Kirish Men malakaviy amaliyotimni Buxoro viloyati hokimligi moliya bo’limida


Download 1.08 Mb.
bet2/7
Sana05.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1167619
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5332662902593691912

Buxoro viloyati hokimligi haqida
Buxoro viloyati tarixi. Buxoro viloyati — O‘zbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh.
Buxoro viloyati tarkibida 11ta tuman mavjud:
Buxoro,Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik, Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.Markazi-Buxoro 
Buxoro viloyati hokimligi haqida umumiy ma’lumot. O’zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi hokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis bo’lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya’ni “Qonunchilik palatasi” 150 nafar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatuvchi deputatlardan iborat bo’lib, asosan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Yuqori palata esa “Senat” deyiladi va u 100 nafar senatorlardan shakllanadi. Senatorlar o’zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan holda vaqti-vaqti bilan yig’ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini o’rganib chiqib, qabul qiladilar. Ijro hokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir so’z bilan aytganda

joylarda qonunlarning ijrosini ta’minlash vazifasini bajaradi. Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli soxalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati hamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslikni ta’minlaydi.


Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi. Viloyat hokimligi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisob beradi. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat hokimi, hokim o’rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta’minlanadi. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladi. Viloyat hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar chiqaradi. Viloyat hokimining me’yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Viloyat hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo’yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. 
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017-yil 28-noybrdagi PQ–3407-son qaroriga muvofiq viloyat hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilanadi.

Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek Namangan viloyati hokimligining boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga amal qiladi.


Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi. Viloyat hokimligi apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’isida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017-yil 28-noybrdagi PQ–3407-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O’zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma” hamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo’yicha ish yuritish “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling