Tahririyat xodimlari orasidan Davlat mukofotiga nomzod tavsiya etish to’g’risida


Download 101.93 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi101.93 Kb.
#1267098
Bog'liq
Bayonnoma 10


Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va viloyat hokimligining Ovozi Samarqand gazetasi jamoasi yig’ilishining -raqamli

BAYONNOMASI

2023-yil -fevral Samarqand shahri

Rais – B.Rahmonov
Kotib – H.Sodiqov
Qatnashdilar: 20 nafar tahririyat xodimlari

KUN TARTIBI



Tahririyat xodimlari orasidan Davlat mukofotiga nomzod tavsiya etish to’g’risida.

ESHITILDI:



B.Rahmonov:
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga tahririyatimizdan nomzod koʼrsatishimiz lozim. Ushbu mukofotga taqdim etayotgan nomzodimiz bizning sohamizda har tomonlama faol va mehnatsevar, jamoamiz a’zolari orasida o’z o’rniga ega bo’lgan, katta hurmatga sazovor boʼlgan boʼlishi lozim. Kimda qanday takliflar bor?

SO’ZGA CHIQDILAR:


B.Jumayev (Tahririyat xodimi, muxbir) –Tahririyatimiz tomonidan davlat mukofotiga tavsiya etilgan nomzod jamiyatda oʼz oʼrniga ega, mahallada, jamoatchilik orasidagi
obroʼ-eʼtibori yuqori, oilasi namunali, xulq-atvori, yurish-turishi bilan boshqalarga ibrat boʼla oladigan har tomonlama faolligi, ishbilarmonligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turishi kerak deb o’ylayman. Shu sababdan ushbu Davlat mukofotiga Bahodir Ubaydulloevich Rahmonov nomzodini tavsiya etishni taklif qilaman.

T.Azimov (Tahririyat xodimi, Bosh muharrir o’rinbosari) – Haqiqattan ham Bahodir Ubaydulloevich Rahmonov oʼzining isteʼdodi va kasbiy mahorati bilan yuksak yutuq va natijalarni qoʼlga kiritgan, vatanparvarligi va fidoyiligi tufayli el-yurt oʼrtasida nom qozongan va yosh bo’lishiga qaramay ustozlik darajasiga erishgan, hozirgacha ko’pgina shogirdlar yetishtirgan yetuk mutaxasis hisoblanadi.

D.Nurov (Tahririyat xoodimi Kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi) – Haqiqattan ham Bahodir Ubaydulloevich Rahmonovning tahririyatda va siyosiy ijtimoiy jarayonlarda munosib oʼrni bor ekanligini koʼpchilik yaxshi biladi.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʼshib kelmoqda. Shularni inobatga olib u kishining nomzodini Davlat mukofotiga munosib deb hisoblayman. Barchaning roziligi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga tahririyatimizdan Bahodir Ubaydulloevich Rahmonovning nomzodini koʼrsatamiz.

Yuqorida bildirilgan taklif va fikrlar inobatga olinib



YIGʼILISH QАROR QILАDI:

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga “ Ovozi Samarqand ” gazetasi tahririyati bosh muharriri Bahodir Ubaydulloevich Rahmonov nomzodi tavsiya etilsin.


Majlis raisi __________________ B.Rahmonov



Kotib __________________ H.Sodiqov
Download 101.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling