Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni
Metropolitenning elektr ta’minoti
Download 36.2 Kb.
|
Ibo
Metropolitenning elektr ta’minoti
Yo‘lovchi vagonlarning elektr ta’minoti vagondagi energiya iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashdir. Elektr ta’minoti vazifalarini amalga oshiruvchi elektr va yordamchi uskunalar kompleksi elektr ta’minoti majmuasini tashkil qiladi. Ular avtonom (energiya vagondagi iste’molchilarga g‘ildirak juftligi o‘qidan uzatma orqali aylantiriluvchi elektr mashina generatordan olinadi) va markazlashtirilgan (energiya vagonga elektr poyezd magistrali bo‘ylab vagon-elektrostansiyadan yoki lokomotivdan olinadi) turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari zaxira elektr ta’minoti (bekatlardagi avtonom tizimlarda, poyezd elektr magistrali toksizlantirilganda markazlashtirilgan tizimlarda) va akkumulator batareyalari tomonidan amalga oshiriluvchi favqulodda elektr ta’minoti mavjud. 14 Elektr ta’minotining avtonom tizimlarida nominal kuchlanish havoni konditsionlovchi vagonlarda o‘zgarmas tok 50 V ni tashkil etadi. Markazlashtirilgan elektr ta’minotida vagon-elektrostansiyadan 50 Gst chastotali 380/220 V kuchlanishli uch fazali tok olinadi. Markazlashtirilgan elektr ta’minotida o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok 3 kV kuchlanish lokomotivdan olinadi. Kam voltli iste’molchilarni ta’minlash uchun vagonlarda 8–30 kV quvvatli yuqori voltli statik qayta o‘zgartirgichlar o‘rnatiladi. Metropoliten elektr ta’minoti shahar energotizimidan amalga oshiriladi. Undan 6–8 kV kuchlanishli uch fazali tok yuqori volt liniyalari orqali tortish yoki tortish-pasaytiruvchi (birlashtirilgan) nimstansiyaga keladi, transformator va kremniyli to‘g‘rilagich yordamida qayta o‘zgartirilib, iste’molchilarga uzatiladi. Metropoliten tortuvchi nimstansiyalari tortish yuklamalarini oziqlash, tortish-pasaytiruvchi nimstansiyalar tortish, kuch va yoritish yuklamalarini oziqlash uchun mo‘ljallangan. Elektr energiyasini uzatish pasaytiruvchi-tortuv nimstansiyalar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Ularda yaqin oradagi tortuvchi nimstansiyadan kabellar orqali olinadigan 6–10 kV o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 380, 220, va 127 V gacha pasaytiriladi. Kontakt relsni elektr toki bilan oziqlash tortuvchi nimstansiya o‘zgarmas tok shinalaridan keluvchi kabellar orqali amalga oshiriladi. Qaytuvchi sim sifatida yurish relslari xizmat qiladi. Tok ulardan kabel orqali (tortuvchi fider) tortuvchi nimstansiyaga qaytadi. Tok kontakt relsdan vagon tok qabul qiluvchisi orqali tortuvchi motorga yetkaziladi. U tortuvchi uzatma orqali vagonlarning g‘ildirak juftliklarini harakatga keltiradi. Asosiy yo‘lning kontakt tarmog‘i 825 V o‘zgarmas tok kuchlanishi bilan oziqlantiriladi. Tortuvchi nimstansiya shitlaridagi o‘zgarmas tok kuchlanishi 975 V dan ko‘p, EO‘T qabul qiluvchisida esa 550 V dan kam bo‘lmasligi kerak. Kontakt tarmog‘ining biror bo‘lagi shikastlanishi yoki uni ta’mirlash uchun kontakt relsi izolatsiyalangan seksiya (bo‘lak)larga ajratiladi. Seksiyalar orasida havo oralig‘i (uzilish) yuzaga keladi. Uning oralig‘i vagon tok qabul qiluvchilari orasidagi masofadan katta bo‘lishi kerak. Bu oraliqni poyezd elektr motori uzilgan holda o‘tadi. Uzilgan joylarda kontakt relsi bo‘limlari kabel bo‘laklari bilan biriktiriladi. Download 36.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling