Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 1.45 Mb.
bet7/15
Sana15.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
#99331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
topshiriladigan newwwwdocx911

1.2-5-rasm.BOSCH GOL 26 D (1.2-5-rasm a)

BOSCH GLL 2-80P (1.2-5-rasm.b) Zamonaviy nivelirlar

Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi tu­ri — raqamli nivelirlar ishlab chiqilib qo‘llanilmoqda. Bularga mi­sol qilib Dini 11, Dini 21 (Germaniya); NA 2002, NA 2003 (Shvey­sa­riya) keltirish mumkin.

An’anaviy nivelirlardan farq qilib, raqamli nivelirlar elek­tronika bilan jihozlangan va maxsus ish dasturlari bilan ta’­minlangan bo‘ladi. Bu esa dala o‘lchash ishlarini va natijalarni ish­lab chiqish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi, jum­ladan:

— shtrix-kodli nivelir reykasi bo‘yicha sanoq olishni avto­ma­tik ravishda bajaradi;

— o‘lchash natijalariga truba vizir o‘qining silindrik adilak o‘qi­ga parallel emaslik (i burchagiga), yer egriligi va refraksiya xa­tolari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritadi;

— nivelir bilan reyka orasidagi masofa100 gacha bo‘lgandago­rizontal quyilishni 25 mm gacha aniqlikda avtomatik o‘lchaydi; m

— o‘lchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yod­lash moduliga yozadi;

— nivelirlash elkalarini (nivelirdan orqa va oldingi rey­ka­lar­gacha masofalar) tengligi va nisbiy balandlik o‘lchash natijasini av­tomatik tekshirib boradi;

— o‘lchangan natijalarni avtomatik ishlab chiqib, nuqtalar ba­land­ligini beradi;

— o‘lchab topilgan ma’lumotlarni yozib saqlash uchun RSMS1A kar­tasidan foydalanadi;



— asbobni boshqarish protsessi qulay, shuningdek, undan foy­da­lanishni o‘zlashtirib olish oson.

1.2-6 rasm Leica Sprinter 150m

Dini 11 va Dini 21 raqamli ni­velirlar bilan 1 km yo‘l­ni to‘g‘ri va teskari yo‘­na­lishlardan va reyka qo‘llab, 0,3 mm aniq­likda, oddiy bu k­la­mareyka qo‘llab esa 1 mmaniq­likdao‘lchashmum­kin. Stan­siya­da turib 2,5 m dan 100 m ga­cha masofadagi nuqtalar 4 da­qi­qa vaqtda o‘lchanadi. Ni­ve­lir­da o‘rnatilgan kompensatorni ish­­lash chegarasi  15' ga teng. Ni­velirda gorizontal doira o‘r­na­tilgan bo‘­lib, uning bo‘lak qiy­mati 1° ni tashkil qiladi.

Nivelirda joylashtirilgan dastur quyidagi ishlarni ba­jarish­ni ta’minlaydi: alohida o‘lchashni, qayta o‘lchashni, o‘rtadan va oldinga ni­­velirlashni, rejalash ishlarini va nivelir yo‘lini tenglashni


Поместите здесь ваш текст

Reykalardan olingan sanoqlarni nivelir yodiga yozib saqlash yoki asbob displeyi (ekrani) dan o‘qib jurnalga yozish mumkin.





1.2.7-rasm Dini 21 elektronniveliri

II-BOB. Yuzani kvadratlarga bo’lib nivelirlashning mohiyati.

Kvadratlar usulida nivelirlash natijalarini hisoblash.

Yerlarga suv chiqarish, maydonlarni sugo’rish, inshootlarni surish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun loyixa tuzish ishlari joy relefi aniq tasvirlangan yirik masshtabli topografik planlarda bajariladi. Relefi tekis bulgan joylarda bunday topografik planlar asosan yuzani nivelirlash orkali tuziladi.1

Joy relefning xarakteriga, uni planda tasvirlash aniqligiga, loyixalanadigan inshoot turiga va xususiyatiga xamda boshka bir qancha shartlarga qarab nivelirlanadigan nuqtalar orasi yoki kvadratlar tomoni 10 m dan 100 m gacha bo’lishi mumkin. Yuzani nivelirlash ikki usulda

-kvadrat kataklar usuli.



-magistrallar usulida bajariladi.

Kvadrat kataklar usulida nivelirlanadigan maydon teodolit va o’lchov lentasi yordamida kvadratlarga bo’linadi. Plan masshtabi va quriladigan inshootning turiga qarab kvadrat tomonlari 10x10; 20x20; 40x40 m bo’lishi mumkin. Kvadrat kataklarni yasash uchun maydon avval tomonlari 100x100, 200x200 m bo’lgan katta kvadratlarga bo’linadi va joyda kvadrat uchlari qoziklar bilan maxkamlanadi. Buning uchun joyda1a nuqtasini maxkamlab 1a—5a yo’nalish belgilab olinadi (olingan yer maydonining chegarasi yoqalab). Shu yo’nalishda lenta bilan kvadrat tomonining qabul kilingan uzunligi ketma-ket o’lchab ko’yilib 2a, 3a, 4a va 5a nuktalari joyda mahkamlanadi. Keyin 1a va 5a nuqtalariga teodolit o’rnatib, 1a — 5a va 5a — 1a yo’nalishiga nisbatan 90° li burchak yasab 1a1e va 5a 5e yo’nalishlar xosil kilinadi va ular buyicha kvadrat tomonining qabul qilingan qiymatini ketma-ket qo’yib chiqib, 1 a, 1b, 1v, 1g, 1d, 1e va 5a, 5v, 5g, 5d, 5e nuqtalari topilib qoziqlar qoqib mahkamlanadi. Tashqi asosiy kvadrat ichida yotgan kvadratlar uchi1b—5b, 1v 5v va boshqa tomonlar bo’yicha vexadan vexagacha lenta bilan o’lchab topiladi va qoziqlar bilan maxkamlanadi, qoziqlarga tegishli kvadrat uchi nuqtasining tartib raqami 1 a,1 6, 1 v,...;2a, 2b,2v,... yozib qo’yiladi. Asosiy kvadrat tomonlarining uzunligi 100 m bo’lsa, nivelir xar bir bunday kvadrat o’rta qismida o’rnatilib, oldin asosiy kvadratlarning uchlari, keyin esa ichki kichik kvadratlar uchlari nivelirlanadi.

Nivelirlashda nuqtalarda o’rnatilgan reykadan olingan sanoqlar oldindan tayyorlab olingan chizmaning tegishli nuktalari yoniga yozib boriladi.



Magistrallar usuli-bu usul joy relefi notekis, kichik va cho’zinchoq bo’lgan yerlarda qo’llaniladi. Buning uchun maydon urtasidan uzun tomoni bo’ylab magistral chiziq chiziladi. So’ngra bu chiziq xar 20 m dan piketlarga bo’lib chiqiladi. Shundan so’ng xar bir topilgan nuqtadan magistral chiziqqa perpendikulyar chiziqlar o’tkaziladi va ular xam 20 m dan piketlarga bo’lib chiqiladi va qoziqlar qoqiladi. Shundan keyin bu nuqtalar nivelirlab chiqiladi. Nivelirlash natijalari ishlab chiqilib, nuqtalar balandligi topiladi.

Kvadratlar yoki magistral chiziqlar qogozda berilgan masshtabda chiziladi. Hosil bo’lgan kvadratlar uchi nuqtalari yoniga ularning xisoblab topilgan balandligi yoziladi. Bu balandliklar bo’yicha qabul qilingan relef kesimi balandligida gorizontallar o’tkaziladi. Gorizontallarning o’rni interpolyasiya qilinib topiladi. S’yomka qilingan tafsilotlar qabul qilingan shartli belgilarda planga tushirilib, joyning topografik plani xosil qilinadi.

Planda o’tadigan gorizontallar o’rnini topish uchun bir xil yo’nalishdagi qiyalikda joylashgan qo’shni kvadratlar uchi nuqtalari ba­landligi va relef kesimi balandligiga karab analitik yoki grafik usulda interpolyasiya o’tkaziladi.

Yuzani nivelirlash mohiyati va usullari. Kvadratlar bo‘yicha yuzani nivelirlash. Nivelirlash natijasini ishlab chiqish va joy topografik planini chizish. Vertikal tekislash ishlari; yer kartogrammasini tuzish. Kvadrat kataklarni yasash. Yuzani nivelirlash yer tekislash va qurilish uchun ajratilgan relefi kuchsiz ifodalangan joylarning yirik masshtabli planini tuzishda qo’llaniladi. Yuzani nivelirlash asosan ikki xil : 1.Kvadrat, 2.Magistral usullarida bajariladi.

Biz bu usulning kvadrat usuiga to’xtalamiz. Nivelirlash yer yuzasini past balandliklarini aniqlash uchun ishlatiladi. Shunday ekan yer tekislash ishlarining hajmi, ya’ni past yerlarga qancha tuproq to’kilishi va baland yerlardan qancha tuproq kavlab olinishi yuzani nivelirlash orqali aniqlanadi. Ixtiyoriy maydon yuzasini nivelirlab, uni qog’ozda gorizontallar bilan tavirlash yuzani nivelirlash deyiladi.

Joyning rel’efi va nivelirlashdan ko’zda tutilgan maqsadga qarab maydon kvadrat kataklar, parallel chiziqlar va poligon usullarida nivelirlanadi. Kichikroq maydonning yirik masshtabli topografik planini tuzishda kvadrat kataklar usulidan eng ko’p foydalaniladi. Bo’ylama uzunligi katta joylarni nivelirlashda parallel chiziqlar yoki poligon usuli qo’llaniladi. Yuzani kvadrat kataklar usulida nivelirlashda joy rel’efining murakkabligi, tuzilayotgan plan masshtabi va boshqa hokazo omillarga bog’liq holda, maydonda teodalit va po’lat lenta yordamida tomonlari 10, 20,30, 40, 50, 100 m dan iborat kvadrat to’rlari yasaladi.

Buning uchun A nuqtaga teodolit o’rnatilib, noli alidada noliga to’g’irlanadi. So’ngra alidada mustahkamlagich vinti mahkamlanib, limb bo’shatiladi va K nuqtaga qaratilib mahkamlanadi. AK chiziqda po’lat lenta yordamida har 20 m dan B,C nuqtalar belgilanib qoziq qoqiladi; keyin alidada bo’shatilib 90⁰ ga to’g’irlansa, AK ga perpendikulyar 1-4 chiziq yasaladi

Bu yerda ham 1-4 chiziq yo’nalishi bo’ylab 20 m dan o’lchab, 2, 3, nuqta o’rni belgilanadi va qoziq qoqiladi. Nuqtalar A-2, A-3 … B-2, B-3 kabi belgilanadi va qoqilgan qoziqlar yozib qo’yiladi. Shu tariqa kvadrat kataklar yasaladi.

Nivelirlash oldidan kvadrat kataklar sxemasi alohida qog’ozga chiziladi , bunda nivelielashda reykalardan olingan sanoqlar har qaysi nuqta yoniga yoziladi. Bog’ovchi nuqtalarga qarash yo’nalishi 14-rasmda uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. Bog’lovchi nuqtalarga reykaning qora va qizil tomonidan sanoq olinib, Burchak uchlariga yoziladi. Bog’lovchi nuqtalardan biriga balandlik reperdan uzatiladi. Dala sxemasi bo’yicha burchak uchlarining mutloq balandliklari hisoblanadi va ular bo’yicha balandlik gorozontallari o’tkaziladi hamda tuproq ishlarining hajmi aniqlanadi.

Hisoblash ishlarida bog’lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari va ularning o’rtachasi aniqlanadi. Yopiq nivelir yo’lida bog’lanmaslik xatosi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: =10 (bu yerda n – bekatlar soni). Bog’lanmaslik xatosi yo’l qo’yarli darajada bo’lsa, teskari ishora bilan nisbiy balandlilarga tarqatiladi ya’ni tuzatish ishi bajariladi. Bog’lovchi nuqtalardan biriga biriga balandlik reperdan uzatilib, qolganlari balandliklari tuzatilgan nisbiy balandliklardan foydalanib aniqlanadi. Har bir bekatda asbob balandliklari Ag = Ha + a, kvadrat uchlari balandliklari esa

Hc = Ag -c ifoda yordamida hisoblanadi va tegishli kvadrat uchlarida yoziladi.

Kvadrat uchlarining balandliklari aniqlanganidan so’ng nivelirlangan joyning ikkinchi sxematik plani chiziladi. Buning uchun nivelirlash qaydnomasi dala sxemasidan kvadrat uchlarining balandliklari santimetrgacha yaxlitlab yoziladi. Shu balandlik bo’yicha yozilgan kesim balandligi h=0.25m yoki h=0.50 m da gorozontallar o’tkaziladi. Natijada gorozontallarda tasvirlangan joy relyefi hosil bo’ladi.



Nivelirlash jurnalini ishlab chiqish. Nivelirlash jurnali tafsiloti

Nivelirlash jarayoni tugagandan so‘ng nivelirlash natijalari xisoblanadi. Bu jarayon nivelirlash jurnalini ishlab chiqishdan iborat (1.1-1-jadval). Jurnalni xar bir beti to‘lganda undan betma – bet tekshirish ishlari bajariladi. Buning uchun jurnalning xar beti tagida 3, 4, 6 va 7 ustunlarda yozilgan sonlar yig‘indisi topilib yoziladi. Reykadan olingan orqa sanoqlar yig‘indisi - a; reykadan olingan oldingi sanoqlar yig‘indisi - b; xisoblangan nisbiy balandliklar yig‘indisi - hxisob; o‘rtacha xisoblangan nisbiy balandliklar yig‘indisi - ho‘rt bo‘lsa, u xolda tekshiruv natijasi quyidagi shartni ta’minlashi kerak:

a - b = hxisob = 2ho‘rt.; (2.1.1)

Kontrol ishlari bajarilgandan so‘ng, nivelirlash jarayonidagi nivelirlash xatosi quyidagi formulada aniqlanadi.



fh = hxisob - hnaz (2.1.2)

bu erda, hxisob – o‘rtacha xisoblangan nisbiy balandliklar yig‘indisi, yani amaliy nisbiy balandliklar bo‘ladi, hnaz – nazariy nisbiy balandliklar yig‘indisi. Agar trassaning bosh va oxirgi nuqtalari reperlarga bog‘langan bo‘lsa, u xolda nazariy nisbiy balandliklar yig‘indisi oxiri va boshlang‘ich reper otmetkalarining ayirmasiga teng bo‘ladi, ya’ni:

hnaz = Noxir - Nboshl.(2.1.3)

SHunday bo‘lsa nivelirlash xatosi quyidagi formulada aniqlanadi.



fh = hnaz. – (Noxir - Nboshl.). (2.1.4)

yopiq nivelirlash yo‘lida hnaz. = 0, chunki Noxir. = Nboshl, u xolda fh = hnaz. bo‘ladi.

2.1.2va2.1.3 formulalari bo‘yicha xisoblangan nivelirlash xatosining chekli qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.

0(2.1.5)

Bu erda L – trassa uzunligi (reperdan – repergacha) km xisobida.

Agar fh ≤ fhchekbo‘lsau xolda trassa yo‘lidagi qilingan xatolar teskari ishora bilan xamma bekatlarga teng tarqatiladi

Xar bir nuqta otmetkasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.



Ni = Ni-1 + h, (2.1.6)

Xisoblash natijalari quyidagi formulada tekshiriladi.



NoxirNbosh. = htuzat (2.1.7)

Yani xar bir varaqdagi otmetkalar farqi 1-jadval jami

 +1896 va N2N0 = +1896. (2.1.8)

Xar bir bekatdagi bog‘langan nuqtalar atmetkalari aniqlangandan so‘ng, oraliq nuqta rtmetkalari aniqlanadi, buning uchun asbob gorizonti aniqlanishi kerak, asbob gorizonti quyidagi formulada aniqlanadi.



AG =NA + a = NV + b, (2.1.9)

Bu erda, a – reykadan olingan orqa sanoq (mm); b – reykadan olingan oldingi sanoq(mm).

Asbob gorizonti orqali oraliq nuqtalar otmetkasi quyidagi formulada aniqlanadi.

Noral=AG – s, (2.1.10)

Bu erda: s – C nuqtadagi oraliq nuqta uchun reykadan olingan sanoq.

Shu asnoda hisoblab chiqib qayd qilinib qoyiladi.2

Kroki, nivelirlash jurnali, ishchi balandlikni hisoblash, maydon plani, yer ishlari kartogrammasi. Yer ishlari hajmini hisoblash vedimosti.

Kroki bajarilinadigan loyihaning ko’z bilan chamalab chizilgan tasviri hisoblanadi. Ushbu ( ) krokida yo’lning xomaki plani tasvirlangan bo’lib, yol qayerdan to’g’ri kelishi ko’rsatilgan.



Kroki


A

1

2

3

4





Б

6,3

7,1

4,1




8,2







B

13,7




14,0








Г







4,0

11,0




Д






Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling