Kirish Mеhnatiga haq to’lash


Download 486.65 Kb.
bet1/6
Sana08.02.2023
Hajmi486.65 Kb.
#1168589
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT( TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA)
TA’LIM YO’NALISHI 4-KURS 401-GURUH TALABASI
MUHAMMADIYEV RAHIMJONNING
KORXONA IQTISODIYOTI FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

QABUL QILDI:_________________
TAYYORLADI:_________________

TERMIZ-2022



REJA:

  1. Kirish

  2. Mеhnatiga haq to’lash

  3. Mеhnatiga haq to`lash shakllari va tizimlari.

  4. Mehnatga haq to`lashning alohida muhim shartlari

  5. Xulosa




MEHNATGA HAQ TO‘LASh
153-modda. Mehnat haqi miqdorini belgilash
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek davlat korxonalarining xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarining eng kam darajasi qonunchilik bilan belgilanadi.
Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi.
Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, shuningdek ularni qo‘llanish tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.

Download 486.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling