Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-§.Zokir zikri va uning ma’naviy martabasi


Download 95.6 Kb.
bet7/10
Sana22.06.2023
Hajmi95.6 Kb.
#1648643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
dessertatsiya ishi tayyor Nilufar

2.2-§.Zokir zikri va uning ma’naviy martabasi.
Zokir arabcha so`z bo`lib, asosi zikr so`zidan olingan – “eslovchi”, “yodlovchi”, “yodga oluvchi” degan ma`nolarni anglatadi. Allohni eslagan banda zokir deb ataladi, zokirning sinonimlari ham mavjud bo`lib tasavvufda solik, murid deb ham nomlanishi mumkin, tasavvuf yo`liga kirib, Alloh Taolloga va uning payg`ambarlariga iymon keltirib, shayxning izidan ergashib, u bergan vazifalarni ado etuvchi, Allohning zikrini har soniyada takrorlovchi islom adabiyotida va tasavvufda solik deb ataladi. Soliklarga ergashgan shayxi tomonidan vazifalar beriladi, Alloh va unga yetish sir-asrorlari o`rgatiladi, eng asosiysi bu yo`lda solikning nafsini yenga olishi, yuqorida aytib o`tilgan nafs bosqichlaridan o`tishi eng muhimidir. Har bir nafs bosqichida zokir erishadigan maqomi va o`sha maqomga loyiq darajada vazifalari bo`ladi.
Solikning o`ziga yarasha odoblari mavjud bo`lib ular quydagilar:

  1. Alloh Taollodan har doimo umidvor bo`lish.

  2. zikr uchun Tangridan yordam so`rash.

  3. zokirning har doimo pok bo’lishi zarurligi.

  4. masjid va shunga o`xshash joylarni o`ziga makon qilmoqligi.

  5. zikrning hislatlarini anglagan holda zikr aytish.

  6. Solik ammaldan keyin zikrni amalga oshirmoqlik.

  7. Noqulay holat va sharoitlarda zikrni to`xtatmoqlik.

  8. Qibla tomonga yuzni burgan holda zikrni amalga oshirishlik.

  9. Fikr va hayolni jamlab qalb bilan Allohni yaqiligini his qilgan holda zikr qilishlik.

  10. Zikrni imkon qadar yolg`iz holda qilmog`lik.

Solik so`ziga ham qisqacha ta’rif berib o`tsak: “solik” arabcha- yo`lchi,yo`ldan yuruvchi, tariqat yo`lini o`rganuvchi shaxsdir.
Zokirning nafs martabalida qilgan ziklari, erishgan makoni va mavqeyini jadval ko`rinishda berib o`tamiz:

Nafs martabalari



Zikr qilinadigan


Ismlar

Joy

Nurning


Rangi

Kalimayi tavhidga


beriladigan ma`no.

1. Ammora

La illaho illaloh

Sadr

Ko`k

La ma’buda illalloh

2.Lavvoma

Alloh

Qalb

Sariq

La maqsuda illalloh

3.Mulhima

Hu

Ruh

Qizil

La mahbubba illaloh

4.Mutmina

Haq

Sir

Qora

La mavjuda illaloh

5.Roziya

Hayy

Sirrus-
sir

Yashil

La mavjuda

6.Marziya

Qayyum

Hofiy

Oq

Vala maqsuda

7.Komila

Qahhor

Ahvo

Rangsiz

Vala mahbuba illaloh

Zokir qilgan zikrlari hamda shayxning ko`rsatmalari asosida nafsning ushbu martabalariga erishadi, zokir zikrning ko`pligiga qarab, qilgan ammallari sababli Alloh Taolloga yaqinlashdi. Uning marhamatiga erishadi, bu yo`lga uni boshlovchi albbata bir shayx bo`lishi shart, hech bir tasavvuf yo`liga kirgan tolib ustozsiz bu yo`lni bosib o`tolmaydi. Zokir tasavvuf yo`liga kirarkan quyidagi amallarni va ustunlarni bajarishi shart: zikr – Alloh Taolloni eslash va uning marhamatidan umidvor bo`lish; ochlik ya’ni ro`za tutmoqlik va Alloh Taolloni unitib qo`ymaslik; g`am-din g`ami, oxirat g`am, nafsni yengish g`ami kabilardir.23


Islom adabiyotida bo`lgan barcha tariqtlarida shayxlari o`z shogirtlariga zokirlik yo`lida qilinishi kerak bo`lgan mashaqqatli vazifalarni yuklaydi va tolibi ilmni sabrini, etiqodini,irodasini, ishonchini sinab ko`radi.Misol tariqasida tasavvuf olamida mashhur bo`lgan Boborahim Mashrabga ustozi uni sinovdan o`tkazish maqsadida bir necha yillar Buxoro shahridagi hojatxonalarni tozalashni, yana bir necha yillar Buxoro qushxonalarini tozalashni va bir necha yillar ustozining ostonasida xizmat qilishi aytib sinaydi.24
Tasavvufda zokirlarning qalb va uning xususiyatlari haqidagi fikr-mulohazalari nihoyatda qiziqarli va hamma zamon odamlari uchun g‘oyatda ahamiyatlidir. Ahmad Rifoiy yozadi: “Qalb bir gо‘sht parchasidir. Ayni paytda shu bir parcha gо‘sht, ya’ni qalb nurlar yig‘iladigan joy erur, Ollohning yaratgani yaxshilik va yomonlik bir yerga tuplanadigan maskandir. Ayni shu zaylda aks ettirgani yaxshilik va yomonlik tuyg‘usiga qarab qalb bir qiymat kasb etar. Janobi Haq vujudga amr aylash huquqini qalbga bergandir”.
Demak, inson qalbi rahmoniy va shaytoniy lashkarlar murosasiz olishadigan bir janggoh hamdir. Bunda xar ikki tomon ham qalbni о‘ziga tobe va taslim etishni xohlaydi.
Mutasavvuflarning fikricha: “Agar zafar shayton lashkarlari tomonida bо‘lsa, inson hayvonlar qatoriga qо‘shilar. Agar bu kurashda rahmoniy askarlar g‘olib chiqsa inson malaklar maqomiga yuksalar”.
Qalbning ikki darvozasi bо‘lib, biridan ma’rifat, ikkinchisidan vahm kirarkan. Qalbning muzaffarligi ma’rifatning mavqei va darajasiga qarab belgilanadi, vahmdan forig‘ bо‘lmagan qalb hech qachon tubanlik, mutelik va jaholat ofatlaridan forig‘ bо‘la olmaydi. Shuning uchun qalbning tavri va tabaqotlari xususida aniq tasavvurga ega bо‘lish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardir: 1.Sadr - kо‘krak. Har turli vasvasa va ofatlar kiradigan joy. Ehtiyoj, shahvat, andisha va qisinish tuyg‘ulari shu yyerdan о‘rin topadi. Islom nurining ilk kiradigan joyi ham xuddi ana shu sadr hisoblanadi.
2. Qalb - sadrning ichi, yurak ham deyiladi. Iymon nuri porlaydigan joy, muhabbat, rizo, qanoat singari tuyg‘ularning markazi erur.
3.Shigof - xalqni sevish, oddiy odamlarga hamdardlik hissiyoti parvarish topadigan joy.
4.Fuod -qalbning orasidagi joy bо‘lib, xuddi shu joydan g‘arbiy haqiqatlar yuz kursatib, ma’rifat sirlari ochiladi.
5. Suvaydo - ilmi laduniyga yetishish martabasi.
6. Muxjatul qalb - Ilohiy nurlar tajalliy aylaydigan joy.
7. Lubb - tavhid nurining manbai.
G‘azzoliy о‘z asarlarida, xususan, “Ihyo”da qalb holi, hayoti, haqiqatlari, kamolotga yetishish sir-asrorlari tо‘g‘risida keng bahs yuritgan. Buyuk olimning qalbga doir fikr-mulohazalari, birinchidan, qalb tо‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarni nihoyatda kengaytiradi. Ikkinchidan, qalb tarbiyasi va tasfiya etish yо‘llarini о‘rgatadi. U ma’rifat darajasi va yetakchi fazlatlariga qarab qalb tо‘rtga ajralishini yozadi. Bulardan birinchisi. yolgiz Ollohni sevib, faqat Ollohni bilish va mushohada aylash bilai faxrlanadigan qalb. Ikkinchisi, ma’rifat va Olloh bilan unsiyat zavqidan yiroq qalb. Bunday qalb sohiblarini quvontiradigan narsa - boylik, amal va har turli moddiy manfaatlardir.
Uchinchi xil qalb esa, kо‘p kuchini Ollohga intilish, Haq ishqidan huzurlanishga bag‘ishlaydigan va goho bashariy sifatlarga ham qaytguvchi qalb sanaladi. Nihoyat yana bir turli qalb bordurki, u bashariy sifatlaridan ajralmasa-da, ba’zi-ba’zida ilm va ma’rifatdan shavqlanishni ham biladi.
G‘azzoliyning e’tirofi bо‘yicha, birinchi xil qalb behad kamyob, eng kо‘p uchraydigani ikkinchisi, ya’ni о‘tkinchi dunyo hirsiga tо‘lib toshgan qalbdir. Qalbning uchinchi va tо‘rtinchisi kо‘rinishlari mavjud bо‘lsa-da, ammo ularning soni uncha kо‘p emasdir. Shu о‘rinda yana bir haqiqatga aniqlik kiritib о‘tish maqsadga muvofiqdir. Tasavvufiy hayotning manbai ham, mazhari ham kо‘nguldir. Tasavvuf adabiyotida qalb yoki yurakka nisbatan kо‘ngul kо‘p tilga olinadi va kо‘ngul tо‘g‘risidagi kо‘p fikr bildiriladi. Xо‘sh, buning sababi nimada? “Miftohul-qulub”dagi mana bu sо‘zlar ushbu savolga о‘ziga xos bir javobdir: “Kо‘ngul qalbning ichidadur. Sharafi qalbdan kо‘p ortiq erur. Qalbga ozor berish insonni sirtdan buzadi, chirkinlashtiradi va halok aylaydi... Kо‘ngul qalbning bag‘rida bо‘lganligi tufayli kо‘ngulga qattiq tegmak odamni ham zohiran, ham botinan halok etar”. Mana shuning uchun kо‘ngul taqdiri, holati va haqiqatlariga doir mulohaza va mushohadalar tasavvufda nihoyatda keng о‘rin ishg‘ol etgan. Hatto tasavvufiy istilohlar orasida qalb va kо‘ngul holi yoki haqiqatlarini sharxlaydigan kalima va atamalar yetakchi о‘rinni egallaydiki, buni bilmasdan, ayniqsa, tasavvuf she’riyatining mazmun-mohiyatini tо‘g‘ri anglab ham, talqin qilib ham bо‘lmaydi. Ana shu ehtiyojni hisobga olib biz ulardan ayrimlariga diqqatni jalb etishni lozim kо‘rdik.
Avoiq - tо‘siq, moneliq qiluvchi narsa. Qalbning Ollohga tomon yuksalishi va ruhning unga ochilishini tо‘sadigan turli-tuman moddiy va ma’naviy ma’nilar, ziddiyatlar. Avoiq uchdir: shirk, bid’at, gunoh.
Anvori hidoyat - hidoyat nurlari. Kо‘ngulni munavvar etguvchi g‘ayb ilhomlari va tajalliylari.
Af’oli qulub - botiniy fe’llar. Botiniy hukmlar-qalbning fe’l va amallariga oid diniy, ilohiy hukmlar.
Bast-qabz - yoyilish-tо‘planish, sevinish - qayg‘u chekish, kenglik-torlik, ochilish-yopilish hollari. Zehn va qalbning ochilish va nihoyatda mahsuldor, yaratuvchan holga kirishi.
Bо‘sa- о‘pmak, о‘pish. Qalbdagi fayz va joziba; erishilgan xushxabar natijasida qalbda hosil bо‘lgan quvonch, lazzat, huzur.
Vajd - ishq va muhabbat, oshiq qalbida tabiiy bir ravishda tug‘iladigan ilhom va surur holi.
Vorid - ma’nolarining qalbga kirishi va zuhurlanishi.
Gul - kо‘ngulda hosil bо‘lgan bilimning natijasi va mevasi.
Gulshan - mutlaq о‘larok, qalbning fathi va ochilishi. Solik kо‘nglining ma’rifat va irfonga tо‘lishi.
Jazbul arvoh - qalbning yuksalishi, sirlarining mushohada etilishi, munojot, Ollohga qalban taslimlik holi.
Jilva - noz, istig‘no, gо‘zallarning kо‘ngulni fath etuvchi holi yoxud chiroyli harakatlari. Suluk ahlining kо‘nglida porlagan ilohiy nur. Bu nur oshiqni telba qilur.
Zavoyid - qalbdagi nurlarning kо‘payishi.
Lab - dudoq, kalom, sо‘z. Labi shakar: malak vositasida payg‘ambarlarga, qalb tasfiyasi tufayli valilarga kо‘kdan inadigan kalom.
Lavomi-qalbdan nurning foyda va ta’sirlari boqiy qoladigan shaklda zuhurlanish.
Laja’ - qalbning umid va sog‘lom bir faqr tushunchasi ila Ollohga yunalish holi.
Malja - Murodning hosil bо‘lishiga qalbning umidvorligi.
Muxobara - qalbning huzur holati.
Nafas - g‘aybdan tug‘ilgan latif hollar va qalbning ishq о‘tidan farahlanishi.
Noz - ma’shuqaning dardli va mahzun oshiq kо‘ngliga kuch bag‘ishlashi.
Rayin - qalbning kirlanishi, zanglashi. Olloh taolo buyurmish: “Yо‘q, aksincha ularning qilayotgan yomonliklari qalblarini kirlatmishdir” (al-Mutaffifin, 14-oyat),
Rayhon - gul. Tasfiya va riyozat natijasida qalbda porlagan nur.
Rams - biror bir narsani kо‘nguldan supurib tashlash layoqati.
Rо‘yatul qalb-qalblarning kо‘rishi, iymon hakikatiga erishib g‘aybiy sirlarga boqish.
Samt-jim turmoq, sukut saqlash. Sukut ikki qismdir: zoxiriy - tilda, botiniy - qalb va kо‘ngul sukuti.
Sohibi qalb - kо‘ngul ahli. Qalbida yig‘ilgan ilmni ravon bir ifoda, ochik bir til bilan ifodalay olmaydigan kishidir.
Tavoli- kо‘ngulda ma’rifat nurining tug‘ilishi.
Tavoriq - lug‘aviy ma’noda “tunda porlagan yulduz” demak.Istilohiy ma’noda suluk ahlining kо‘nglidagi eshitish, ya’ni quloq orqali hosil bо‘ladigan yangi va qalbni yangilovchi haqiqatlar.
Tasfiya - qalbni soflashtirmoq; haqiqat idroki, mujohada va riyozat.
Sham’ - ilohiy nur. Solik qalbini yoqqan ilohiy nurning porlashi, mushohada ahlining kо‘nglida zuhurlangan irfon nuri.
Shamsul qalb - qalb quyoshi. G‘ayb olamiga yetishganlarning qalbini yorishtiradigan oftob. Unga muqaddamul g‘ayb, mezonul g‘ayb, shamsul irfon, shamsur ruhoniy ham deyilgan.
Shohid - qalb bilan tenglashgan narsa. Masalan, ishq, vajd, alam.
Katra - tomchi. Ilohiy tajalliylar, qalb, insoni komil,
G‘iybat - oshiqning qalbida paydo bо‘lgan ma’nolar bilan mashg‘ul bо‘lib, xalqning ahvolini unitish yoki g‘ofil qolishi.
G‘ayn - istig‘for bilan о‘rtadan kо‘tariladigan qalbdagi hijob va parda. U ikki nav’dir: biri yupqa, ikkinchisi qalin. Qalin parda katta gunoh qilgan va g‘aflat bandalarida bо‘lur. Hafif parda esa, xoh nabiy bо‘lsin, valiy bо‘lsin, hammada bо‘lur. Hazrati Payg‘ambarning “Qalbim g‘ayn ichida qolur va har kun yuz daf’a Ollohdan avf tilayman”, deyishlari ushbu haqiqatni bir ifodasidir. Zokir inson haqida yuqorida bayon etilgan fikrlarni jamlab shunday ta`riflar bersak bo`ladi:
- Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi.
- Komil inson Iloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilo-hiy amr, g‘ayb asrorini oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug‘ homiydir.
- zokir inson ruhi azaldan ma’lum, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir.
- Shu martabada u Allohning xalifasi bo‘la oladi.
- zokirlar insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‘tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.
- zokir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin.
- zokirlikning oliy belgisi Haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz yo‘lga solsa, Haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komildir.
Naqshbandiya tariqatidagi zokirning kundalik zikrlar odobidan misollar keltirib o`tamiz:
1.Agar karohat vaqti bo`lmasa, ikki rakat namoz o`qiladi. Tizzalar ustida qiblaga qarab o`tiriladi.
2.Istig`fori sharif (Astag`furulloh al aziym va atabu ilayh)- 25 marta aytiladi.
3.Bir marta “Fotiha” surasi (Alhamdu) va uch marta Ixlosu sharif (Qul huballohu ahad…) o`qiladi. Qilingan xayirli ishlar savobi Payg`ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam), sahobai kiromlar, naqshbandiya tariqatining ustozlari ruhiga bag`ishlanadi.Murid haqqiga duo qilinadi.
Ko`zlar yumiladi.
4.Robitai mavt (O`limni eslash) – 5 daqiqa.
5.Robitai murshid (Shayxni eslash) – 5 daqiqa
6.Alloh taolloning qudrati, azamati, bergan ne’matlarini tafakkur qilish – 5 daqiqa.
7. Til tanglayga qo`yilib, qalb bilan 500 marta “Alloh” deyiladi.Har 100 martadan so`ng: “Ilahi, Anga maqsudi va rizaka matlubu”, deyiladi.25
Yuqoridagi fasllarda boshaqa tariqatlardagi zokirlarning zikrlari haqida aytib o`tgandik masalan:
Qodiriya tariqati – asoschisi Abduqodir Giloniy bo`lib, “g`avsul a’zam”, “g`avsul saqlayn” kabi sifatlar bilan tanilgan. Qodiriya tariqatida zikr quyidagi tartibda qilinadi: avallambor, o‘n uch marta "Fotiha" surasi o‘qiladi. Keyin "Baqara" surasi-ning boshidan "Ulaika xumul muflixun" gacha bo‘lgan qismi, "Oyatil kursi" va "Omanar rasulu" o‘qiladi va uch marta "Hasbunalloxu va niʼmal vakil va nimal mavla va niman nasir" degach, uch dafʼa"Inshiroh" va "Ixlos" suralari, bir martadan "Muavvizatayn"va "Fotiha" suralari o‘qiladi. Salovot aytiladi. keyin tik turib,ovoz chiqarib 166 martadan kalimai tavhid va lafzai jalol o‘qiladi,keyin uch marta "Fotiha", keyin "Innalloha va malaikatahu"o‘qilib, salovot keltiriladi, keyin oxiri shayx duo qiladi va shuasnoda zikr nihoyasiga yetadi." Qodiriya zikri jahriy bo‘lib, o‘tirgan, tik turgan, aylangan xolda ijro etiladi.26
lloh taolo o‘zining muborak kalomida:“Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar”, deb marhamat qilgan. (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar). Zikr deganda, birinchi navbatda Allohni zikr qilishni tushuniladi. Allohni zikr qilish qalbni unga bog‘lash demakdir. U meni kuzatib turibdi, degan fikr doimiy inson xayolida bo‘lishi bu – zikrdir. Banda Allohni ko‘p zikr qilish bilan turli gunohlardan uzoqlashadi. Uning qalbida behuda fikrlarga o‘rin qolmaydi. Dunyoga hirs qo‘yish, uning zikri bilan band bo‘lishdan xalos bo‘ladi. Allohning zikri bilan band bo‘lgan qalbda turli ko‘ngilxushliklarga, insonga manfaatsiz maishatlarga joy qolmaydi. Allohni ko‘p zikr qilgan bandaning qalbiga uning muhabbatidan o‘zga muhabbat sig‘maydi, so‘zlaganda avvalo tilida Allohning ismi jo bo‘ladi. So‘ngra bu muborak ism asta-sekin bandaning halqumiga, ko‘ksiga va axiyri qalbiga yetib boradi. Bunday inson tili bilan Allohning ismini aytmasa ham, qalbi hamisha “Alloh, Alloh” deb turadi. Nihoyat, butun vujudi shu holatga keladi. Ana shunda banda haqiqiy zokirlik maqomiga yetadi. Bunday bandadan hech qachon yomonlik sodir bo‘lmaydi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom:
“Rabbingiz: “Modomiki, bandamning lablari meni zikr etib qimirlar ekan, men u bilan birgaman”, deydi”, deganlar.Qur’oni karimda Alloh taolo yana:
“Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Menga shukr qilingiz, noshukurlik qilmangiz”, degan(Baqarasurasi,152-oyat).
Aslida Alloh bandalarning uni zikr qilishlariga muhtoj emas. Hamma muhtojlik bandalarda. Lekin oyatda bunday deyilishi bandalar uchun yaxshilikdir. Chunki, bandalar Allohni eslashlari bilan Alloh ularni eslashiga erishadilar. Albatta, zikr bilan zikrning farqi bor. Ojiz bir bandaning eslashi qayerdayu, olamlarning Rabbi bandani eslashi qayda! Imom Buxoriy payg‘ambarimizdan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo: “Ey odam bolasi! Agar meni o‘zing tanho eslasang, men ham seni o‘zim tanho eslayman, agar ko‘pchilik ichida eslasang, men ham seni ko‘pchilik ichida eslayman”, degan. Abu Hurayra r.a.dan qilingan rivoyatda Nabiy alayhissalom:“Qay bir qavm o‘tirib, Alloh azza va jallani zikr qilsalar, albatta, ularni farishtalar qurshab olur, rahmat o‘rab olur, ustilaridan sakiyna nozil bo‘lur va Alloh ularni o‘z huzuridagilar ichida zikr qilur”, dedilar. Qalbi iymon bilan muzayyan bo‘lgan kishilar o‘tirib Allohni zikr qilishlari tufayli shunday buyuk darajaga erishsa, mo‘minlar uchun bundanda buyukroq saodat bormi?
Iymon keltirganlarning qalblari Alloh zikri bilan orom topadi. Chunki zikr qiluvchi qalblar o‘zlarining Alloh bilan doimiy bog‘liq ekanlarini his qiladilar. Yana zikr bilan sayqallangan qalblar dunyoda hamma narsa Allohdan ekanini, bu dunyoyu u dunyo saodati ham Allohning ixtiyorida ekanini biladilar. Modomiki, zikr Allohni eslash ekan, bu ba’zi odamlar o‘ylaganlaridek faqat namozda yoki masjidda yoxud belgilangan bir manzilda bo‘ladi degani emas. Allohni zikr qilish har qadamda, har joyda va har bir holatda bo‘ladi. Buyuk tariqat peshvosi Bahouddin Naqshband hazratlari aytganlariday: “Dil ba yoru dast ba kor”, ya’ni “Diling hamisha Alloh bilan, qo‘ling esa mehnat bilan bo‘lsin”. Banda qaysi o‘rinda bo‘lishidan qat’iy nazar uning qalbi doimo Allohni eslab turishi lozim. Shuning bilan birga banda tili bilan ham zikrda bardavom bo‘lishi matlubdir. Bir kishi: “Ey Allohning Rasuli! Islom shariati men uchun ko‘payib ketdi. Menga o‘zim mahkam ushlaydigan narsaning xabarini bering”, dedi. “Tiling Allohning zikridan ho‘l bo‘lib tursin”, dedilar. (Imom Termiziy rivoyati)Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Ikki so‘z tilga yengil, tarozida og‘ir, Rahmonga suyuklidir: “Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil aziym”, dedilar”.(Imom Termiziy rivoyati).Yana shu zotdan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:“La havla va la quvvata illa billahi”ni ko‘proq ayt. Albatta, u jannatning xazinalaridan bir xazinadir”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati).Islom shariati turli holatlarga ko‘ra zikrlarni tartibga solgan. Mazkur zikrlar bir necha turga bo‘linadi:
1. Zamonga xos zikrlar (ertalab, kech kirganda, yangi oyni ko‘rganda aytiladigan zikrlar).
2. Makonga xos zikrlar (masjidga, uyga kirganda aytiladigan zikrlar).
3. Ibodatlarga xos zikrlar (namoz, ro‘za, haj va shunga o‘xshash ibodatlarda aytiladigan zikrlar).
4. Amal va holatlarga xos zikrlar (kiyim kiyganda, uyqudan uyg‘onganda, yotganda, taomda, nikohda, safarda va ulov minganda aytiladigan zikrlar). 
Mazkur holatlarda qilinadigan zikrlarni bizda duo deb atash odat tusiga kirgan. Inchunun, zikr va duo bir-birini to‘ldirib keladigan narsalardir.
Sunnati mutahharada kelgan zikr va duolar haqida alohida kitoblar yozilgan. Bunga ko‘plab olimlar tomonidan “Al-Azkor” nomi ostida yozilgan kitoblarni misol qilib keltirishmumkin.
Zikrning foyda va samaralari nihoyatda ko‘pdir. Jumladan, u tufayli qalb tirik bo‘ladi, rizqni jalb qiladi, u ruhga quvvat bo‘ladi, xatolarni yuvadi, u shukrning boshi hisoblanadi, g‘am-anduhlarni ketkazadi. Yuqorida tilga olinganidek, duo va zikr biri birini to‘ldirib keladi. Aslida duo nima? “Duo” so‘zi arab tilida chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi. Aslida duo bandaning ruhiy holatidan kelib chiqib Yaratganga hissiy murojaatidir. Ko‘pincha ana shu duo bilan “talab qilish” degan narsani aralashtirilib yuboriladi. “Talab qilish” – bu so‘rovchining tili bilan nutq qiladigan so‘rovidir. “Menga uzoq umr, sog‘lik bergin” kabi. Duo esa, so‘rovchida paydo bo‘ladigan ruhiy holat hisoblanadi. Banda chinakam duo qilar ekan, uning qalbi uyg‘oq, hislari titroq holda o‘zining qilgan gunohlariga iqrorlik ila Allohga yuzlanishi vujudga keladi. Agar duo qilinayotgan paytda til boshqa, dil boshqa narsani desa, albatta u duo bo‘lmaydi. Bandaning biror narsani so‘rashi bilan astoydil duo qilishida farq bor. Yillar davomida so‘rab, so‘raganiga erisha olmay yurganlar qancha, chunki u haqiqiy duo qilish holatiga sazovor bo‘lgani yo‘q. Chinakam duoning boshlanishi bandaning qilgan gunohlariga iqror bo‘lishi bilan boshlanadi. Alloh taolo o‘zining kalomida:“Qachonki, bandalarim sendan men haqimda so‘rasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman”, deb marhamat qilgan (Baqara surasi, 186-oyat). 
Astoydil duo qilganlarning duolari qabul bo‘lishiga shubha yo‘q. Chunki buni Alloh va’da qilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida:
“Har kecha Rabbimiz dunyo osmoniga tushadi va “Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi, men unga ato qilsam, kim menga istig‘for aytadi, men uni mag‘firat qilsam”, deydi”, deganlar. Duo manfaatni jalb qiladigan va zararni daf qiladigan kuchli sababdir. Allohning G‘aniy, Same’, Karim, Rahim va Qodir sifati borki u o‘ziga duo qilishga amr qiladi. No`mon ibn Bashir r.a.dan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:“Duo ibodatdir”, dedilar va Rabbingiz: “Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar” oyatini qiroat qildilar”. (Abu Dovud rivoyati).Banda o‘zining ojizligi va hojatmandligini e’tirof etib, duo qilayotgan zotning ulug‘ligiga munosib odob-axloq bilan so‘rashi lozimdir. Ijobati Yaratganning o‘ziga havola. Hazrati Umar r.a.: “Men duoning ijobati tashvishini qilmayman, balki, duo qilish tashvishini qilaman. Chunki, duo qilishga ilhom berilsa, albatta u ijobat bo‘ladi”, der ekanlar. Duoni qanday ijobat qilish Allohning irodasidir. Alloh taolo so‘ralgan narsani bermasa, ajrini oxiratga olib qo‘yadi yoki uning evaziga boshqa bir yomonlikni daf qiladi. Ibn Javziy aytadiki:
“Bilingki, mo‘minning duosi rad qilinmaydi. Faqat uning uchun ortga surish foydali bo‘lganda ijobati ortga suriladi”. Ya’ni, iymonli kishining duosi hech qachon qaytarilmaydi. Balki, kechroq bo‘lsada albatta, ijobat bo‘ladi. Ijobatning kechiktirilishi esa, bandaning manfaati uchun bo‘lishi mumkin, buni Yaratganning o‘zigina biladi. Salmon r.a.dan rivoyat qilingan hadisda: “Nabiy alayhissalom: “Qazoni faqat duo rad qiladi. Umrni faqat yaxshilik ziyoda qiladi”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Qazo – Allohning hamma narsani kelajakda qanday bo‘lishini azaldan bilishidir. Qazodagi narsa qadarga keladi. Bu yerdagi qazodan murod, muallaq qazo bo‘lib, falonchi duo qilib tursa, falon kuni kasal bo‘lmaydi, qilmasa bo‘ladi, kabi holat tushuniladi. Qadarni qadar bilan daf qilish ma’nosini inobatga olinadigan bo‘lsa, bu yerda duo ham qadardir. Yaxshilik qilish bilan ham inson duoga sazovor bo‘ladi. Yaxshilik qilingan inson yaxshilik qiluvchining haqiga duo, hech bo‘lmaganda yaxshi tilak bildiradi. Albatta, zarra misqol kabi yaxshilik behuda bo‘lmasligini inobatga olgan holda, yaxshilik qiluvchining haqiga qilingan duo ham qabul bo‘lishi aniq ekani kelib chiqadi. O‘zgadan oz bo‘lsada yaxshilik ko‘rgan inson hech bo‘lmaganda “umring uzoq bo‘lsin” degan duoni qiladi. 
Har narsada bo‘lgani kabi duoda ham o‘ziga yarasha odoblari bor. 
Umar r.a.dan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollalllohu alayhi vasallam qachon duoda ikki qo‘llarini ko‘tarsalar, ularni yuzlariga surtmasdan turib qaytarmas edilar”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).Duodagi odoblardan biri bandaning azmu qaror bilan ikkilanmay so‘ramoqligidir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Biringiz zinhor “Allohim agar xohlasang meni mag‘firat qilgin”, demasin. Azmu qaror ila so‘rasin, chunki uni majbur qiluvchi yo‘q”, dedilar”.(Sunan sohiblari rivoyati).Gunoh aralashtirmay, qarindoshlik rishtalarini uzmay duo qilish uning asosiy odoblaridan hisoblanadi. Bundan tashqari duoda mubolag‘aga ketmaslik, haddan oshmaslik, duoni o‘zidan boshlamoqlik, uch marta duo qilmoqlik, qiblaga qarab, hamdu-sano va salavot ila boshlamoqlik, sharafli vaqtlarni ixtiyor qilmoqlik ham duo qilishning odoblaridandir.Kimlarning duolarining ijobati tez ekanligi haqida ham hadisi shariflarda xabarlar kelgan. Abu Dovud va Termiziylar qilgan rivoyatda:“Albatta, duoning eng tez ijobat bo‘ladigani g‘oyibning g‘oyibga qiladigan duosidir”, deyilgan. Bunda chin ixlos va samimiyat bor.
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi:“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Uch duo mustajobdir. Ularda shak yo‘q. Ota-onaning duosi. Musofirning duosi va mazlumning duosi”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Xossatan, ulug‘ oylar, kunlarda qilingan duolar qabul bo‘ladi. Tabarruk kunlarni g‘animat bilib, qadriga yetib duolar qilmoq lozim va lobuddir.27
Tasavvuf yo`lidagi zokirlarning jahriy zikrlari
1.Kalimai tavhid (La ilaha illalloh) – 100 marta.
2.Salavoti sharif (Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala oli sayyidina Muhammad) – 100 marta.
3.Istig`fori sharif (Astag`firulloh al aziym va atubu alayh) – 100 marta aytiladi.28



Download 95.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling