Kirish Menejer mehnatini tashkil etish


Download 22.4 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi22.4 Kb.
#1358729
Bog'liq
Menedjer mexnatining samarali tashkil etish




Menejer mehnatini samarali tashkil etish mexanizmi
Reja:

  1. Kirish

Menejer mehnatini tashkil etish

  1. Asosiy qism

  1. Mehnatni kooperatsiya qilish

  2. Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish

  3. Mehnat unumdorligi

  1. Xulosa:

  2. Foydalanilgan adabiyotlar:


Menejer mehnatini samarali tashkil etish mexanizmi.
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda boʼlishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday belgilash lozimki, bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha toʼliq ishga solinsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv apparati turli boʼlinmalari xodimlari oʼrtasida aloqa oʼrnatilishini koʼzda tutadi. Boshqaruv jarayonida, ham shu korxonada, ham undan tashqaridagi alohida xodimlar, xizmat va boʼlinmalar faoliyati birlashtiriladi.
Menejerlar mehnati taqsimlash va kooperatsiya qilish yoʼllari tarkibiy boʼlinmalar haqida qoidalar va boshqaruv apparati xodimlari lavozim qoʼllanmasi tomonidan belgilangan boʼladi. “Korxonalar toʼgʼrisida” qonun asosida korxona va uning boʼlinmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim qoʼllanmalari ishlanadi. Lavozim qoʼllanmalari, xuquq va majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning boʼysunushi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.
Lavozim qoʼllanmalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga olgan holda tuzatilib, toʼldirilib berilishi kerak.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni taʼminlash maqsadida taʼrif-malaka maʼlumotnomasi ham qoʼllanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim boʼlgan ishlar hajmi murakkabligi, rahbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja hamda ish staji koʼrsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (7?%) hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yoʼnalishi va xujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham katta taʼsir koʼrsatadi. Bu yerda hujjatlar oʼtadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Аgar muvofiqlashtirish muhim boʼlsa, xujjatlar oʼtish bosqichlari oʼrnini almashtirish ham yaxshi natija beradi.
Xujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular oʼtish texnologiyasi belgilanadi, axborot uzatilishining maqbul yoʼllari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin boʼlmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bogʼliq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar oʼrtasida yozishmalarda kelgan xujjatni javobi bilan qaytarish keng qoʼllaniladi.
Xujjatlarni bir xillashtirish va standartlash-menejer mehnatini tashkil etishning muhim yoʼnalishidir. Standart blanklarni qoʼllash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv harajatlari qisqarishiga olib keladi.
Аxborot xajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir. Mutaxassislar fikriga koʼra boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7?% ishni mexanizatsiyalash mumkin ekan. Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim yoʼnalishi ish joyini maqbul tashkil etish va eng avvalo, mehnat xususiyatlarini boʼlinmalar oʼzaro aloqasini ishlar muhimligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qoʼl yetadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari hamda yordamchi uskunalar bilan jixozlashda uzluksiz ishlashni taʼminlash talablarini hisobga olinishi kerak. Tajribadan maʼlumki, ish joyini texnologiya, ergonomika, psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mehnat unumdorligini oshirish (5?% va undan koʼpga) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiena meʼyorlari, temperatura, namlik, yoruqlik meʼyorlari, shovqin darajasi, shuningdek mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.

Mehnat unumdorligi


Mehnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek xodimlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlar ham katta taʼsir koʼrsatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi, oxir natijada mehnat natijalari bu omilga bogʼliq boʼladi.
Boshqaruv samaradorligi asosan rahbar oʼz vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarish bilan bogʼliq boʼladi. Xozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qoʼllashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, tarbiyachi, ham izlanuvchi, maʼmuriyatchi sifatlariga ega boʼlishi kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi bajariladigan ishlar turli - tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishi talab qiladi. Oʼz faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shugʼullanuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini taxlil qilishgagina ulgurib, kelajakda qilinishi lozim boʼlgan ishlarni xal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqoriroq boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks holda butun tizim faoliyatiga toʼgʼri kelmaydigan (yoki qarama-qarshi) ish koʼrishi mumkin.
Rahbar ishi surʼatiningtezligi uning mehnat faoliyati toʼlaqonli dam olish bilan, shuningdek ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali boʼlishi, ish qobiliyati toʼliq tiklanishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish surʼatini oʼrnatish, u amalga oshiruvchi harakatlarning doimiy tartibini oʼrnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, xujjat va x.k.lar) xajmi juda katta. Bunday holda axborotni “filьtrdan” oʼtkazish juda muhimdir. Rahbarga faqat u hal qilishi mumkin boʼlgan axborot berilishi lozim. Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar oʼrtasida taqsimlovchi kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam koʼrsatadi. U malakali xodim boʼlishi, boshqaruvning barcha boʼlinmalari va tashkilotlari faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga boʼysnuvchi boshqaruv apparati oʼrtasida majburiyatlarni maqbul taqsimlash rahbar ish vaqtini samarali sarflashda imkon beradi. Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha koʼproq xujjatga imzo chekishi uchun imkon berishi kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yigʼilish va majlislar muhim oʼrin egallab, ularga ish vaqtining 7?%i sarf boʼladi. Shu sababli, majlislarni toʼgʼri tashkil etish uchun quyidagilarga alohida eʼtibor berish lozim.
Majlisda koʼriladigan masala faqat jamoa tomonidan hal etiladigan muammodan iborat boʼlishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida hal etilishi lozim.
Majlis qatnashchilari muxokama etilayotgan muammo boʼyicha yetarli tajriba va bilimga ega boʼlishlari kerak.
Majlisda koʼriladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular tayyorgarlik koʼrish uchun vaqtga ega boʼlishlari uchun avvaldan eʼlon qilinishi lozim.
Yigʼilish oʼtkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan koʼrsatilishi lozim, chunki uning qatnashchilari oʼz ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.
Yigʼilish rahbari avvaldan yigʼilish maqsadi va oʼtkazilish shaklini belgilash lozim.
Yigʼilish oʼtkazilish tartibi, erkin, ishchan muxokama uchun sharoit yaratish ham muhimdir.
Rahbarning koʼplab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va suxbat oʼtkazishni aloqida ajratib koʼrsatish lozim. qoʼl ortida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish muhimdir, chunki “ochiq eshiklar siyosati” tashqaridan demokratik xususiyatga ega boʼlsada, ish vaqtini notoʼgʼri sarflashga olib keladi. Suxbat davomida rahbar savollar berish yoʼli bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, oʼz iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga intilishi kerak. Аgar suxbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan boʼlsa, xodim suxbat vaqti va maqsadi haqida maʼlumotga ega boʼlishi kerak. Bu xodimga masala mazmuni boʼyicha tayyorgarlik koʼrish psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suxbat davomida oʼzaro ishonch muhitini yaratish u muvaffaqiyatli boʼlishiga imkoniyat beradi. Bunda rahbar muxbat maqsadi va xodimning oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Suxbat oxirida rahbar albatta muxokama etilgan masala boʼyicha erishilgan natija va uni keyincha hal etish yoʼllarini qayd qilib qoʼyishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri - qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning doimiy vazifasi boʼlib, uning ish rejasida hisobga olinishi lozim, hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan maʼlumot berish uchun qabul qilish, inspektsiya qilish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli – topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bogʼliqdir.

Xulosa:
Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi hisoblanadi. Menejer mehnati predmeti sifatida ishlab chiqarishning moddiy-buyum elementlari, boshqaruv munosabatlari, axborot, turli xujjatlar, boshqaruv qarorlari olinadi. Zamonaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb mahorati, uzoqni koʼra bilish. Sotsiologiya va ruxshunoslikka oid bilim lozim. Menejer kasb mahorati, maʼnaviyatini oshirishda korxona doimo gʼamxoʼrlik qilish darkor.

Аdabiyotlar:


1. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., Oʼzbekiston, 2003 y.
2. Vixanskiy O.S., Naumov А.I. Praktikum po kursu “ Menedjment”. - M: Ekonomist, 2004. - 288 s.
3. Volgin V.V. Аvtoservis. Proizvodstvo i menedjment: Ucheb. posob. M.: Dashkov i K, 2004. - 440 s.
4. Li Yakokka. Karьera menedjera. Per. s angl. M.: Progress, 2001 y
5. http//www.dis.ru/manag/index.html
Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling