Kirish. Mehnat resurslari statistikasi. Aholining ish bilan bandligi statistikasi. Mehnat bozorini statistik ko‘rsatkichlari tizimi. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Download 69.54 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi69.54 Kb.
#1506515
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
statistika 2 mustaqil ish


Mavzu: Mehnat bozor statistikasi


Kirish.
1. Mehnat resurslari statistikasi.
2. Aholining ish bilan bandligi statistikasi.
3. Mehnat bozorini statistik ko‘rsatkichlari tizimi.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Mustaqillikning dastlab yillaridanoq mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, respublikamiz bo‘yicha mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlar aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda mehnat bozori mavjud resurslarning bir qismini sotuvchi yoki bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi va unda amal qiluvchi xom ashyo va materiallar, qimmatli qog‘ozlar, valyuta, sug‘urta, investitsiya va boshqa bozorlardan biri sifatida qaraladi. Uning mavjudligiga qarashlar turli tuman bo‘lib, ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
1) YAngi klassik nazariya tarafdorlari bo‘lgan J.Perri, P.Samuelson, R.Xoll, D.Tilder va boshqalarning qarashlari mehnat bozori boshqa bozorlar singari bahoning muvozanati asosida harakat qiladi;
2) Keynscha nazariya tarafdorlari bo‘lgan J.Keyns, R.Gordon va boshqalarning fikricha baho (mehnat bozorida ish haqi) bozorni asosiy regulyatori bo‘la olmaydi;
Ushbu yondashuvlar bir–birini to‘ldiradi va ularning har biri mehnat bozorini alohida tarkibiy qismlarni ifodalaydi. Uning mavjudligini to‘liq va aynan baholash qiyin, chunki mehnat bozori maxsus bozor bo‘lganligi bilan boshqa bozorlardan farqlanadi va unda regulyator vazifasini nafaqat makro va mikroiqtisodiy omillar, balki ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik omillar ham bajaradi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, fikrimizcha, umumiy ko‘rinishda mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o‘zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo‘lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.

Download 69.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling