Kirish mavzu obyekti
I BOB - INSON VUJUDGA KELISHI
Download 44 Kb.
|
KIRISH
I BOB - INSON VUJUDGA KELISHI
1.1 . INSON VUJUDGA KELISHIDA ASOSIY ROʻL OʻYNAGAN OMILLAR Insonning kelib chiqishi masalasi hali ham evolyutsiya nazariyasining eng qiyin muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Insonning maymunlarga o'xshashligi qadimgi davrlarda ham qayd etilgan, ammo bu kuzatuv hech qanday sabab bo'lmagan.keyin uning quyi uyushgan mavjudotlardan kelib chiqishi haqidagi g'oyaga. Insonning paydo bo’lishi, uning omillari, sharoitlarini ilmiy asosda o’rganish masalasi atrofidagi ilmiy-nazariy munozaralarni yaxlit tizimga solishga urinish fanda juda katga tarixga ega emas. U keyingi ikki-uch asr mobaynida turli nazariy qarashlar, ehtimollar, aniq isbotini topolmagan qarashlar tizimi sifatida yuzaga keldi va hali-hamon xilma-xil yondashuvlar davom etmoqda. Boshqachaqilib aytganda, inson antropogenezi, sotsiogenezi, uning biologik, fiziologik,psixologik rivojlanish tamoyillari, shakllanish jarayonlari, evolyutsiyasi bir qarashda fanda o’z isbotini topganday, ma’lum bir ilmiy-nazariy umumlashmalar,xulosalar, asoslar yaratilganday ko’rinadi. Biroq bu qarashlar va nazariyalarningturli-tumanligi, xilma-xilligi nuqtai nazardan qaraganda hali fan insonning paydobo’lishi to’g’risidagi aniq bir xulosaga kelmaganidan dalolat beradi. Boshqa bir olimlar esa Quyosh tizimining ilk tumanliklari nazariyasi bilan bog’laydilar. Bunda tabiiy hodisalar, koinotdagi o’zgarishlar, fazoviy holatlar keltirib chiqargan shart-sharoitlarni, hodisalarning inson paydo bo’lishi va rivojlanishiga qulay muhit yaratganligini ro’kach qiladilar. Lamark esa yaxlit organik olam evolyutsiyasi xususida gapirar ekan, u hayvonot, o’simliklar va boshqa turlarning rivojlanish asoslarini birmuncha o’rganib, unda tashqi tabiiy ta’sir, tabiiy iqlim natijasida jonli tananing moslashishi orqali asta-sekinlik bilan murakkablashib borishi, ichki salohiyatning, hayotga intilishning va yashashga ishtiyoqning tadrijiy ravishda rivojlanib borishi jarayonini insonning paydo bo’lishiga asos deb biladi. Umuman olganda insonning paydo bo’lishi va uning «aqlli odam» darajasiga etguniga qadar yuz million yillar o’tgani fanda ma’lum. Inson antropogenezi va tabiat taraqqiyoti bilan shug’ullanuvchi olimlarning qarashlari harholda ana shunday. Ayrim mutaxassislarning xulosalariga ko’ra dastlabki odamlar xordalilar tipiga mansub bo’lib, ular bundan yuz million yillar muqaddam noma’lum kayxoniy falokatlar, tabiiy hodisalar tufayli yo’q bo’lib ketgan. Umurtqalilarga mansub bo’lgan dinozavrlar esa 60 million yil muqaddam sut emizuvchilar sifatida dunyoga kelgan. Insonning eng qadimiy ajdodlari sifatida gominitlar tipi paydo bo’lgan. Yuqorida aytganimizday, insonning paydo bo’lishi haqidagi tasavvurlar yo’nalishlari fanda xilma-xil va o’ziga xosdir. Jumladan, umumkayxoniy nazariyada tadrijiylik nuqtai nazaridan umumsayyoraviy holatlar, tabiat va koinotda yuz bergan hodisalar insoniyatning kelib chiqishiga sharoit yaratganligi g’oyasi ilgari suriladi. Ayni ana shu tabiiy shart-sharoitlar tufayli hayotning vujudga kelishi, uning rivojlanishi natijasida insonning paydo bo’lishi haqidagi qarashlar bayon etiladi. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling