Kirish Mavzuning o‘rganilish darajasi va dolzarbligi
Download 35.25 Kb.
|
Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning usullari.
- Tadqiqotning nazariy-usuliy asosi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot ob’ekti. Tadqiqotning asosiy manbaini Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy", "Devoni Foniy" devonlari, "Sittai zaruriya"ning prof. Hamid Sulaymon va Ali Muhammadiy nashri matni hamda Jamol Kamolning “Ayn ul-hayot” qasidasi tarjimasi matni tashkil etadi. Shuningdek, Qur’oni karim, Hadislar, Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi adabiy merosi, Yusuf Xos Hojib, Fariduddin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Nosir Xusrav, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiyning nodir ilmiy-badiiy asarlaridan ham foydalanildi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, kontekstual tahlil, statistik usullardan foydalanildi. Olingan natijalarning ishonchliligi tadqiqot yuzasidan chiqarilgan xulosalar tadqiqotchi tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlarda o‘z ifodasini topganligi hamda bu xulosalar ilmiy jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanganligi, aniq qo‘yilgan muammo qiyosiy-tipologik, matniy-qiyosiy usullar yordamida yechilganligi, nazariy xulosa va farazlarning amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning nazariy-usuliy asosi. Mumtoz she’rshunoslar Shayx Ahmad Taroziy, A.Fitrat, M.Shayxzoda, E.E.Bertels, I.Krachkovskiy, I.Sulton, N.Mallayev, A.Hayitmetov, B.Valixo‘jaev, A.Abdug‘afurov, A.Rustamov, A.Hojiahmedov, N.Komilov, R.Vohidov, I.Haqqulov, E.Shodiyev, Yo.Ishoqov, S.Hasanov va turk olimlari Abdurahmon Go‘zal, Usmon Keski o‘g‘li, Usmon Turarning badiiyat, tasavvuf falsafasi va qasidachilikka oid qarashlari dissertatsiya uchun tayanch ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ilohiy tavhid ilmining badiiy tafakkurga ta’siri jarayonini kuzatish asosida na’t yo‘nalishidagi asarlarga xos qiyosiy-tipologik xususiyatlarni oydinlashtirish hamda umumlashtirish zamirida ma’lum nazariy xulosalarga kelish imkoniyatini kengaytiradi. Ishda bayon qilingan fikr-mulohazalar o‘zbek mumtoz adabiyoti muammolari, jumladan, Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha ish olib borayotgan mutaxassislarga qo‘l keladi. Shuningdek, undan badiiy adabiyot mazmunini yanada teran fahmlashda, oliy va o‘rta umumta’lim maktablari uchun o‘zbek adabiyoti tarixi fani bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish, tavsiyanomalar ishlab chiqishda, maxsus kurslar o‘qishda, g‘oyaviy-axloqiy, mafkuraviy tashviqot va targ‘ibot ishlarida foydalanish mumkin. Download 35.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling