Iqtisodiy faol aholi - mehnat bilan band bo‘lgan fuqarolar va ishsizlar.
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi - mehnat bilan band va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar;
ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari;
uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;
ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar;
ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari bo‘yicha tanlama kuzatish ma’lumotlari asosida:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
,
bunda: - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar salmog‘i; - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar soni; - mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, jami;
b) olingan salmoq ko‘rsatkichi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
,
bunda: - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchilar soni; - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
2. Aholining ish bilan bandligi statistikasi.
Aholining ish bilan bandligini o‘rganish uy xo‘jaliklarini tanlab kuzatish ma’lumotlariga asoslanadi.
Uy xo‘jaliklarini so‘rovi Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari xodimlari tomonidan har chorakning oxirgi oyi ikkinchi o‘n kunligi mobaynida o‘tkaziladi.
Uy xo‘jaliklarini so‘rovi Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan tuman (shahar) hamda statistika bo‘limlari bilan birgalikda o‘tkaziladi va bu ish to‘rt bosqichdan tashkil topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |