Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni


Download 36.2 Kb.
bet9/10
Sana08.01.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1084577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibo

G‘ildirak juftlari
Tuzilishi va ishlash prinsipi. Tortuv dvigatellar vallarining aylanish harakatini vagonlarni olg‘a intilish harakatiga aylantirish uchun g‘ildirak juftlari mo‘ljallangan. G‘ildirak juftlari eng muhim bo‘g‘imlardan hisoblanadi, chunki ular hamma kuzov vazni, moslamalar va yo‘lovchilardan, turtilish va tormozlashdan tushadi­gan zo‘riqishlarni o‘ziga oladi va vagonning rels yo‘llari bo‘yicha yo‘nalishini ta’minlaydi. G‘ildirak juftlarini to‘g‘ri saqlash va ish­latish harakat xavfsizligini ta’minlaydi, shuning uchun ularni loyihalashtirilishiga, ishlab chiqarilishiga, ta’mirlanishiga metropo­liten qoidalari bo‘yicha maxsus talablar qo‘yilgan.
G‘ildirak jufti (7-rasm) o‘qdan 4, rolikli bo‘ksadan 1, uzaytiril­gan stupitsali g‘ildirakdan 2, reduktordan 3 va normal stupitsali g‘ildirakdan 5 tuzilgan. G‘ildirak bandajlarning ichki qirralaridagi masofa 1440 mm ga teng.
O‘q – kesimi yumaloq shaklidagi brus (8-rasm). O‘qning diametri uzunasi bo‘yicha bir xil emas. Podstupik qismiga 4 g‘ildiraklar presslab o‘rnatiladi. Ularning diametri o‘rta qismi­dan (5) 10 mm ga kattaroq. Podstupik qismidan oldidagi qismga 3 bo‘ksalar korpuslarini zichlovchi labirint halqalar qizdirilgan ho­latda o‘rnatiladi. O‘qlarning chetidagi qismi bo‘yicha 2 vagonlarning og‘irligidan vertikal zo‘riqishlarni o‘ziga oladi. Bo‘yinchaga issiq holatda bo‘ksa podshipniklarning ichki halqasi presslab o‘tqiziladi. O‘qlarning uchidagi rezbali qismlari bo‘ksalarning podshipniklarini mahkamlash uchun o‘qli gaykalarni burab qo‘yishga mo‘ljallangan. O‘qlarning bir diametrdan ikkinchi diametrga tutashish joylari zo‘riqishlar to‘planishining oldini olish uchun silliqlanib yasaladi va galtel deb ataladi.

Bo‘ksa bo‘g‘imlari
Bo‘ksa bo‘g‘imlarining tuzilishi. Vagonlarning o‘qqa oid bo‘ksalari kuzov va aravachalarning og‘irligini g‘ildirak juftlarining o‘q bo‘yinlariga hamda tortuv va tormoz zo‘riqishlarni g‘ildirak juftlaridan aravachaning ramasiga uzatishga xizmat qila­di.
Bo‘ksa po‘lat quyma korpusga egabo‘lib ichki qis­mida ikkita silindr, rolikli podshipniklar joylashtirilgan , bu­lar tufayli g‘ildirak juftlarining o‘q bo‘yinlarida yeyilish yo‘q, chunki o‘q aylangan vaqtda ishqalanish o‘q bo‘yinga o‘tkazilgan roliklar va podshipniklar ichki halqalarining tashqi yuzalarida sodir bo‘ladi.
Bo‘ksa bo‘g‘imlarini montaj qilish. Bo‘ksa bo‘g‘imi quyida­gi ketma-ketlikda yig‘iladi: o‘qqa labirint yoqa o‘tkaziladi, u bo‘ksaga ifloslik tushishidan va bo‘ksadan moy oqib ketishidan asraydi. Keyinchalik o‘q bo‘yinga ketma-ket orqa podshipnikning ichki halqasi o‘rnatiladi, kichik distansion halqa , oldingi podshipnikning ichki halqasi , tirgak halqa , o‘qning oxirgi qismiga tojisimon o‘qli gayka burab va tortilib qo‘yiladi.
Labirint yoqani va podshipnikning ichki halqasini o‘q bo‘yniga o‘tkazishdan oldin moy vannasida 100–120°C qizdiriladi. Dis­tansion va tirgak halqalar sovuq holatda o‘rnatiladi. Podship­nikning ichki halqasi sovigan sari o‘q gaykasi tortilib bora­di. Halqalar sovigandan keyin gayka va tirgak halqa o‘rnatiladi. Bo‘ksa korpusining ariqchasiga namat halqa qo‘yilganidan keyin va bo‘g‘iz devorlarini yupqa moy qatlami bilan moylab orqa podshipnik bloki (o‘z og‘irligi bilan) o‘tkaziladi (tashqi halqa ), katta distansion halqa va oldingi podshipnik bloki (tash­qi halqa roliklari bilan) o‘tkaziladi. Podshipnikning rolik va halqalar oralig‘iga hamda labirint halqalarning zichlantiruvchi joylariga konsistent (quyuq) moy qo‘yiladi. Bo‘ksa korpusi uning ichida yig‘ilgan detallari bilan podshipnikning ichki halqasi­ga o‘rnatiladi. Keyin esa tirgak halqa o‘rnatilib o‘q gayka burab va tortilib qo‘yiladi. O‘q gaykaning tojilarida o‘n bitta kesik yasalgan, ularga plankaning stopori joylashtiriladi. Plankaning stopori o‘yilgan joyga ikkita bolt yordamida mahkamlanadi, boltlar esa sim bilan «sakkiz»simon shaklda bog‘lab qo‘yiladi.
Podshipnikning tashqi halqalari va katta distansion halqa qopqoq yordamida mahkamlanadi. Qopqoq bo‘ksaning korpu­siga sakkizta bolt bilan mahkamlanadi. Bo‘ksaning yon tomoni va qopqoqning aylana bo‘yicha oralig‘idagi masofa 0,5 mm dan 3 mm gacha bo‘lishi lozim, bu esa podshipnikning tashqi halqasini ishonchli mahkamlanganligini bildiradi.
Yig‘ilgan bo‘ksa bo‘g‘imi nazorat (kuzatish) qopqog‘i bilan berkitiladi. Nazorat qopqog‘i qopqoqqa boltlar yordamida mahkamlanadi.


Download 36.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling