Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida monetar siyosat vositalarini takomillashtirish xususida quyidagi asosiy muammo va kamchiliklarni keltirib o’tmoq maqsadga muvofiqdir
Download 223.32 Kb.
|
To'lov balansi.Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma – boshqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida
- 2021 yilda 10 foiz
Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Miromonovich 2017-yil 18-avgustda bo’lib o’tgan yig’ilishda pul-kredit siyosati haqida:
“Mana, monetar siyosatimizda katta ishlarni boshladik. Valyutamizni ayirboshlash, eng katta narsa – so‘mimizni dunyo bozoriga chiqarish bo‘yicha bo‘layapti, lekin og‘ir bo‘layapti. Og‘ir bo‘ladi, bu oson ishlar emas. Yetti marta o‘lchab, bir marta kesayotgan ishlar. Orqamizda o‘ttiz uch million xalq turibdi. Bu ertaga nabiralarimizning taqdiri”deb ta’kidlab o’tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 20-noyabrdagi “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma – boshqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi1. Farmonga muvofiq, mazkur hujjatni ishlab chiqishda, Markaziy bank tomonidan asosiy e'tibor tarkibiy islohotlarning yangi bosqichiga o‘tish davrida inflyasion targetlash rejimini faol tadbiq etish orqali pul-kredit siyosati sharoitlarini belgilashga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tkazadi. Joriy makroiqtisodiy holat, jumladan, inflyasiyaning amaldagi dinamikasi va prognoz ko‘rsatkichlari, shuningdek, barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta'minlash zaruriyati Markaziy bank tomonidan narxlar barqarorligini ta'minlash bo‘yicha aniq va yanada ta'sirchan choralar ko‘rishni taqozo etmoqda. Kelgusi yillarda inflyasiyaning doimiy va oraliq targetiga erishishga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab olish uchun asosiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishda iqtisodiy rivojlanishning joriy dinamikasini saqlanib qolinishi, tarkibiy islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va jahon iqtisodiyoti o‘sish sur'atlarining biroz sekinlashi kabi omillarga asoslanildi. Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat, mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi. O’zbek iqtisodchi olimlari D. Ahmedov, A. Eshmuhammedov va Q. Jumaevlarning fikriga ko’ra “Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta'minlashdan iborat.”2 Bugungi kunda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida valyuta munosabatlarini tartibga solishning samarali tizimini yaratish, pul-kredit sohasida yuzaga keladigan turli holatlarni iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta'sirini oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir. Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotini tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning obyekti pullarga bo’lgan talab va pullar taklifining hisoblanishi tushuniladi. Shu sababli, mamlakatda infyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda monetary siyosat muhim o'rin tutadi3. Buning uchun esa, iqtisodiyotning pul-kredit va valyuta munosabatlarini tartibga solish, Markaziy bankning valyuta siyosatini takomillashtirish va uning vositalaridan foydalanish masalalarini chuqur tahlil qilish hamda bank tizimini yanada muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga egadir. Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosat dunyoning bir qator rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiy o’sish ko’rsatkichini barqarorligini ta’minlashda, eksportni rag’batlantirishda muhim ahamiyat kasb etib4 kelmoqda. Misol qilib keltirsak, AQSH Federal Zaxira Tizimi (Federal Reserve System), Yaponiya, Shvetsariya Markaziy banklari va Yevropa Markaziy banki (Europe Central Bank) tomonidan “miqdoriy zaiflash” siyosatining olib borilayotgani makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ta’minlashda, aholining bandlik darajasini oshirishda muhim o’rin tutmoqda.
Download 223.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling