Kirish Mehnat resurslari ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida M


Mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish


Download 157 Kb.
bet4/5
Sana21.09.2023
Hajmi157 Kb.
#1683388
1   2   3   4   5
Bog'liq
Karimov Sanjarbek g`ofur o`g`li

Mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish
Ma’lumotlar va mazkur Metodikaga muvofiq amalga oshirilgan hisob-kitoblar asosida mazkur Metodikaga 1-ilovada keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha mehnat resurslarining hisob-kitob, hisobot prognoz balanslari ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi mehnat bozorining holati va mehnat bilan bandlik to‘g‘risida tezkor va xolisona axborot olish hamda tumanlar va shaharlar bo‘yicha alohida mintaqalar bo‘yicha, shuningdek umuman respublika bo‘yicha ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan shaxslar sonini aniqlash maqsadida mehnat organlari, statistika organlari, iqtisodiyot organlari tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi.
Hisob-kitob balansi asosida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (hokimliklar) tomonidan aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan, hududlar bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini ishlab chiqish va zarurat bo‘lganda, unga tuzatishlar kiritish, shuningdek ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslar hajmini aniqlash amalga oshiriladi.
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi quyidagilardan kelib chiqqan holda yilning har choragida ishlab chiqiladi:
mazkur Metodikaning 3.2.1-bandida ko‘rsatilgan ish bilan band bo‘lganlar toifalarining soni to‘g‘risida davlat statistika hisobotining dastlabki ma’lumotlari;
3.2.2-bandga muvofiq aniqlangan norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan shaxslar soni va mazkur Metodikaning 3.2.3-bandiga muvofiq aniqlangan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar soni;
mazkur Metodikaning 3.3-bandiga muvofiq aniqlangan iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni;
mazkur Metodikaning 3 va 3.4-bandlariga muvofiq aniqlangan ish bilan band bo‘lmagan aholi soni;
mazkur Metodika 3.2.3-bandining b) qismiga muvofiq aniqlangan emigrant mehnatchilar soni. Bunda tumanlar, shaharlar, viloyatlar bo‘yicha mehnat resurslari balansi hisob-kitobida ish bilan bandlik bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganib chiqishga kiritilgan mehnat emigratsiyasi yuzasidan modul savollariga javoblar bo‘yicha olingan chet eldagi migrant mehnatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Mehnat resurslarining hisob-kitob balansi mazkur Metodikaga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq hududlar bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslari hisob-kitob balansini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadilar.
Tumanlar (shaharlar) bo‘yicha mehnat resurslarining hisob-kitob balansi tegishli Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay ishlab chiqiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, shuningdek Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
Hududiy boshqarmalarga taqdim etiladigan hisob-kitob balansiga tumanlar va shaharlar bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganib chiqish natijalarining tartibga solingan ma’lumotlari (jadval shakllarida) ilova qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda olingan ma’lumotlar asosida va mazkur Metodikada nazarda tutilgan tartib-qoidalarga muvofiq har bir tuman (shahar) bo‘yicha hisob-kitob balanslarini ishlab chiqadilar. Bunda umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslari yig‘ma balansini ishlab chiqishda takomillashtirilgan bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha statistika hisoboti ma’lumotlari, mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rganishlar materiallari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalari ma’lumotlari asosida olingan emigrant mehnatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi
Mehnat resurslarining hisobot balansi har bir yil yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi davlat statistika hisoboti ma’lumotlari aniqlashtirilishi hisobga olingan holda hisob-kitob balanslari ma’lumotlariga asoslanadi.
Mehnat resurslarining prognoz balansi.Mehnat resurslarining prognoz balansi bo‘lajak davr uchun (maqsadlarga bog‘liq holda - 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi:
ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan mehnat bilan band bo‘lmagan aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni;
ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o‘sishi va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning mo‘ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning o‘sishi va uning tarkibiy o‘zgarishi;
mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi turli toifalarini (o‘quvchilar, bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi.
Mehnat resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi.

Ishga joylashtirishga muhtoj


mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha
hisoblab chiqish Metodikasiga


Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band
bo‘lmagan aholi (ishsizlar) toifalarini hisobga olish
Sh A K L L A R I

T/R

Toifalar va ko‘rsatkichlar nomi

Hisobga olish shakllari

I. Ish bilan ta’minlangan aholi

1. Iqtisodiyotning rasmiy sektori

1.1.

Yollanib ishlaydiganlar.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.

1.1.1.

Doimiy ishchilar.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.

1.1.2.

Vaqtinchalik ishchilar.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer, shu jumladan, fuqaroviy-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlaydigan ishchilar shakllari.

1.1.3.

Mavsumiy ishchilar.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.

1.2.

Xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t, 1-t (qx), 1-mb, 1-mb (sx), 1-mb (ves), 1-ved, 1-fermer shakllari.

1.3.

Kooperativlar va shirkatlar a’zolari.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t (qx) shakli.

1.4.

Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari.

Davlat statistika hisoboti (N1-dehqon shakli), Bandlikka ko‘maklashuvchi tumanlar (shaharlar) markazlari ma’lumotlari.



1.5.

Nodavlat notijorat tashkilotlar ishchilari.

Mehnat bo‘yicha davlat statistika hisoboti ma’lumotlari: 1-t shakli.

1.6.

Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolar.

Soliq organlarida (DSQ) ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari, ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari.

1.7.

Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar ishchilari.

Ma’muriy hisobot ma’lumotlari.

2. Iqtisodiyotning norasmiy sektori

2.1.

Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan dehqon xo‘jaliklari a’zolari.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) ma’lumotlari.

2.2.

Uyda pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan shaxslar (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, haydovchilari, qorovullari va boshqalar).

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) ma’lumotlari.

2.3.

Jismoniy shaxslarda haq to‘lash hisobiga ishlaydigan shaxslar.

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) ma’lumotlari.

2.4.

Oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatiga yordam beradigan oila a’zolari.

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) ma’lumotlari.

2.5.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlaydigan tadbirkorlar.

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) ma’lumotlari.

3. Ish bilan ta’minlangan aholining boshqa toifalari

3.1.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar.

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish va mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha maxsus o‘rganib chiqish ma’lumotlari (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi); Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ma’lumotlari; umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslari balansini hisob-kitoblashda foydalaniladigan Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlari.

II. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar)

II.1.

Haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan shaxslar.

Statistika ma’lumotlari va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) asosida hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.

II.2.

Rasman ro‘yxatdan o‘tka-
zilgan ishsizlar.

Bandlikka ko‘maklashuvchi tumanlar (shaharlar) markazlari ma’lumotlari.

III. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi

III.1.

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar.

Davlat statistika hisoboti ma’lumotlari (Davlat statistika qo‘mitasi).

III.2.

Uy bekalari va bolani parvarish qiluvchi ishlamaydigan ayollar.

Davlat statistika hisoboti ma’lumotlari (Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi).



III.3.

Ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari.

III.4.

Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmagan, shu-
ningdek mol-mulk va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar.

Ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) ma’lumotlari.

IV. Mehnat resurslari

IV.1.

Mehnat resurslari.

Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida aniqlanadi (Davlat statistika qo‘mitasi).

Ishga joylashtirishga muhtoj
Mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha
hisoblab chiqish Metodikasiga


Iqtisodiy konyunktura ish kuchiga bo‘lgan talabni oshirish yoki kamaytirishi mumkin. Bu bilan mehnat sohasi kengayadi yoki torayadi, tegishli ravishda qarab chiqilayotgan mehnat resurslarining ishlashi uchun imkoniyatlar ko‘proq yoki ozroq bo‘ladi.
Mehnat resurslaridan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlari ham demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning amal qilishi bilan bog‘liqdir. Mehnat resurslaridan foydalanish tomonlaridan biri mehnat resurslarini taqsimlash bo‘lsa, ikkinchisi tomoni mehnatni tatbiq etish samaradorligidir.
Mehnat resurslarini taqsimlash demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy shart-sharoitlari ta’siriga ancha ko‘proq uchraydi. Demografik omillarning ta’siri aholining yosh tuzilishi orqali namoyon bo‘ladi, u odatda, turli mintaqalarda turlicha bo‘ladi. Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ishlaydigan va ishlamaydigan qismlarga bo‘linishi ma’lum darajada ana shu bilan belgilanadi. Aholi orasidagi kichik yoshli bolalar soni o‘zlarini uy-ro‘zg‘or ishlariga bag‘ishlaydigan ayollar soniga ta’sir ko‘rsatadi. Tajriba shundan dalolat beradiki, bu ikki ko‘rsatgich o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan eng ahamiyatlilari: iqtisodiy konyunktura va ishlab chiqarish tuzilmasidir. Iqtisodiy konyunkturaga ishsizlar soni, ishlab chiqarish tuzilmasiga esa, xodimlarning tarmoqlar bo‘yicha, kasblar, ish kuchining kasbiy tayyorgarligi bog‘liq bo‘ladi.
Mehnatni tatbiq qilish samaradorligi bo‘yicha mintaqalar o‘rtasidagi farqqa sabab shuki, turli hududlarda texnologiya, mehnatni tashkil etish darajasi turlicha. Turli sabablarga, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan sabablarga ko‘ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin.
Mehnat resurslari shakllanishining va ulardan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish mehnat resurslarini o‘rganishning eng muhim tomonlaridan biridir. Masalaning bu tomonini bilish mehnat munosabatlarini, mehnat bozorini davlat yo‘li bilan samarali tartibga solish uchun zarur.
Xulosa


Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling