Kirish mavzu obyekti


DASTLABKI INSONIYAT VUJUDGA KELA BOSHLAGAN DAVR


Download 44 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi44 Kb.
#1568013
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIRISH

1.2. DASTLABKI INSONIYAT VUJUDGA KELA BOSHLAGAN DAVR.
«Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining o’zgarishi», «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish», «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» singari asarlarida tabiatning rivojlanish g’oyalari, tirik mavjudotning shakllanish qonuniyatlari xususvda o’ziga xos nazariya ilgari suriladi.Biroq uning ta’limoti hali genetika fani yuzaga kelmagan, insonning biologik, ruxiy va ijtimoiy olami atrofdagi xulosalar shakllanmagan paytda yuzaga kelganligi yaqqol ko’rinadi.
Shuning uchun uning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar, jumladan, insonning ijtimoiy mohiyati, tuyg’u, ong va aql bilan bog’liq bo’lgan qadriyati o’z ifodasini topmagan. Demak, bu ta’limot ham insonshunoslikda tugal echim maqomini egallay olmaydi. Mehnat nazariyasida esa insonga, tirik mavjudot olamiga o’ziga xos urg’u beriladi va uning kelib chiqishi turli tub o’zgarishlar, inqilobiy yangilanishlar mahsuli sifatida talqin etiladi. Bu jarayonda, albatga, mexnatning o’rni va roliga alohida e’tibor beriladi. Ayni ana shu nazariyaga ko’ra insonning qaysi hayvondan qanday tarzda, qanday holatda kelib chiqqanligi to’g’risidagi masalalarga javob izlanadi. Bunda ham Charlz Darvin g’oyalari birmuncha ustuvorlik kdladi. Jumladan, odam dastlab maymunlar, xususan, odamsifat maymunlar – shimpanze va gorilla bilan inson qiyofasi o’zaro o’xshashligi asos qilib olinadi. Biroq, mehnat nazariyasiga ko’ra insonning maymundan kelib chiqqanligi haqidagi qarashlar fanda hamon muammoligicha qolmoqda.
Masalan, materialistik qarashlarda moddiyat birlamchi bo’lib, moddiy manfaatdorlik, nafs va hayot zavqi ustuvorlik qilsa, tasavvuf falsafasvda ruh, ma’naviy taraqqiyot, etuklikka intilish, kamolotga erishish ishtiyoqi balandlik qiladi. Jumladan, Jaloliddin Rumiy (1207–1273) qarashlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ya’ni unda «Inson yaralishidagi tadrijiylik holati va asoslarini ma’dandan o’simlikka, o’simlikdan hayvonga, hayvondan insonga qarab rivojlanish tizimini ko’zda tutadi»1. Insonning tadrijiy kamoloti, etuklikka intilib borish jarayonida ruhning bosqichma-bosqich taraqqiyoti xususida gapirar ekan, Aziziddin Nasafiy (1240–1300) «Har bir yangi doiradan boshlab yangi ibtido boshlanadi va u kamolotga erishish uchun darajama-daraja intiladi», – deydi. Agar hozirgacha mavjud ilmiy qarashlar va nazariy xulosalar hamda hozirgi zamon tsivilizatsiyasi yutuqlari tahlil etilsa, inson hamisha kamolotga muhtoj va umri davomida evolyutsion taraqqiyot, tadrijiy takomil, o’zini o’zi uzluksiz rivojlantirib borishga ehgiyoj sezishi zarurat ekanligi ma’lum bo’ladi. Olamning yaratilishi, insonning vujudga kelishi va kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlari Sharqda o’ziga xos tarzda talqin etiladi. Bu bevosita milliy tafakkur tarzi, Sharqu G’arb o’rtasidagi tafovutga, munosabatlar va qarashlarning turlichaligiga olib kelgan ruhiyat, fe’l-atvor, ma’naviy-axloqiy mezonlar natijasi sifatida yuzaga keldi.

Sharqda azaldan tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o’rganish keng taraqqiy topgan. Bu qadimiy makonda inson va kishilik jamiyati, uning dunyoga kelishiga doir tarixiy-falsafiy, tarixiy-badiiy asarlar ko’plab yaratilgan.


Jumladan, Abu Ja’far Tabariy (839–923) o’zining «Tarixi Tabariy», «Ta’rix ar-rasul val-muluk» (Payg’ambarlar va shohlar tarixi) nomli asarlarida eng qadimgi davrdan 915 yilgacha bo’lgan voqealar ancha keng va batafsil bayon etiladi.
Abu Bakr Narshaxiyning (899–959) «Tahqiq al-viloyat» (Mamlakathaqida aniq tadqiqotlar), «Ta’rixi Buxoro», «Axbor al-Buxoro» singari asarlari tarixiy tahlil, voqealar va hodisalarning falsafiy-mantiqiy ifodasi bilan alohida ajralib turadi. Abu Muhammad al-Kufiy (926 yilda vafot etgan) «Futuhi ibn A’sam», arab tarixchisi va faylasufi Abu Ali Miskovayx (1030 yidda vafot etgan) «Adab al-arab val-furs» (Arab va forslarning axloq qoidalari) hamda olti jilddan iborat«Tahsil al- axloq»(Axloqiy tarbiya) nomli kitoblarida umumiy tarix, insoniyat yaxlit o’tmishining taraqqiyot omillari, bir qator xalqlarning an’analari, turmush tarzi, hayot tajribalari va tafakkur qirralari bayon etilgan. Abul-Hasan al-Jazoiriyning (1160–1233) 12 jilddan iborat umumiy tarix haqidagi kitobi uning tarixiy tafakkur va tarixiy jarayonlarni tahlil etishda o’ziga xos maktab yaratganidan dalolat beradi. U Tabariy va Bayhaqiylarning ilmiy tajribalariga tayanib, ularni rivojlantirdi.
«Olamning yaralishi»dan o’z davrigacha bo’lgan tarixni falsafiy tahlil etdi va tarixiy tafakkurning falsafiy taxliliga doir jiddiy tadqiqotni amalga oshirdi. «Komil fi tavorix» (Mukammal tarix) nomli asari Jazoiriyning tarix falsafasi sohasidagi juda katta ilmiy jasoratidan dalolat beradi.
Rashididdin Hamadoniy (1248–1318) o’zining betakror tarixiy-falsafiy qarashlari, noyob ilmiy-nazariy kashfiyotlari bilan mashhur bo’lgan allomadir. U muarrix, geograf, tabiatshunos, faylasuf, etnograf va ant-ropolog sifatida o’z davrida nom chiqargan edi. Uning «Ta’rixi g’azaniy», «Ta’rixi muboraki g’azaniy» nomli asarlarida insonning yaralishi, olamning paydo bo’lishi va qadimgi dunyodan 1300 yillargacha bo’lgan mo’g’ullar tarixi bayon etilgan. V.V. Bartold xulosalariga ko’ra Rashididtsin Hamadoniyning asarlari – tarixiy qomus, qaysiki bunday mukammal asar Osiyoda ham, Yevropada ham biror bir xalqda yo’q. Uning mukammalligi, boshqa manbalarda uchramaydigan tahliliy-mushohadaliligi, tarixni talqin etishda mutlaqo o’ziga xosligi shundaki, Yevropa, Hindiston, Xitoy, Eron, mo’g’ullar istilo etgan turk mamlakatlari va xalqlari tarixi juda keng miqyosda tad-qiq etiladi. Tarixiy jarayon oqimida tahlil orqali falsafiy tafakkur yorqin namoyon bo’ladi. Tarixiy jarayonlar, voqealar, hodisalar tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-mantiqiy uslubda o’rganiladi tadqiq etilagan.
Odamzodning qadimgi ajdodalari, inson tabiat yaratgan tirik mavjudodlarning eng oliysi va gul tojisi hisoblanadi. Yer yuzida bu oliy darajadagi mavjudodni paydo bolib, yashay boshlaganiga qarib 3, 5-3,5 million yillar otdi. Mazkur davr mobaynida inson mеhnat hilish tofayli hayvonlar olamidan ajralib chiqib, uzoq rivojlanish osqichini oz boshidan kеchirib, nihoyat bundan 40-45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi2. Shu bilan antropologenеz jarayoni ham tugab, nihoyasiga еtdi. Ozining kеlib chiqishiga qiziqish, uni bilishga intilish odamlarda juda ham erta uyhongan. Lеkin dastlabki kishilarning ilmiy bilimi juda oz bolganligi tufayli bu masalaga uzoq vaqt javob topmaganlar. Ammo kishilar oz ajdodlari haqida kopdan-kop afsona va rivoyatlar toqiganlar. Ilmiy bilimlarning toplana borishi natijasida odamlarda oz otmishiga qiziqishning tobora kuchayishiga olib kеlgan. Natijada odamning paydo bolishi haqida xilma-xil nazariyalar paydo bolgan.3 Odamning paydo bolishi va yaratilishi haqida qadimgi va orta asr diniy kitoblarida mantiqsiz afsona va rivoyatlar kop uchraydi. XVIII va XIX asrlarda arxеologiya, antropologiya soxasida holga kiritgan ilmiy dalillar va ilgor qarashlar, odamning kеlib chiqishi xaqidagi diniy rivoyat va afsonalarga ilk bor zarba byerib, bu masalani bundan kеyingi rivoji uchun zamin hozirladi.
XVIII-XIX asrlarda shakllanib vujudga kеlagan arxеologiya fani qolga kiritgan yangi dalillar alohida ahamiyatga ega boldi.


Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling