Tortish uzatma va reduktor osmaning bo‘g‘imi
Aylanish momentini kuchaytirish va uni tortish dvigatelidan g‘ildirak juftining o‘qiga uzatish uchun tortish uzatma mo‘ljallangan.
Tortish uzatma (19-rasm) quyidagilardan tuzilgan: g‘ildirak juftining o‘qida o‘rnatilgan tortish reduktori , tortuv dvigateli valini reduktor vali bilan ulaydigan kardan muftadan.
Tortuv reduktor. Reduktorning asosiy bo‘g‘imi bu yetaklovchi (shesterna) va yetaklanuvchi (katta tishli) qiya tishli silindrli g‘ildirakdan tuzilgan bir pog‘onali tishli uzatma.
Qiya tishli uzatmalarda bir vaqtda ikkitadan kam bo‘lmagan tishlar tegib turadi, bu esa ularga tushadigan og‘irlikni kamaytiradi, uzatish tinch va zarbsiz amalga oshiriladi, shovqin darajasi pasayadi. Yetaklovchi shesterna val bilan birga yasalgan va dvigatel vali bilan kardan mufta orqali ulangan. Yetaklanuvchi g‘ildirak birinchi g‘ildirak markazining uzaytirilgan stupitsasiga presslab qo‘yilgan.
Tormoz moslamasi
Metropoliten vagonlari avtomatik (pnevmatik) va qo‘l tormozlari bilan jihozlangan. Poyezdlarning xavfsizlik harakati tormoz moslamasining holati va mashinistning uni boshqarish mahoratiga bog‘liq. Tormoz moslamasiga tormoz kolodkasi, tormoz-richagli uzatmalar va klarni harakatga keltiruvchilar kiradi. Vagonning har bir aravachasida to‘rtta tormoz-richagli uzatma bo‘g‘imi mavjud. Ular pnevmatik yoki qo‘l yordamida harakatga keltiruvchilardan har bir vagonning g‘ildiragiga ta’sir o‘tkazadi va g‘ildirak bandajiga ikki tomonlama kolodkalar bosimini ta’minlaydi.
Tormoz-richagli uzatma. Tormoz-richagli uzatma pnevmatik yoki qo‘l yordamida harakatlanishlardagi zo‘riqishlarni tormoz kolodkalarga uzatishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |