Mavzu: O’zbek tilining qipchoq lahjasiga xos xususiyatlar


Download 99.52 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi99.52 Kb.
#1141717
  1   2
Bog'liq
O’zbek tilining qipchoq lahjasiga xos xususiyatlar

Mavzu:O’zbek tilining qipchoq lahjasiga xos xususiyatlar


Reja:
 
  • Qipchoq tillari
  • Qipchoq shevalarining tarqalish geografiyasi
  • Qipchoq tilli o‘zbeklarning etnogenezdagi o‘rni



 
Qipchoq tillari - turkiy tillar oilasining gʻarbiy xun tarmogiga mansub bir qancha oʻlik va jonli tillar guruhi. Qipchoq tillari, oʻz navbatida, 3 guruhchaga boʻlinadi: 1) sof qipchoq guruhchasi — qad. qipchoq (kuman) oʻlik tilini ) hamda hozirgi jonli qaraim, qorachoy-bolqor, qrim-tatar, qoʻmiq tillarini oʻz ichiga oladi; 2) qipchoq-bulgʻor guruhchasi — oʻrta asrlarda amalda boʻlgan gʻarbiy oltin oʻrda (oʻlik) adabiy tilini hamda hozirgi jonli tatar va boshqird tillarini oʻz ichiga oladi; 3) qipchoq-noʻgʻay guruhchasi — faqat hozirgi jonli noʻgʻay, qozoq, qoraqalpoq tillarini, shuningdek, oʻzbek tilining qipchoq shevalarini qamrab oladi.
Qipchoq tillarining rivojlanish tarixida 3 davr farqlanadi: moʻgʻullar bosqinigacha boʻlgan davr, moʻgʻullar bosqinidan keyingi xonliklar (Oltin Oʻrda, Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir) davri hamda Gʻarbiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning katta qismini, jumladan, mazkur xonliklar hududini Rossiya bosib olgandan keyingi davr. Bu davrlar qipchoqlarning turli hududlarda turli xalqlar bilan qoʻshni boʻlib yashashlari, turli dinlarni qabul qilishlari tufayli Qipchoq tillari leksikasida roʻy bergan oʻzgarishlar, qisman fonetik-grammatik oʻzgarishlar bilan ajralib turadi.
Masalan, tatar va boshqirdlar islom dini va arab yozuvini qabul qilganliklari sababli tatar va boshqird tillarida arabcha va forscha leksik birliklar; qaraimlar yahudiylik dini va qad. yahudiy yozuvini qabul qilganliklari tufayli qaraim tilida qad. yahudiy tili unsurlari uchraydi.
Hozirgi jonli Qt.ning har biri oʻziga xos fonetik, grammatik, leksik xususiyatlarga, oʻz yozuv tarixiga ega
Qipchoq tillari — kelib chiqishi yagona qipchoq tiliga borib taqaladigan групп turk tillari guruhlarining tillar soni (11 ta til) boʻyicha eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Boshqa nomlari: shimoliy-gʻarbiy, tau-guruh va boshqa Quyidagi ostguruhlarni oʻz ichiga oladi:
polovets-qipchoq yoki qipchoq-kuman (gʻarbiy-qipchoq, kavkaz-dogʻiston, polovets-qipchoq) — qaraim, qorachoy-bolqor, qirimchoq (lekin zamonaviy ogʻzaki nutqda va ayniqsa qirimchoq tilining yozma nutqida koʻp oʻgʻuz elementlari mavjud) va qoʻmiq tillari, shuningdek oʻlik polovets tili, momoliq-qipchoq tili va arman-qipchoq
  • . Qirimtatar va urum tili qipchoq va oʻgʻuz tillari oʻrtasida oʻrtaliq oʻrinni egallaydi (kelib chiqishi boʻyicha bir qator shevalari qipchoq-polovets, ayrimlari — oʻgʻuz hisoblanadi, adabiy meʼyor aralash xususiyat kasb etadi);
  • qipchoq-bulgʻor (shimoliy-qipchoq, ural-volga, bulgʻor-qipchoq, volga-qipchoq) — tatar va boshqird tili (shuningdek alohida sibir-tatar tili ajratiladi);
  • qipchoq-noʻgʻoy (sharqiy-qipchoq, qipchoq-qozoq, dashti-sibir, noʻgʻoy-qipchoq) — qozoq, qoraqalpoq, noʻgʻoy, shimoliy qirimtatar, olaboʻgʻot, astraxan-noʻgʻoy, yurtov-noʻgʻoy, oʻzbek-noʻgʻoy.

Volga-qipchoq birligi hamma olimlar tomonidan tan olinmagan, oʻzgacha nuqtai-nazar mavjud, unga muvofiq tatar tili polovets qipchoq, boshqird tili esa noʻgʻoy-qipchoq hisoblanadi (E. R. Tenishev tahriridagi «Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции» kitobida aynan ushbu nuqtai nazar ifodalangan).
Polovets-qipchoq ostguruhi bir qator izlanuvchilar tomonidan ikki ostguruhga boʻlinadi, birinchisiga qaraim tili va qirimtatar tili barcha etnolektlari bilan birga, ikkinchisiga esa qolganlari (qoʻmiq, qorachoy-bolqor va и yoʻq boʻlib ketgan arman-qipchoq va momoliq-qipchoq) kiradi[
Qipchoq tillari sifatida, shuningdek qirgʻiz-qipchoq tillari ham kiritiladi — janubiy oltoy, fargʻona-qipchoq va qirgʻiz. Anʼanaviy ravishda avvalambor noʻgʻoy tillari bilan birlashtiriladi, lekin bu glottoxronologiya jihatidan xato: qirgʻiz-qipchoq tili turi qolgan qipchoq arealining volga, polovets va noʻgʻoy areallariga boʻlinmasidan oldin shakllangan, noʻgʻoy tili turi, aksincha, qipchoq tillaridan eng soʻnggisi hisoblanadi.
Qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) tili turkiy tillar sharq tarmogʻining xakas-oltoy guruhiga kirgan, qirgʻiz-qipchoq guruhini qadimgi qirgʻiz tili tarkibidan chiqaruvchi mutaxassislar shunday nuqtai-nazarga egaki, assimilyatsiya (oʻzlashtirish) jarayonida hozirgi qirgʻiz-qipchoq tillari qoʻshni qozoq tilidan birtalay xususiyatlarni (lugʻaviy va grammatik) egalladilar, bu narsa hozirgi tilshunoslarga bu tillarni qipchoq guruhiga kiritishlari uchun asos boʻladi.
Qipchoq tillari butun Rossiya boʻylab Boltiq va Qora dengizdan Kavkaz va Uralgacha va Sibirgacha, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda tarqalgan. Qipchoq tillarida soʻzlovchilar soni yigirma milliondan oshadi.
Qipchoq guruhining muhim farqli belgisi ag, agi, agu > au (tag > tau 'togʻ')ga oʻzgarishi, har ikkala tarkibiy qismning mumkin boʻlgan keyingi lab orqali hosil bo'ladigan xususiyatlari — tou, too, tuu hisoblanadi
Bu xususiyat qirgʻiz-qipchoq ostguruhida ko'proq davomiy amalga oshirilgan, lekin boshqa bir qator tillarida ham bu holat kuzatiladi, masalan, qorachoy-bolqor tilida.
Bunda ushbularni hisobga olish lozim:
a) qipchoq birikmalarida ag, shuningdek ay(i) yoki aa ga rivojlanishi mumkin (gʻarbiy qipchoq tilida baula- va bayla- 'bogʻla', qirgʻiz-qipchoq tilida ayil gʻarbiy qipchoq tilida aul 'ovul', qirgʻiz-qipchoq tilida saa- gʻarbiy qipchoq tilida sau- 'sogʻ(moq)') — qirgʻiz-qipchoq shakllari moʻgʻul tili taʼsiri bilan izohlanishi mumkin (ayil, saa-); b) polovets-qipchoq tillarida agning auga rivojlanishi davomiy emas: qaraim, qirimtatar dag 'togʻ'; в) agning auga rivojlanishi qipchoq guruhidan tashqarida uchraydi: ili-turkiy va lahjaviy shimoliy oltoy tilida tau.
Dialektologiya (sheva tadqiqotlari) — tilshunoslikning muhim yo‘nalishi. U shunchaki nazariy ma’lumot taqdim etadigan, ko‘pchilik nazdidagi amaliy foydasi yo‘q soha emas. Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsio­lingvistika bilan uzviy bog‘liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o‘rga­nishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushu­nishga yordam beradi. Bir misol keltiraman.
O‘zbek tilining qipchoq shevalari orasida “j”lovchilari bor (hamma qipchoq shevalari “j”laydi degan, keng tarqalgan fikr haqiqatga mos kelmaydi). Ba’zi hududlarda “j”lovchi sheva egalarini kamsitish, masxaralash holat­lari uchraydi. Bu — dolzarb ijtimoiy masala. Dialektologiya bu kabi masalalarni ochib beradi va ular hal etilishiga turtki bo‘ladi. Dia­lektologiya barcha shevalar go‘zalligi­ni va o‘zaro tengligini namoyish qiladi. Shunday qilib, u muhim amaliy vazifani bajaradi.
O‘zbekistonda dialektologik tadqiqotlar o‘tkazish zarurati kun sayin oshib bormoqda. Bunda sovet davridagidek ekspe­ditsiyalar o‘tkazib, nazariy material to‘plash bilangina cheklanib qolish kerak emas. Albatta, buning ham o‘z o‘rni bor — qaysi hududlarda qanday shevalar tarqalgani, bu shevalar qanday so‘z boyligiga egaligi­ni bilish foydali. Lekin zamo­naviy, amaliy dialektologik tadqiqotlar ham o‘tkazish lozim. Ular shevalar tarixini, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi.
O‘zbek tilining uch lahjasi turkiy tillar­ning uchta katta tarmog‘i bilan bog‘liq: qar­luq-chigil (yoki uyg‘ur), qipchoq va o‘g‘uz. Bu tillarda gapiruvchi qabilalar taxminan ming yil oldin bir-biridan ajralib chiqqan. XVI asrdan so‘ng, o‘zbek xonliklari davrida shu xonliklar hududida mavjud bo‘lgan qarluq, qipchoq va o‘g‘uz tillari qaytadan yagona til kontiniumi (o‘zaro yaqin sheva­lar jamlanmasi) bo‘lib birlashgan. Ularni birlashtiruvchi kuch, siyosiy chegaralardan tashqari,
Navoiy tili — chig‘atoy yozma me’yori bo‘lgan.
Qipchoq shevalari asosan Surxon­daryo va Qashqadaryoda tarqalgan degan qarash juda mashhur. Toshkent va Farg‘ona vodiysi qipchoq shevalaridan xoli hudud deb qaraladi. Bunday qarash nafaqat xalq orasida, balki filologlar orasida ham uchrab turadi. Vaholanki, qipchoq shevalari O‘zbekistonning hamma mintaqalarida bor
Aslida bu masala o‘z vaqtida ba’zi tilshunoslar tomonidan yaxshi o‘rganilgan, lekin ularning tadqiqotlari bugun unutilganday, ularga kam murojaat qilishadi. Taniqli o‘zbek tilshunosi, qipchoq shevalarining eng yirik tadqiqotchisi Xudoyberdi Doniyorov 70-yillardayoq qipchoq shevalarining tarqalish geografiyasini juda to‘g‘ri tavsiflab bergan edi. Quyida uning tavsifini o‘z kuzatishlarim bilan omixtalashtirib, qipchoq shevalari qayerlarda qayd etilganini sanab o‘taman.
Qipchoq tilli aholining asosiy qismi sobiq Buxoro amirligi hududida istiqomat qiladi. Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida qipchoq shevalari yoyilgan; ular Termiz, Denov, Boysun, Sariosiyo va Uzundan boshqa barcha tumanlarda ko‘pchilikni tashkil etadi. Qashqadaryo­ning ham barcha hududlarida qipchoq tilli aholini uchratish mumkin. Hatto Shahri­sabz, Kitob, Yakkabog‘ singari qarluq tilli tumanlarning chekka qishloqlarida ham qipchoq shevalari saqlanmoqda. Samarqand viloyati ham qipchoq sheva­lari zonasiga kiradi. Urgut, Pastdarg‘om, Tayloq, Narpay, Kattaqo‘rg‘on kabi tumanlarda qipchoq shevalari qar­luq shevalari bilan qo‘shnichilik qilsa, Jomboy, Bulung‘ur, Payariq, Ishtixon, Qo‘shrabot, Nurobod, Paxtachi kabi tumanlar deyarli to‘liq qipchoq shevalari­da gapiradi. Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida ham qipchoq tilli aholi ko‘pchilikdir
Bundan tashqari, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Toshkent viloyatining Piskent, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Parkent tumanlarida qipchoq shevalari qayd etilgan.
Sobiq Qo‘qon xonligi hududlariga keladigan bo‘lsak, Farg‘ona viloyati­ning Qo‘shtepa, Uchko‘prik, O‘zbekiston, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Beshariq, Furqat, Namanganning Pop, Norin, Uychi, Andijonning Baliqchi, Shahrixon kabi tumanlarida ko‘p sonli qipchoq tilli aholi ya­shaydi.
Sobiq Xiva xonligining shimoliy hududlari qadimda Oltin O‘rda tarkibida bo‘lgan va azaldan qipchoq tilli ko‘chmanchilar istiqomat qiluvchi makon hisob­langan. Xorazmda juda qadi­miy va o‘ziga xos qipchoq shevalarini uchratishimiz mumkin.

Download 99.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling