Kirish Mavzuning dolzarbligi
Download 1.45 Mb.
|
topshiriladigan newwwwdocx911
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyiha maqsadi
- Loyihanining vazifasi
- I-BOB.Nivelirlash haqida tushuncha.
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki, jahonning rivojlangan davlatlari kabi ta’lim bizning yurtimizda ham davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bo’lib, u bo’lg’usida bo’lajak mutaxassislar zimmasiga mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ma’suliyatni yuklaydi. Kurs loyihasi grafik qism va hisob tushuntirish xatidan iborat. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talabalar texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydilar,ishlab chiqarishda muayyan ko’nikma xosil qiladilar, ilmiy-texnika va maxsus adabiyotlar na’munaviy loyihalaridan foydalanishni o’rganadilar. Kurs loyihasiga tajribali professor o’qituvchilar va ishlab chiqarishning chiqarishning yetakchi mutaxassislari raxbarlik qiladi va talabalarga kerakli ko’rsatmalarni berishadi. Kurs loyihasi talabalarni kelgusidagi bitiruv malakaviy ish yoki magistrlik dessertatsiyalarini mustaqil bajarishga tayyorlaydi. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rganish sohalarini isloh qilishda nihoyatda katta zaruriyat sezila boshladi. Geodeziya (grekcha geo — yer, dio — o’lchash so’zlaridan olingan bo’lib, erni o’lchash demakdir) erning shakli va kattaligini o’lchash, er yuzasida har xil injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur bo’lgan geodezik tayanch punktlari tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini, ular bilan ishlash yo’llarini o’rgatadi. Hozirgi vaqtda geodeziya fani oliy geodeziya, quyi geodeziya, injenerlik geodeziyasi singari mustaqil turlarga bo’linadi. Yer shaklini va uning o’lchamlarini aniqlash, mamlakatimiz kartalarini tuzish uchun geodeziya tayanch nuqtalarini barpo etish maqsadida katta territoriyalarda olib boriladigan o’lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan oliy geodeziya shug’ullanadi. Yer yuzasining ayrim bo’laklarini plan, karta va profillarini chizib tasvirlashda bajariladigan o’lchash usullarini, geodezik asboblar bilan ishlashni quyi geodeziya yoki geodeziya o’rgatadi. Injenerlik inshootlarining o’rnini qidirib topish, ularni planda, kartada va profilda loyihalashni bunyod etishda bajariladigan ishlar bilan shug’ullanadigan fanga injenerlik geodeziyasi deyiladi. Geodeziya fani astronomiya, topografiya, kartografiya, geografiya va geofizika fanlari bilan uzviy bog’langan. Geodezik o’lchashlar asosida topografik plan va karta chizish uchun juda zarur bo’lgan ma'lumotlar, ya'ni er yuzasidagi joylarning geografik va to’g’ri burchakli koordinatalari, ularning balandliklari, aniqlanadi. Hozirgi vaqtda qadimgi geodeziya fani yosharmoqda, undan yangi fanlar ajralib chiqmoqda. O’lchash va hisoblash ishlarini takomillashtirish maqsadida radio, svetodalnomerlar, elektron hisoblash mashinalari ishlatilmoqda. Shu asosda yangi fan radiogeodeziya vujudga keldi. Kosmosdan turib erning shakli va kattaligini o’lchashda, materiklarni bir-biri bilan geodezikjihatdan bog’lashda kosmik geodeziya fani paydo bo’ldi. Geodezik o’lchash ishlari natijasida yer yuzidagi yoki muhandislik inshootlarida nuqtalar orasidagi balandliklar farqini aniqlash va shu nuqtalarni qabul qilingan tizimlarda balandliklarni hisoblashga nivelirlash deyiladi. Loyiha maqsadi: 1. Berilgan nivelirlash jurnali va bironta kvadrat uchining shartli balandligi bo`yicha kvadrat uchlari balandliklarini xisoblab chiqarish: a) asbob gorizontini xisoblash; b) kvadrat uchlarining shartli balandliklarini xisoblash 2. Qurilish maydoning topografik planini tuzish: a) berilgan masshtabda kvadrat turini yasab ularning kesishgan uchlarining balandliklarini ko`chirib yozish; b) interpolyasiya yo`li bilan gorizontallar o`tkazish; v) kroki ma’lumotlari buyicha planga tafsilotlarni tushirish; g) planni rasmiylashtirish; 3.Vertikal planirovka loyixasini tuzish: a) gorizontal maydonning loyiha balandliklarini xisoblash; b) kvadratlar uchlarining ishchi balandliklarini xisoblash; v) nol ishlari chizigini o`tkazish; g) yer ishlari hajmini (ko`tarma va o`yilmalarni) xisoblashdan iborat Loyihanining vazifasi Yer yuzini tekislash, yerni tekislashda tuproq hajmlarini hisoblash va joy relefini tasvirlash ,qishloq xo`jaligi yerlarini sug`orish uchun tekislashda yuzani kvadratlarga bo`lib nivelirlash bajariladi. Yangi yerlarni o’zlashtirishda joy relefibilan tanishida qo’llaniladi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orishda kam suv sariflash uchun ekin maydonlarini tekislashda yuzani kvadratlarga bo’lib nivelirlashning zamonaviy ko’rinish zamonaviy lazerli planirovkalar yordamida amalga oshiriladi. I-BOB.Nivelirlash haqida tushuncha. 1.1. Nivelirlarni tadqiqot etish. Yuqori aniqlikdagi nivelirlash ishlarini bajarishdan oldin nivelirni va nivelir reykalarini to‘lik tadkik etish natijasida asboblarning texnik xarakteristikalarini va asbobga tegishli bo‘lgan individual xolatlarini, texnik qo`llanma talablariga mosligi va kutaliyotgan nuqsonlari aniqlash imkoni bo‘ladi. Tadqiq etishning xajmi va mazmuni qo`llanma talablariga, nivelirlashning aniqligi, sinfiga qarab aniqlanadi va qo‘yidagi tekshirishlar bajaralidi: Qarash trubasini tekshirish. Adilak bo‘lak qiymatini aniqlash Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish. Ipli dalnomerning koeffitsientini aniqlash va qarash trubasidagi iplar to‘rining asimmetriyasi. Tekislik plastinkasini engashtiruvchi mexanizmni tadqiq etish va mikrometr barabanining bo‘lak qiymatini aniqlash. Kompensatorli nivelirlarning avtoredukksion xatosini aniqlash Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish. Tekis joyda radiusi 50 m bo‘lgan aylana bo‘yicha 1,2,3, ……10 ( 2 – rasm ) nuqtalarga V nuqtadan 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90 va 100 m masofalarga qoziklar qoqiladi. Keyin bu nuqtalar 2 marta nivelirlanadi: birinchi marta A nuqta markazidan qat’iy teng elkalarda, ya’ni trubaning fokusi o`zgartirilmaydi, ikkinchi marta V nuqtadan aylana bo‘yicha har xil elkalarda 10 metrdan to 100 metrgacha. Nivelirlashni ikki - uch marta to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bajariladi. A nuqtadan nivilirlanganda reykalar bo‘yicha o‘rta sanoqlar olinadi. So‘ng V nuqtadan aylana bo‘ylab nivelirlanib sanoqlar olinadi. 1.1.1–rasm Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishinitekshirish. Stansiyalarda A va V nuqtalarda instrumentning gorizont balandligining farqi hisoblanadi: (1.1-1) Bu yerda stansiyada A va V nuqtalarning instrument gorizont ayirmasi, mm. - mos xolda 5 nuqtada A va V markazlardan reyka bo‘yicha o‘rtacha sanoqlar, mm. So‘ngra V nuqtadagi stansiyadan qarash trubasining fokuslovchi linzasining noto‘g‘ri yurishidan bo‘ladigan xatolar miqdori aniqlanadi (1.1.2) Bu yerda belgilangan nuqtada fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishidan reykadan olingan sanoq. - reyka bo‘yicha mos xolda o‘rta sanoqlar belgilangan i nuqtada markaz A va V stansiyadan nivilirlanganda, mm.r - A va V nuqtalarda asbob gorizont ayirmasi, (1.1-1) formula bilan hisoblangan) belgisi ( plyus yoki minus ) qarash trubasining vizir o‘qi gorizontal chiziqdan har xil masofada trubani fokuslash natijasida siljish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Beshinchi nuqtadan nivelirgacha bo‘lgan masofa 50 m. bo‘lganda (1.1-1) va (1.1-2) formulalarga binoan ning qiymati nulga teng bo‘lishi kerak, chunki qarash trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga paralelligi yustirovka bo‘yicha reykagacha bo‘lgan masofa 50 m. ga yaqin bo‘ladi. Xatolarning ayirmasi fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishi masofalar ayirmasi nivelirdan orqa va oldingi reykalardan 10 metrdan bo‘lganda 2 mm dan oshmasligi kerak. Yuqori aniqlikdagi asboblarda ning qiymati aniqlangandan keyin qo‘yidagi normal tenglamalar sistemasi tuziladi va echimi aniqlanadi:
Bu yerda - qarash trubasi fokuslanganda vizir o‘qining yo‘nalishini xarakterlovchi koeffitsient: q - V nuqtadagi extimoliy va o‘rta asbob gorizontining stansiyadagi ayirmasi, mm: - V nuqtadan 1,2,3, …..10 nuqtalargacha bo‘lgan masofa, mm: - xatolar miqdori (1.1-1) formula bilan hisoblanadi, mm: n - ning miqdoriini aniqlovchi son. (1.1- 3 ) tenglamalar sistemasini echib, - koeffitsient va q ayirma, keyin n - ning miqdori hisoblanadi va fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishini xarakterlaydi va u qo‘yidagi formula orqali hisoblanadi: (1.1-4) Agar absolyut miqdori bo‘yicha - ning birorta ham qiymati 0,5 mm dan katta bo‘lmasa nivelir to‘siklar orqali nivelirlashda ham yaroqli. Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirishdagi ko‘zatuvlarni yozish va hisoblash 1.1-1 – jadvalda ko`rsatilgan. Dala sharoitida bajariladigan ishlarga quyidagi asbob anjomlar kerak bo’ladi.
Nivelir asbobi Shtativ Metal qoziqlar 30 ta Polat lenta Bolta Soyabon (agr issiq havo sharoitida bolsa ishlar) Planshet Nivelir jadval tushirilgan qog’oz Qalam, ruchka, o`chirg’ich Ishning bajarilish tartibi quyidagicha. Guruh a’zolari eng kami bilan 3 kishi bo’lib, ular birinchi navbatta olchanadigan maydonni koz bilan chamalab kvadrat yo’llari noqulay bo’lgan joylardan tushib qolmasligi uchun masalan zovir, kanal yoki jarlik bor joylardan tushmasligini ko’zdan kechirishlari kerak. Songra qoziqlar qoqilib masofalar o’lchanadi. Har bir nuqtalar ustiga asbob ornatilib sanoq olinadi. Olingan sanoqlar jurnalga yozildi. N3 nivelirining qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish. 1.1.1 - Jadval
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling