Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni


Tortish uzatma va reduktor osmaning bo‘g‘imi


Download 36.2 Kb.
bet10/10
Sana08.01.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1084577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibo

Tortish uzatma va reduktor osmaning bo‘g‘imi
Aylanish momentini kuchaytirish va uni tortish dvigatelidan g‘ildirak juftining o‘qiga uzatish uchun tortish uzatma mo‘ljallangan.
Tortish uzatma (19-rasm) quyidagilardan tuzilgan: g‘ildirak juftining o‘qida o‘rnatilgan tortish reduktori , tortuv dvigateli valini reduktor vali bilan ulaydigan kardan muftadan.
Tortuv reduktor. Reduktorning asosiy bo‘g‘imi bu yetaklovchi (shesterna) va yetaklanuvchi (katta tishli) qiya tishli silindrli g‘ildirakdan tuzilgan bir pog‘onali tishli uzatma.
Qiya tishli uzatmalarda bir vaqtda ikkitadan kam bo‘lmagan tishlar tegib turadi, bu esa ularga tushadigan og‘irlikni kamayti­radi, uzatish tinch va zarbsiz amalga oshiriladi, shovqin darajasi pasayadi. Yetaklovchi shesterna val bilan birga yasalgan va dviga­tel vali bilan kardan mufta orqali ulangan. Yetaklanuvchi g‘ildirak birinchi g‘ildirak markazining uzaytirilgan stupitsasiga presslab qo‘yilgan.

Tormoz moslamasi
Metropoliten vagonlari avtomatik (pnevmatik) va qo‘l tormozlari bilan jihozlangan. Poyezdlarning xavfsizlik harakati tormoz moslamasining holati va mashinistning uni boshqarish mahoratiga bog‘liq. Tormoz moslamasiga tormoz kolodkasi, tormoz-richagli uzatmalar va klarni harakatga keltiruvchilar kiradi. Vagonning har bir aravachasida to‘rtta tormoz-richagli uzatma bo‘g‘imi mavjud. Ular pnevmatik yoki qo‘l yordamida harakatga keltiruvchilardan har bir vagonning g‘ildiragiga ta’sir o‘tkazadi va g‘ildirak bandaji­ga ikki tomonlama kolodkalar bosimini ta’minlaydi.
Tormoz-richagli uzatma. Tormoz-richagli uzatma pnevmatik yoki qo‘l yordamida harakatlanishlardagi zo‘riqishlarni tormoz kolodkalarga uzatishga xizmat qiladi.


Download 36.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling