Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni
Aravachalar. Aravachalarning ramalari
Download 36.2 Kb.
|
Ibo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aravachalarning ramalari.
Aravachalar. Aravachalarning ramalari
Aravachalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Metropoliten vagonlari juda katta uzunlikka ega (19206 mm), ularning yo‘llari qiyshiq uchastkalarga mos tushishi uchun ikkita aravachalardan foydalaniladi. Aravachalar vagonning ikki tarafida uning markazidan bir xil masofada joylashgan va bir-biri bilan ulanmagan . Ikkita g‘ildirak juftining o‘q markazlari oralig‘idagi masofa 2100 mm ga teng va aravachaning bazasi deyiladi. Aravachaning bazasi va kuzovning uzunligiga ko‘ra rels yo‘llarining minimal radiusi quriladi. Aravachaning ko‘ndalang o‘qlaridagi masofa vagonning bazasi deyiladi va 12600 mm ga teng. Har bir aravacha ikki o‘qli, aylanadigan, pyatnikli tirgak yordamida kuzov bilan sharnirli ulangan va uning atrofida gorizontal tekislikda aylanishi mumkin. Aravacha quyidagi qismlardan tuzilgan: rama, ikkita g‘ildirak jufti, reduktor va bo‘ksalar bilan, ikkilamchi osma ressor, ikkita tortuv uzatma, tortuv dvigatellarining osma moslamalari, reduktorlar, tok qabul qiluvchi moslama va mexanik tormoz detallari. Aravachaning dvigatellari bilan bo‘lgan massasi 7500 kg. Aravachalarning ramalari. Rama o‘ziga kuzovning yo‘lovchilar bilan bo‘lgan og‘irligini qabul qiladi va g‘ildirak juftlarining o‘rtasida taqsimlaydi. Ramalar tortuv va tormozlash kuchlanishlarni g‘ildirak juftlaridan qabul qilib ularni kuzovga uzatadi. Bulardan tashqari rels yo‘llarining notekisliklaridan, g‘ildirak juftlarining egri-bugri harakatidan, yo‘llarning qiyshiq uchastkalarida paydo bo‘luvchi markazdan qochma kuchlaridan va boshqalardan qo‘shimcha zo‘riqishlarni qabul qiladi. Ramaga ta’sir etuvchi kuchlar rama elementlarining to‘qimalarini vertikal va gorizontal tekisliklarida shikastlanishiga va burilishiga olib keladi. Shu tufayli ramalarning konstruksi yasi yetarli darajada mustahkam bo‘lishi lozim. Aravacha ramasining massasini kamaytirib mustahkamligini oshirish uchun rama to‘liq payvandlangan. Rama ikkita bo‘ylama va ikkita ko‘ndalang H shaklida bir-biriga biriktirib payvandlangan balkalardan iborat. Biriktirilgan joylari ramaning mustahkamligini va kesimlarning silliq o‘tishligini ta’minlash uchun qalinligi 6 mm bo‘lgan shtamplangan «kosinka»lar bilan qoplangan. Ramalarning balkalari kovak va kesmasi korobkasimon. Ular ikkita yarimtalik qalinligi 10 mm bo‘lgan taxta po‘latdan shtamplangan qilib yasalgan va ular bir-biriga bo‘ylama choklar bilan payvandlanib biriktirilgan. Bo‘ylama balkalar vertikal devorlarining ikkala tarafida ikki tomoni ochiq teshiklar tormoz uzatmalarning richaglarini o‘rnatish uchun yasalgan va ularga quyma usulda tayyorlangan kronshteynlar o‘rnatilgan. Bo‘ylama balkalarning pastki tomonida o‘rta qismiga qiyshiq tishli quyma po‘lat kronshteynlar payvand qilingan 10. Ularga aravacha ramasini vagonning g‘ildirak juftlari bilan bog‘lovchi tarang povodoklar mahkamlangan. Agar aravachaning ramasini vagon g‘ildirak juftlari bilan bog‘lovchi tarang povodoklar sinib ketganida ularning bog‘lanishi uzilmasligi uchun ko‘ndalang balkalarga, bo‘ksalarning tepa qismiga saqlovchi shtirlari uchun vtulkalar 12 payvand qilingan. Tormoz silindrlarini mahkamlash uchun bo‘ylama balkalarning yon tomoniga po‘lat kronshteynlar 13 payvand qilingan. Tortuvchi elektrodvigatellar va g‘ildirak juftlarining reduktor korpuslarini mahkamlash uchun har bir ko‘ndalang balkalarga ikkita tepa 2 va bitta pastki 1 kronshteynlar payvand qilingan. Hamma kronshteynlar po‘latdan quyma usulda yasalgan, ular balkalarning teshiklariga o‘rnatilib perimetr bo‘yicha ikki tarafidan payvand qilingan. Download 36.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling