonidan amr qilinadi. Zikr – ma`noning nafsda hozir bo`lishi.Tasavvuf yo`liga kirgan solik birinchi navbatada nafsini yengmog`i kerak, nafsini boshqarishi uchun esa Alloh Taoloni zikr qilmog`i zarurdir.Mutasavvuf olimlarning fikricha nafs bor ekan insoning qalbiga alloh Taoloning kirib borishi va solik u bilan yaqinlashishi juda mushkuldir,shu sababli tariqat ustozlarining shoqgirdlariga qo`yadigan talablaridan biri nafsni jilovlashdir,bu uchun zikr unsuri eng yaxshi amaldir.Alloh taolloga yetish uchun nafsni o`ldirishning bir necha bosqichi bor,bu bosqichlar Quronu Karimning oyatlari nomlari bilan nomlanadi. Masalan, nafsi ammora – bunda solik barcha hayvoniy hislatlarini va shahvoniy nafsini jilovlashi kerak,buning uchun solik shayx bergan vazifalarni – istig`for, salotu salom, ibodatlar bilan birgalikda “la illaho illoloh” ni zikr qilishi kerakdir. Nafsi lavvoma – bu maqomda solik Allohning isimlarini zikr qilib,avval qilgan gunohlarini va nfsini xatolarini tushunib tavba yo`liga kiradi hamda kalimayi tavhidga “la maqsuda illoloh” ma’nosini beradi. Nafsi mulhima – Allohning zikri bilan mashg`ul bo`lgan solik endi shu bosqichda uxraviy mukofotlardan voz kichadi va Allohning sevgisi,zikri bilan shug`ullanadi.Bu bosqichda qilingan zikrning ta’siri butun tanaga sezilishni his qiladi,borliqlarning Allohning zikru tasbeh etishini tushunib,anglay boshlaydi.Bu yo`lda nafs va shaytoning hiylasi bilan solikning yo`ldan adashishi juda osondir.Chunki, solik erishgan ba`zi martabalariga ishonib “men yo`lni bosib o`tdim” deb o`ylaydi va nafsiga yengilib qo`yadi.Bu xatoga yo`l qo`ymasligi uchun solik har doimo nomoz o`qib,ro`za tutib va Alloh Taoloning zikridan uzoqlashmasligi kerak.Bu martabada solik “hu” ismi bilan zikr qiladi va “aynal yaqin” ga erishadi.Kalimayi tavhidni “la mahbuba illaloh” ma`nosiga anglaydi.Barcha ishlarni Allohdan deb biladi, ya`ni, “Ayting, hamma narsa Allohdandir” (Niso-4:78)oyatiga amal qilib tavhidi af’olmaqomiga erishadi. “O`z nafsini-jonini iymon va taqvo bilan poklagan kishi najot topadi va u jonini fisqu-fujur bilan ko`mib xorlagan kimsa,nomurod bo`ladi”(Shams-91:7,10) Nafsi mutmainna – bu maqomda solik Allohning fazilatlarini ajrata oladigan darajaga keladi.Bu maqomdagi solikning ko`ngli sokinlik istaydi va uni topadi.Allohdan boshqa hech bir narsaga ahamiyat qilmaganligi sababli,sahovatli bo`ladi.bu martabada solik “Haq” ismini zikr qiladi. Nafsi marziya – bu martabada Allohdan solik rozi bo`ladi va Alloh ham undan rozi bo`ladi.Bu bosqichda “haqqal qayum” va “qayum”isimlarini zikr qiladi.Bu bosqich “amo” deb aytiladi ba`zi manbalarda. Nafsi komila (yoki Sofiya) - buu muhim bopsqich bo`lib, bunda solik eng ulug` martaba “komilik”ga erishadi, barcha go`zal sifatlarni o`zida jamlaydi, ruhiyati jismini tamoman bo`ysundiradi.Bu bosqichda inson ibotat bilan mashg`ul bo`ladi.Haqni eslaydi, unga tavba qiladi.Bu bosqichda “Qahhor”ni zikr qiladi.3 Bu yetti bosqichning har biri uchun maxsus zikr ismlari mavjudligi sababli bularning ikkinchi nomi “usul’ deb ham ishlatiladi tariqatlarda, bundan tashqari solik Haq Taolloga yetishni oldiga maqsad qilgan bo`lsa u “furu`” ismini zikr qilishi shartdir. Shu o`rinda ustoz Usmon Turarning bu bosqichlar va ularda qilinadigan zikirlar jadvalini biz ham keltirib o`tsak: Nafs bosqichlari Zikr qilinadigan ismlar 1-Ammora La illaha ilalloh 2-Lavvoma Alloh 3-Mulhima Hu 4-Mutmainna Haq 5-Roziya Hayy 6-Marziya Qayyum 7-Komili Qahhor Mutasavviflarning fikricha nafs to`rtga bo`linadi, bular quydagilar: Tabiiy nafs – jismdagi zarrachalarning aralashmasligini ta’minlaydi. Nabotiy nafs – badanning o`sib - ulg`ayishi, biologik xususiyatlari. Hayvoniy – nafs insondagi xis-harakarlarning manbai bo`lib,sezish organlari barcha nafsning faoliyatini bajaradi. Insoniy nafs yoki “nafsu notiqa” Alloh Taolloning amri bilan faoliyat olib boruvchi nafsdir.4 Nafs bilan bog`liq Ahmad Yassaviyning hikmatlaridan misollar berib,ularni tahlil qilishga urinib ko`ramiz. Xudovando, meni solgʻil oʻz yoʻlingga, Nafs ilkida harib, ado boʻldim mano, Fisqu fujur toʻlib-toshib, haddan oshti, Gʻarqob boʻlib isyon ichra qoldim mano. Dunyo najas, tolib bo`lib itdek yurdim, Istab oning orqasidin tun kun quvdim Amrin tutmay Haq yo`lidin ko`zim yumdim, Qayda boray, ayo do`stlar, netgum mano? Nafsu shayton asir qildi odam o`g`lin, Shuturlayin yetib oldi bog`lab qo`lin, Na mushkuldur o`ngu so`lni bilmay yo`lin, Vo darig`o, hasrat birla borgum mano. 5 Yassaviy “Gʻarqob boʻlib isyon ichra qoldim mano” deganda insonni haqiqat yoʻlida “nafs”dan qutulishga, oʻz nafsining quli boʻlib qolmaslikka, atrofdagi yomon qarashlarning taʼsiriga berilmaslikka chaqiradi.Nafsga bog`langan bandada fisqu fujur yani axloqsizlik kuchayganini,isyon ichida qolganligini takidlaydi nafs sababli, keying baytlarda esa nasfning iznidan chiqolmay Haq yo`lidan uzoqlashganini,nafs qo`l oyog`ini bog`lab o`z yo`lidan yurishga qo`ymayotganinihasrat qiladi. Yana bir hikmatida nafsni quyidagicha ta’riflaydi: Nafsim mani yo`ldin urub xor ayladi, Xaloyiqqa termultirib zor ayladi. Zikr ayturmay,shayton bilan yor ayladi, Hozirsan deb nafs boshini choptim mano.6 Bu hikmatdan shunday xulosa chiqadi, nafsning yo`liga tushib qolgan banda xor bo`ladi, Alloh Taollo yaratgan bandalaridan umidvor bo`lib ulardan yaxshiliklar va ko`mak kutishga majbur bo`ladi, Allohni unutadi, zikr va taqvo yo`lidan adashib zikr aytmay qo`yadi, shayton bilan do`st bo`lib uning yo`rig`ida yuradi, har ishida xatoliklarga sababchi bo`lgan nafsni taqvo bilan yengdim, boshini chopdim deydi. Yassaviy yana bir hikmatida nafsni necha yoshida va qanday jilovlaganligini shunday ta’riflaydi: O`n uchumda nafs havoni qo`lg`a oldim, Nafs boshig`a yuz ming balo qarmab soldim. Takabburni oyog`img`a bosib oldim, O`n to`rtimda tuproq sifat bo`ldum mano.7 Bu hikmatda Ahmad Yassaviy o`n uch yoshida xuddi tariqatning bosqichlarini yakunlagan Zokir singari nafsini jilovlaganligini,ikkinchi misrada taqvo va Alloh zikri sababli nafsning boshiga ko`plab balolarni solganini,uchinchi misrada kibrni oyoqlarim bilan yakson qildim va to`rtinchi misrada esa, o`n uch yoshida tuproq singari hokisor bo`lganligin takidlaydi.Bu to`rtlikdan ma’lumki, nafsni yengishning eng yaxshi va ishonarli yo`li bu Alloh yo`lidir uni eslash, zikr qilish hamda taqvodan ayrilmaslikni uqtirmoqda muallif. Yana boshqa hikmatlarda nafs haqidagi fikrlarga va mulohazlarga e’tibor qaratsak: Ishq zikrini mag`zi jondin chiqarmasang, Uch yuz oltmish tomurlaring tebratmasang, To`rt yuz qizrq to`rt so`ngaklaring gil qilmasang, Yolg`onchidur,Haqqa oshiq bo`lg`oni yo`q. Nafsdin kechib qanoatni pasha qilg`an, Har na desa,rozi bo`lub bo`yunsung`an, Yaxshilarni xizmatida duo olg`an, Andog` oshiq Mahshar kuni armoni yo`q.8 Birinchi to`rtlikka e’tibor qaratsak, muallif Allohni yodda tutish, butun tana bilan uch yuz oltmish tomuring bilan Allohga ko`ngil qo`ymasan chin oshiqman dema deb takidlamoqda. Keyingi misralarda esa, nafsdan voz kechib qanoatni amal qilsang, Allohga hech bir shartlarsiz bo`ysungan,yaxshilarga ko`maklashganing Masharda armoni bo`lmaydi, uni Alloh Taollo yaxshi ko`radi va o`z Jannatidan joy ajratadi demoqchi. Yassaviyning yana bir tizmasida nafs kofir, ya’ni kufr keltiruvchi sifatida talqin etilgan. Kufr so'zi lug'atda iymonning ziddi bo'lib, “yopmoq”, “kuzatmoq”, “saqlamoq” ma’nolarini ifodalaydi. Iymonsizga kofir deyilishining asl sababi – haqning ustini yopib, haqiqatni yashirib saqlagani uchundir. “Kufr – Alloh taoloning ilohiy vahdoniyati va sifati uluhiyasini, janob Payg'ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) payg'ambarligini yoki shariatini, islom dini aqidasini inkor qilishdan iboratdir” [7, 31]. Misrada Azozil ismi kelgan bo'lib, shoir bu erda istiorali sifatlash san’atini qo'llagan va bu usul vositasida nafsni kofirga o'xshatgan, kofir nafsni esa shaytonga qiyoslagan. Zotan, shayton itoatdan bosh tortib, kufrga yuz tutdi. Hazrat sulton Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatlarida shaytonlik, ya’ni haqni yashirib, uni tan olmaslik, itoat etmaslikni ushbu istioraga asos qilib olgan. Demak, kufr va inkor badnafs bilan shaytonni tutashgan joyi: Shayton lain yo'ldan urdi, holim taboh, Yig'lamaymu nafsim mani qildi havo. Olam bori bosib o'tsa mani, ravo, Kofir nafsim Azozildan9 Dinimizda nafsni poklash, inson o'zini-o'zi tergab, ertangi kunga nima tayyorlaganiga nazar solib turishi o'ta muhim ishlardan hisoblanadi. Nafs tarbiyasi eng hassos mavzulardan biri bo'lib, bu mavzuda ko'plab olimlar, tariqat mashoyixlari so'z yuritganlar, qator kitoblar va risolalar bitganlar. Xalqimizda “Mening nafsim balodir, yongan o'tga soladir” degan maqol bor. Darhaqiqat, kishi nafsini tarbiya qilmas ekan, oqibati ayanchli bo'ladi. Shu kungacha o'tgan solih bandalar barcha yaxshiliklarning asosi nafsni tarbiya qilish, barcha yomonliklarning asosi esa unga tobe bo'lishda ekanligini ta’kidlaganlar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَلْتَنْظُرْ نَفْسٌ مَا قَدَّمَتْ لِغَدٍ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ Ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va (har bir) jon (egasi) ertangi kun (qiyomat) uchun nimani (qanday amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir”(Hashr surasi 18-oyat). Kishi tirik ekan, nafsi bilan kurashishda mag'lub bo'lmasligi lozim. Kishi nafsini jilovlash uchun nafsni tarbiya qilgan zotlarga yaqin yurishi va ilm o'rganib, unga amal qilmog'i zarur.Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallam o'z nafsini tergab turgan kishini aqlli, hushyor inson deb ataganlar: الكَيِّسُ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ وَعَمِلَ لِمَا بَعْدَ الْمَوْتِ وَالْعَاجِزُ مَنْ أَتْبَعَ نَفْسَهُ هَواهَا وَتَمنَّى عَلَى اللهِ (رواه الامام الترمذي) Ya’ni: “Aqlli-hushyor kishi – o'z nafsini tergagan va o'limdan keyingi holat uchun amal qilgan insondir. Ojiz odam – nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan (ko'p narsalarni) umid qilgan kishidir” (Imom Termiziy rivoyatlari). Nafsini tergab turgan kishining Qiyomat kunidagi hisob-kitobi engil bo'lishi haqida hazrati Umar ibn Xattob raziyallohu anhu shunday deganlar: حَاسِبُوا أَنْفُسَكُمْ قَبْلَ أَنْ تُحَاسَبُوا، وَتَزَيَّنُوا لِلْعَرْضِ الْأَكْبَرِ وَإِنَّمَا يَخِفُّ الْحِسَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَى مَنْ حَاسَبَ نَفْسَهُ فِي الدُّنْيَ (رواه الامام الترمذي) Ya’ni: “Hisobga tortilishingizdan avval nafsingizni hisob-kitob qiling va Qiyomat kuniga tayyorgarlik ko'ring. Qiyomat kunidagi hisob faqat dunyoda o'zini tergab turgan kishilargagina engil bo'ladi” (Imom Termiziy rivoyatlari). Alloh taolo jonli mavjudotlarni uch toifada yaratgan: 1. Farishtalar: Alloh farishtalarga faqat aql bergan, nafsu-havo bermagan. Ular doimiy ravishda Allohga ibodat qilib turadilar. Nafslari bo'lmagani uchun hech ham gunoh ish qilmaydilar. 2. Hayvonlar: Alloh hayvonlarga aql bermagan, faqatgina nafs bergan. Ular faqat nafsni to'ydirish g'amida bo'ladi. Aqli bo'lmagani uchun ularga gunoh yozilmaydi. 3. Insonlar: Alloh insonlarga ham aql, ham nafs bergan. Ulamolarimiz aytadilarki, inson aqlini nafsidan ustun qo'yib, hayotini shariatga muvofiq o'tkazsa, u farishtalardan ham afzal bo'ladi. Sababi – nafsi bo'laturib, aqlini nafsidan ustun qildi. Ammo insonning nafsi aqlidan g'olib kelsa va nafsining havoyi-istaklariga ko'ra hayot kechirsa, u hayvondan ham tubanroq bo'ladi. Sababi – inson aqli bo'la turib, uni ishlatmadi. Qur’oni Karimda nafsini poklagan inson najotga erishishi o'n bir o'rinda qasam bilan zikr qilingan. Nafsni poklash haqida Qur’oni karimda takror-takror keladi: قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّاهَا (سورة الشمس الاية-9) Ya’ni: “haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur” (Shams surasi 9-oyat). Bu oyat to'g'risida mufassir Ibn Kasir rahmatullohi alayh shunday deydi: “Bu oyatning maъnosi: kim nafsini Alloh taoloning toati bilan poklasa, razil sifatlar va pastkashliklardan tozalasa, najot topadi, deganidir”. Boshqa oyatda shunday deyiladi: وَأَمَّا مَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ وَنَهَى النَّفْسَ عَنِ الْهَوَى فَإِنَّ الْجَنَّةَ هِيَ الْمَأْوَى (سورة النازعات الاية 40 – 41) Ya’ni: “Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo'lsa, bas, faqat jannatgina (unga) makon bo'lur” (Naziat surasi 40-41 oyatlar). Demak, kim Qiyomat kunidagi hisob-kitobdan qo'rqib, nafsini gunoh ishlardan tiysa, unga jannat vaъda qilingan ekan. Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallam hadisi shariflarida nafsini poklagan kishi imonning ta’mi (halovati)ni tatishini xabar berdilar (Imom Abu Dovud rivoyatlari). Payg'ambarimiz alayhissalom Alloh taolodan nafsimizni poklashni so'rab duo qilishni o'rgatganlar: اَللَّهُمَّ آتِ نَفْسِي تَقْوَاهَا، وَزَكِّهَا أَنْتَ خَيْرُ مَنْ زَكَّاهَا، أَنْتَ وَلِيُّهَا وَمَوْلَاهَا (رواه الامام مسلم) Ya’ni: “Ey, Alloh! Nafsimga taqvosini ato qilgin va uni poklagin! Zero Sen – eng yaxshi poklovchisan! Sen – uning egasi va mavlosisan!” (Imom Muslim rivoyatlari). Hasan Basriy rahmatullohu alayh aytadilar: Nafsiga nasihat qilib yurgan va o'zini tergab turish odati bo'lgan banda doimo yaxshilikda bardavom bo'ladi. Qur’oni karimda nafs uch xil sifat bilan kelgan: Xotirjam nafs – Rabbisining toati va amrlariga sokin, uning muhabbati va bandaligiga xotirjam bo'lgan nafsdir. Malomatchi nafs – qo'ldan boy berilgan yaxshilik va savoblar uchun egasini malomat qiluvchi nafs. Yomonlikka buyuruvchi nafs – egasini shahvatlar va botil narsalarga undovchi nafs. Aslida nafs johil bo'lib, tarbiya va poklash natijasida Alloh taoloning inoyati bilan xotirjam nafsga aylanadi. Shayx va ulamolar nafsni poklash, qalb kasalliklarini o'rganish ummat uchun farzi kifoya ekanligi, lekin kimda biror qalb kasalligi bo'lsa, uni ketkazish yo'llarini o'rganishi farzi aynga aylanishini bayon qilishgan. Nafsimizni poklash uchun quyidagilarga amal qilishimiz kerak ekan: nafsni riyo, ujb (o'zidan faxrlanish), baxillik, ochko'zlik, taъma, oxirat hisob-kitobidan xotirjam bo'lib qolish kabi yomon illatlardan poklash; nafsni ixlos, inobat (Alloh taologa qaytish), Allohdan qo'rqish, shukr va kamtarlik kabi chiroyli xislatlar bilan go'zal qilish; farz ibodatlarni doimiy ado etib yurish, chunki Alloh taologa farzlardan ko'ra sevimli amal yo'q; Nafl ibodatlarni ko'p qilish, chunki banda nafl ibodatlar bilan Alloh taologa yaqinlik hosil qilib boraveradi, hatto Alloh taolo bandasini yaxshi ko'rib qoladi; Qurъoni karimni tadabbur bilan qiroat qilish. Zero, Qurъon tilovati qalbni poklaydi, qalb poklansa, nafs ham poklanadi. Payg'ambarimiz sallalohu alayhi vasallam: إِنَّ هَذِهِ الْقُلُوبَ تَصْدَأَ كَمَا يَصْدَأَ الْحَدِيدُ إِذَا أَصَابَهُ الْمَاءُ قِيلَ يَا رَسُولَ اللهِ وَمَا جَلَاؤُهَا قَالَ: كَثْرَةُ ذِكْرِ الْمَوْت وَتِلَاوَةِ الْقُرْآنِ (رَوَى الْاِمَامُ الْبَيْهَقِيُّ) Ya’ni: “Bu qalblar ham xuddi temir suv tekkanda zanglagani kabi zanglaydi”, – dedilar. Shunda: “Ey, Allohning rasuli, nima qalbni sayqallaydi, zangini ketkazadi?” – deyildi. “ O'limni ko'p eslash va Qur’on ko'p tilovat qilish ”, – dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyatlari); ilm o'rganish; nafsni tergab turish va nafsning shariatga zid xohishlariga qarshi kurashish. Bu orqali inson havoi nafs, shayton va dunyo lazzatlari ustidan g'olib keladi. O'tgan solihlardan biri Ibn Mehron rahmatullohi alayh: “Kishi o'z nafsini do'stini tergagandan ham qattiqroq tergab turmaguncha, eyish-ichishi va kiyimi (haloldan yo haromdan ekani) ni bilmagunicha, taqvodorlardan bo'la olmaydi”, – deganlar (Imom Termiziy rivoyatlari). Hasanul Basriy rahmatullohi alayh: “Bandaga o'z nafsidan nasihatchi bo'lsa va nafsni tergash eъtiborida tursa, u doim yaxshilikda bo'ladi”, – deganlar; solih insonlar bilan suhbatlashish va xulqi buzuq odamlarning suhbatidan chetda bo'lish.Nafsni poklash natijasida inson ikki dunyo saodati, qalb xotirjamligi hamda din va toat-ibodatda sobitlikka erishadi.10 Download 95.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling