Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni
Download 36.2 Kb.
|
Ibo
Toshkent metropoliteni. Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasi deb nomlangan, 9 ta bekatga ega va uzunligi 12,1 km bo‘lgan birinchi bo‘lagi 1977-yil noyabr oyida foydalanishga topshirilgan. Birinchi bo‘limining ishga tushirilishi shahar markazini janubiy-g‘arbiy ishlab chiqarish hududi va Chilonzor turar joy massivi bilan bog‘lab, aholiga transport xizmati ko‘rsatilishini sezilarli yaxshilagan. Metropoliten qurilishi yuqori seysmik hudud va siljuvchi gruntlar mavjudligi hisobga olingan holda olib borilgan. Shu munosabat bilan bekatlar va tunnellarning antiseysmik tugunlarga ega yig‘ma temir-beton elementlardan iborat seysmomustahkam konstruksiyalari ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan.
Chilonzor liniyasining uch bekatga ega uzunligi 4,5 km bo‘lgan ikkinchi bo‘limi uch yil davomida qurilib, 1980-yilda ishga tushirilgan. Bu bilan Chilonzor liniyasining umumiy uzunligi 16,2 km ga yetib, 12 ta bekatni birlashtirgan. 1981-yilda O‘zbekiston-Toshkent metropoletenining ikkinchi liniyasi qurilishi boshlanadi. O‘zbekiston liniyasining uzunligi 5,5 km bo‘lgan beshta bekatni biriktiruvchi Navoiy-Toshkent yo‘nalishidagi birinchi bo‘limi 1984-yil dekabr oyida foydalanishga topshirildi. Bu bo‘lim shahar markazini temiryo‘l vokzali va Navoiy-Paxtakor o‘tish tuguni orqali Chilonzor va O‘zbekiston liniyalarini biriktirdi. Yangi bekatlarni bezashda milliy ustachilik an’analari marmar va granit bilan uyg‘unlashgan holda ishlatildi. Shu sababli Toshkent metropoliteni eng go‘zal metropolitenlardan biri hisoblanadi. 1987-yilda Toshkent-Chkalov yo‘nalishi ishga tushishi munosabati bilan O‘zbekiston liniyasining janubiy-sharqiy yo‘nalishi, 1991-yilda esa Qoraqamish massivi va universitet shaharchasini birikturuvchi shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishi qurilishi bilan, O‘zbekiston liniyasi qurilishi yakunlandi. 8 Chilonzor va O‘zbekiston liniyalari ishga tushirilishi bilan Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 22,05 km ga, bekatlar soni esa 23 taga yetdi. 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganining 10-yilligi arafasida metropolitenning uchinchi – Yunusobod liniyasining birinchi bo‘limi qurilishi yakunlandi. U olti bekatni biriktirib, ulardan ikkitasi: «Ming O‘rik» va «Yunus Rajabiy» bekatlari Chilonzor va O‘zbekiston liniyalariga o‘tish tugunlaridir. Bu shahar aholisi va shahar mehmonlariga transport xizmati ko‘rsatilishini yanada yaxshilaydi. Download 36.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling