Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 1.45 Mb.
bet9/15
Sana15.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
#99331
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
topshiriladigan newwwwdocx911



△V=[∑]-[∑]=-50,9



V=[∑]+[∑]=1322,42




2.2. Kvadrat kataklar usulida yuzani hisoblash

Joy relefining xarakteriga, va uni planda tasvirlash aniqligiga, loyihalanadigan inshoot turiga va xususiyatiga qarab nivelirlanadigan nuqtalar orasi yoki kvadrat tomonlari 10dan 100 m gacha bo‘lishi mumkin. Yuzani nivelirlash uch usulda kvadrat kataklar usuli, magistrallar usuli va parallel chiziqlar usulida bajarishi mumkin bo‘lib, eng ko‘p qo‘llanadigan usul kvadrat kataklar usuli hisoblanadi.



Kvadrat kataklar usulida nivelirlanadigan maydon teodolit va pulat lentasi yordamida kvadratlarga bo‘linadi. Plan masshtabi va quriladigan inshoot turiga qarab kvadrat tomonlari 10x10; 20x20; 40x40; 50x50 m bo‘lishi mumkin.

Bunday kvadrat kataklarni yasash uchun maydon avval tomonlari 100x100, 200x200 m bo‘lgan katta kvadratlarga bo‘linadi va joyda kvadratlar uchlari koziqlar bilan mahkamlanadi.



Ushbu usullarda yuzani nivelirlash tartibi [3,4] batafsil yoritilgan.

Buning uchun joyda 1 nuqtasini maxkamlab 1 - 5 yo‘nalish belgilab olinadi (olingan yer maydonining chegarasi bo‘ylab). Shu yo‘nalishda lenta bilan kvadrat tomonining qabul qilingan uzunligi ketma – ket o‘lchab qo‘yilib 2, 3, 4 va 5nuqtalari joyda maxkamlanadi (2.2-1 – shakl).





2.2-1-shakl Yuzani kvadrat bo‘yicha nivelirlash sxemasi

Keyin 1 va 5 nuktalariga teodolit o‘rnatib, 1- 5 va 5- 1yo‘nalishiga nisbatan 900 li burchak yasab 1- 1e va 5- 5e yo‘nalishlar hosil qilinadi va ular bo‘yicha kvadrat tomoninig qabul qiymatini ketma – ket qo‘yib chiqib, 1, 1, 1, 1, 1, 1 va 5, 5, 5, 5, 5, 5nuqtalari topilib qoziqlar qoqib maxkamlanadi.Tashqi asosiy kvadrat ichida yotgan kvadratlar uchi 1-5,1-5va boshqa tomonlar buyicha vexadan vexagacha lenta bilan o‘lchab topiladi va qoziqlar bilan mahkamlanadi,qoziqlarga tegishli kvadrat uchi nuqtasining tartib raqami 1 1 1, . . .; 2, 2 2, . . . yozib quyiladi.

Asosiy kvadrat tomonlarining uzunligi 100 m bo‘lsa,nivelir har birb unday kvadratning o‘rta qismida o‘rnatilib,oldin asosiy kvadratlarning uchlari, keyin esa ichki kichik kvadratlar uchlari nivelirlanadi.

Nivelirlashda nuqtalarda o‘rnatilgan reykadan olingan sanoqlar oldindan tayyorlab olingan chizmaning tegishli nuqtalari yoniga yozib boriladi.

Bekatda asosiy kvadrat uchlarini nivelirlash natijasini tekshirish uchun qo‘shni stansiyalardan nivelirlangan ikkita bog‘lovchi nuqtalar, masalan 2.2-1- shaklda 1 va 2 nuktalar, orasidagi nisbiy balandlik sanoqlar bo‘yicha hisoblanadi. Shakldagivasanoqlar birinchi bekatdan, vasanoqlar ikkinchi bekatdan olingan. Bu sanoqlar orqali 1 va 2 nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik ikki marta topiladi:

; ,

Bu lardan



,

yoki


, (2.2.1)

Yozish mumkin.

(2.2.1) formuladan ko‘rinishicha, har bir kvadrat tomonida qarama-qarshi yotgan sanoqlar yig‘indisi o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Bu yig‘indilar farqi 5 mm dan oshmasligi kerak.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan tartibda hamma asosiy kvadratlar uchi nuqtalari orasidagi nisbiy balandlik hisoblab chiqiladi. Dastlab asosiy kvadratuchlari 1, 1e, 5e, 5 orasidagi nisbiy balandliklar yig‘indisi topilib, nivelirlash xatosi hisoblanadi.Nazariy jihatdan yopiq poligonda nisbiy balandliklar yig‘indisibo‘lish kerak, amalda nol o‘rnida kelib chiqqan qiymatga nivelirlash xatosi deyiladi va u quyidagi chekdan oshmasligi kerak:



mm, (2.2.2)

Bu erda: n – bekatlar soni.

Ushbu qiymatdan oshmagan xatolik tarqatilib, nisbiy balandliklar bog‘lanadi va asosiy kvadrat uchi nuqtalarining balandligi hisoblanadi. So‘ngra 1 va 1e hamda 5 va 5 e nuqtalar orasida joylashgan 1, 1,…va 5, 5, … nuqtalar balandligi hisoblanadi.

Asosiy kvadrat ichidagi nuqtalar nisbiy balandligi qatorlar bo‘yicha, misol, 1- 5 qatori bo‘yicha olinib, bosh va oxirgi nuqtalarning balandligi hisoblanadi. Keyin 1-5qatoriga o‘tiladi va oldingi qatordagiga o‘xshash hisoblashlar bajariladi va hokazo.



Tomonlari 10x10 yoki 20x20 m kataklarga bo‘lingan maydonda kvadratlar uchlari bir yoki bir nechta bekatdan turib nivelirlanadi (2.2-2- shakl).



2.2-2-shakl.Yuzani kvadratlar bo‘yicha nivelirlash sxema-jurnali

Bu shaklda 1, 2, 3 va 4 nuqtalar I, II, III va IV nivelir bekatlari orasida olingan bog‘lovchi nuqtalar bo‘ladi. Maydonni kvadratlarga bo‘lish bilan bir vaqtda maydondagi tafsilotlar ham s’yomka qilinadi.



2.2-2 – shaklda I, II, III va IV bekatlardan nivelirlangan bog‘lovchi nuqtalar 1, 2, 3 va 4 yo‘g‘on (strelkali) chiziqlar bilan, oraliq nuqtalar sifatida nivelirlanganlari esa ingichka chiziqlar bilan ko‘rsatilgan. Bog‘lovchi nuqtalar reykaning qora va qizil tomonlari, oraliq nuqtalar esa faqat qoratomoni bo‘yicha nivelirlanadi.

Olingan sanoqlar chizmada tegishli nuqta yoniga yozib boriladi. Bog‘lovchi nuqtalar orasida o‘lchangan nisbiy balandlik qiymati qora va qizil sanoqlar bo‘yicha hisoblanadi va ular o‘zaro teng bo‘lishi yoki farqi 4-5mm dan oshmasligi kerak. Nisbiy balandlik qiymatlarining o‘rtachasi olinadi. Shakldan ko‘rinadiki, bog‘lovchi nuqtalar yopiq yo‘lni tashkil qiladi.



Bu yopiq yo‘lda o‘rtacha nisbiy balandliklar yig‘indisi quyidagi shartga javob berishi kerak, ya’ni.Amalda bu yig‘indi noldan farq qiladi va unga- nivelirlash yo‘li bog‘lanmasligi (xatosi) deyiladi. Bu bog‘lanmaslikshartni qanoatlantirilgan holda, u nisbiy balandliklarga teskari ishorasi bilan tarqatilib, tuzatiladi. Boshlang‘ich bog‘lovchi nuqtaning balandligi berilgan bo‘lsa, tuzatilgan nisbiy balandliklar orqali qolgan 2, 3 va 4chi bog‘lovchi nuqtalar balandligi hisoblanadi. Har bir bekatda asbob gorizonti topilib, undan oraliq nuqtalardan olingan sanoqlar ayrilib, nuqtalar balandligi topiladi. Hisoblangan balnadliklar nivelirlash sxema – jurnalida tegishli nuqtalar yoniga yoziladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling