Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni


Metropolitenning elektr ta’minoti


Download 36.2 Kb.
bet3/10
Sana08.01.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1084577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibo

Metropolitenning elektr ta’minoti
Yo‘lovchi vagonlarning elektr ta’minoti vagondagi energi­ya iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashdir. Elek­tr ta’minoti vazifalarini amalga oshiruvchi elektr va yordamchi uskunalar kompleksi elektr ta’minoti majmuasini tashkil qila­di. Ular avtonom (energiya vagondagi iste’molchilarga g‘ildirak juftligi o‘qidan uzatma orqali aylantiriluvchi elektr mashina generatordan olinadi) va markazlashtirilgan (energiya vagonga elektr poyezd magistrali bo‘ylab vagon-elektrostansiyadan yoki lokomotivdan olinadi) turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari zaxira elektr ta’minoti (bekatlardagi avtonom tizimlarda, poyezd elek­tr magistrali toksizlantirilganda markazlashtirilgan tizimlarda) va akkumulator batareyalari tomonidan amalga oshiriluvchi favqu­lodda elektr ta’minoti mavjud. 14
Elektr ta’minotining avtonom tizimlarida nominal kuchlanish havoni konditsionlovchi vagonlarda o‘zgarmas tok 50 V ni tashkil etadi. Markazlashtirilgan elektr ta’minotida vagon-elektrostansi­yadan 50 Gst chastotali 380/220 V kuchlanishli uch fazali tok olinadi. Markazlashtirilgan elektr ta’minotida o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok 3 kV kuchlanish lokomotivdan olinadi. Kam voltli iste’molchilarni ta’minlash uchun vagonlarda 8–30 kV quv­vatli yuqori voltli statik qayta o‘zgartirgichlar o‘rnatiladi.
Metropoliten elektr ta’minoti shahar energotizimidan amalga oshiriladi. Undan 6–8 kV kuchlanishli uch fazali tok yuqori volt liniyalari orqali tortish yoki tortish-pasaytiruvchi (birlashtirilgan) nimstansiyaga keladi, transformator va kremniyli to‘g‘rilagich yordamida qayta o‘zgartirilib, iste’molchilarga uzatiladi. Metropoliten tortuvchi nimstansiyalari tortish yuklamalarini oziqlash, tortish-pasaytiruvchi nimstansiyalar tortish, kuch va yoritish yuk­lamalarini oziqlash uchun mo‘ljallangan. Elektr energiyasini uzatish pasaytiruvchi-tortuv nimstansiyalar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Ularda yaqin oradagi tortuvchi nimstan­siyadan kabellar orqali olinadigan 6–10 kV o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 380, 220, va 127 V gacha pasaytiriladi.
Kontakt relsni elektr toki bilan oziqlash tortuvchi nimstan­siya o‘zgarmas tok shinalaridan keluvchi kabellar orqali amal­ga oshiriladi. Qaytuvchi sim sifatida yurish relslari xizmat qiladi. Tok ulardan kabel orqali (tortuvchi fider) tortuvchi nimstan­siyaga qaytadi. Tok kontakt relsdan vagon tok qabul qiluvchi­si orqali tortuvchi motorga yetkaziladi. U tortuvchi uzatma orqa­li vagonlarning g‘ildirak juftliklarini harakatga keltiradi. Asosiy yo‘lning kontakt tarmog‘i 825 V o‘zgarmas tok kuchlanishi bi­lan oziqlantiriladi. Tortuvchi nimstansiya shitlaridagi o‘zgarmas tok kuchlanishi 975 V dan ko‘p, EO‘T qabul qiluvchisida esa 550 V dan kam bo‘lmasligi kerak. Kontakt tarmog‘ining biror bo‘lagi shikastlanishi yoki uni ta’mirlash uchun kontakt relsi izolatsi­yalangan seksiya (bo‘lak)larga ajratiladi. Seksiyalar orasida havo oralig‘i (uzilish) yuzaga keladi. Uning oralig‘i vagon tok qabul qi­luvchilari orasidagi masofadan katta bo‘lishi kerak. Bu oraliqni poyezd elektr motori uzilgan holda o‘tadi. Uzilgan joylarda kon­takt relsi bo‘limlari kabel bo‘laklari bilan biriktiriladi.


Download 36.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling