Kirish. Mehnat resurslari statistikasi. Aholining ish bilan bandligi statistikasi. Mehnat bozorini statistik ko‘rsatkichlari tizimi. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Mehnat bozorini statistik ko‘rsatkichlari tizimi


Download 69.54 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi69.54 Kb.
#1506515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
statistika 2 mustaqil ish

3. Mehnat bozorini statistik ko‘rsatkichlari tizimi.
Mehnat bozorini iqtisodiy-statistik tahlil qilish va uni rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash uchun statistikada ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Mehnat bozorini tahlil qilishning statistik ko‘rsatkichlar tizimi, qo‘yilgan maqsadga ko‘ra, bir qancha blok va guruhlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, ishchi kuchining shakllanishi nuqtai nazaridan, mehnat yuklanishining quyidagi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega: mehnat o‘rnini bosish , nafaqa yuklanishi va umumiy mehnat yuklanishi koeffitsientlari . Ularni hisoblashda jami aholi uch guruhga ajratiladi:

  1. mehnat yoshidan yosh aholi ;

  2. mehnat yoshidagi aholi ;

  3. mehnat yoshidan katta bo‘lgan aholi .

Mehnat yuklanishi ko‘rsatkichlarini hisoblash quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:



Bunda: – mehnat yoshining pastki chegarasi; – mehnat yoshining yuqori chegarasi; – mehnat yoshining pastki yoshidan avvalgi yosh; – mehnat yoshidan keyingi yosh.
Mehnat o‘rnini bosish, nafaqa yuklanishi va umumiy mehnat yuklanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlardir:

Aholini mehnatga layoqat yoshiga ko‘ra tarkibining xalqaro taqqoslashini o‘tkazish va mehnat yuklanishi ko‘rsatkichlarining dinamikasini o‘rganish uchun BMT Statistika komissiyasi tomonidan ikkala jins uchun aholini quyidagicha guruhlash tavsiya etilgan: mehnat yoshidan yosh – 0 dan 14 yoshgacha, mehnat yoshida – 15 dan 64 yoshgacha, hamda mehnat yoshidan katta – 65 yosh va undan katta kishilar.
Xalqaro standartlarda iqtisodiy faol aholini aniqlaydigan ikkita o‘lchash vositasi ko‘zda tutiladi – bu uzoq vaqt (bir yil va undan ortiq) hamda qisqa vaqt (kun yoki hafta) nisbatan joriy faol bo‘lgan aholi yoki ishchi kuchi hisoblanadi.
Iqtisodiy faol aholi tarkibini o‘rganishda umumdemografik va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar keng qo‘llaniladi.
Umumdemografik guruhlar nafaqat iqtisodiy faol aholiga, balki butun aholiga tegishlidir. Ularga quyidagilar kiradi:
a) yoshi va jinsiga ko‘ra;
b) har bir davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi asosida amalga oshiriladigan hududiy bo‘linishi (yashash joyiga ko‘ra);
v) har bir davlatda amal qilayotgan mezonlarga muvofiq shahar va qishloq aholisiga bo‘linishi;
g) oilaviy holatiga ko‘ra (nikohda bo‘lganlar; bo‘ydoqlar; ajrashganlar; bevalar);
d) oila a’zolarining soniga qarab;
e) millati va ona tiliga ko‘ra (har bir kishining fikriga qarab);
j) fuqaroligiga ko‘ra (ushbu shaxs qaysi davlatning fuqarosi bo‘lishiga ko‘ra);
z) ma’lumot darajasiga ko‘ra (ushbu davlatda tarkib topgan ta’lim tizimiga muvofiq);
i) yashash uchun mablag‘ manbaiga ko‘ra (mashg‘ulotidan daromadlar; nafaqa; yordam nafaqalari; stipendiyalar; kapital daromadlari; foizlar; dividendlar; ijara haqi; ayrim shaxslarning boquvidagi kishilar; jamoaning boquvidagi kishilar; davlat boquvidagi kishilar).
Ijtimoiy-iqtisodiy bo‘linish bevosita iqtisodiy faol aholiga tegishli bo‘ladi va uning iqtisodiy faollik jarayonida tutgan o‘rnini ko‘rsatadi. Ularga eng avvalo sobiq sotsialistik davlatlar statistikasi qo‘llagan sinflar va ijtimoiy guruhlar bo‘yicha guruhlash kiradi. Hozirgi vaqtda ular Xalqaro bandlik maqomining tasnifi negizida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlardagi holati bo‘yicha guruhlash bilan almashtirilgan.
Iqtisodiy faol aholi, ishsizlar va ish bilan band aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tegishli iqtisodiy faollik , ishsizlik va ish bilan bandlik koeffitsientlari ayrim yosh va jins guruhlari bo‘yicha hamda umuman o‘rtacha yillik doimiy aholi uchun aniqlanadi. Bunda ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsientlarini quyidagi taqqoslash negizlariga ko‘ra hisoblash mumkin:
a) o‘rtacha yillik doimiy aholining soniga nisbatan ;
b) iqtisodiy faol aholining soniga nisbatan .
YUqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni hisoblash quyidagi formulalar bo‘yicha amalga oshiriladi:





SHuni ta’kidlash lozimki, faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsientlari ikki xil ko‘rinishda hisoblanishi mumkin:
a) biror-bir sanadagi holatiga ko‘ra;
b) biror-bir davr uchun.
SHuni qayd etish lozimki, ish vaqtining belgilangan davomiyligi har bir davlatning qonunchiligi orqali iqtisodiyotning har bir muayyan sohasi uchun tartibga solinadi. Masalan, Germaniyada 1993 yilda ish haftasining davomiyligi sanoat va qurilishda 38 soat, xizmat ko‘rsatish sohasida 39 soatni tashkil qilgan; Buyuk Britaniyada mos ravishda 37 soat va 39 soat belgilangan. Ish haftasining davomiyligi tadbirkorlar va kasaba uyushmalari o‘rtasidagi jamoa shartnomasi asosida belgilanadi. Bundan tashqari, mehnat qonunchiligi ish vaqtidan tashqari ish miqdorini cheklaydi. Masalan, Fransiyada ular haftasiga 9 soatdan va yiliga 130 soatdan ortishi mumkin emas; Germaniyada yiliga 30 kun davomida kuniga 2 soatdan ortishi mumkin emas.
Ish bilan band xodimlarning amaldagi sonini mehnat unumdorligining o‘rtacha darajasi va ishlab chiqarishning o‘rtacha texnik darajasida ushbu ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xodimlarning soni bilan taqqoslash orqali to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlikni hisob-kitob usulida aniqlash mumkin. Agar ishlab chiqarish hajmini yoki mahsulot hajmini “ ” orqali, mehnat unumdorligining o‘rtacha darajasini esa orqali ifodalasak, zarur xodimlarning soni quyidagicha aniqlanadi:

Xodimlarning amaldagi va zarur soni o‘rtasidagi farq yashirin to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlik (agar musbat bo‘lsa) yoki aksincha, ishchilarni ekspluatatsiya qilishning yuqori darajasini (agar manfiy bo‘lsa) ko‘rsatadi.


Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasi statistika amaliyotida aholini ish bilan bandligi muammolari bo‘yicha ishchi kuchining tadqiqotlari asosida olinadigan va Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiyalariga muvofiq hisoblangan ishsizlarning umumiy soni va umumiy ishsizlik darajasining baholash ko‘rsatkichlari bilan birga bandlikka ko‘maklashish markazlari joriy statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasining ko‘rsatkichi ham hisoblanadi. Ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi bandlikka ko‘maklashish markazining idoralarida ro‘yxatga olingan ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbatidan iborat bo‘ladi. Ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi uning umumiy darajasidan bir necha baravar pastroq bo‘ladi, chunki u iqtisodiy faol aholining umumiy sonidan amaldagi barcha ishsizlarning faqat ozchilik qismi bo‘lgan ulushini ko‘rsatadi.
Aholining iqtisodiy faolligini ta’riflashda, ish bilan bandlik va ishsizlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan tashqari, hozirgi vaqtda to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlik va uni amaliy statistikada aks ettirish muammosi, ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida, borgan sari dolzarb bo‘lib bormoqda. To‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlik ta’rifi Xalqaro Mehnat Tashkilotining rezolyusiyasiga asoslanadi, unga ko‘ra u individning ishi ma’lum me’yorlar nuqtai nazaridan yoki uning malakasini (tayyorgarligi va ish tajribasini) hisobga olgan holda qoniqarsiz bo‘lganda mavjud bo‘ladi.
SHunday qilib, to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlarga mashg‘ulotga ega bo‘lgan, lekin o‘z ixtiyoriga qarshi to‘liq bo‘lmagan ish vaqti davomida ishlagan, bajaradigan ishidan tashqari yana ishga ega bo‘lishni istagan va unga kirishishga tayyor bo‘lgan shaxslar kiradi. Bundan tashqari, ularga mashg‘uloti bo‘lgan, yaxshiroq sharoitlarda ishlaganda yoki kasbiy tayyorgarligiga muvofiq o‘z kasbini o‘zgartirganda daromadi yoki ish haqi ortadigan ishchilar kiradi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ishlagan vaqti yoki olgan daromadi ishchilarni to‘liq bo‘lmagan ish bilan bandlarga kiritish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.



Download 69.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling