Kirish mavzuning
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berish
Download 20.33 Kb.
|
KIRISH namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Malakaviy ish
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berish” mavzusini tanlashga asos bo’ldi. Chunki mehnat ta’limi darslarining asosiy qismini amaliy mashg’ulotlar tashkil etadi. Bunda o’quvchilar o’zlarining aqliy va jismoniy mehnat jarayonlarida turli ko’rinishlardagi mehnat qurollari va vositalaridan foydalanadilar. Ma’lumki, o’quvchilar bu mehnat qurollari va vositalaridan qanchalik to’g’ri, havfsiz foydalanishni o’rganib olsalar qo’yilgan maqsadga erishiladi. Binobarin shu orqali o’quvchilar o’quv jarayonida ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, ongli ravishda kasb tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ayni paytda mana shu holatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganish mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini bildiradi. Bunda ilg’or pedagogik texnologiyalar deganda biz o’qituvchining mexanizm, mashina, stanok va moslamalar hamda ulardan foydalanishga oid mavzularni o’rgatish jarayonida o’quvchilarning o’quv materiallarini tez va puxta o’zlashtirishlariga imkon beradigan, mustaqil va erkin ishlashlariga sharoit yaratadigan o’qitish usullarini qo’llashini nazarda tutamiz.
Ishning maqsadi - Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga rangli metallar va ularning ishlatilishi haqida ma’lumot berish mavzusini o’quvchilarga o’rgatish darslarida qo’llaniladigan ta’lim usullarini o’rganish, tahlil qilish va shu orqali qaysi usuldan qanday foydalanilsa yuqori natijalarga erishish mumkinligi haqidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish hamda ularni maktab amaliyotiga joriy etishni asoslashdan iborat. Malakaviy ishning ilmiy farazi: agar Texnologiya darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib borilsa – o’quvchilar Texnologiya faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarniosonlik bilan egallaydilar, ularda amaliy ishlarni bajarish ko’nikmalari tez rivojlanadi. Download 20.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling