Kirish. Metropoliten haqida tarixiy ma’lumotlar Toshkent metropoliteni


Download 36.2 Kb.
bet7/10
Sana08.01.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1084577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibo

Divanlar. Salonning ikki tarafida ikki yoqqa suriladigan eshiklarning oralig‘ida olti joyli divan o‘rnatilgan, ko‘ndalang devor­lar va eshiklar oralig‘ida esa uchta odamga mo‘ljallangan divan o‘rnatilgan.
Divanning karkasi aluminiy qotishmasidan yasalgan bo‘lib pol va kuzovning yon tomoniga mahkamlangan. O‘rindiqlar yarim yumshoq bo‘lib yog‘och ramkadan yasalgan, fanerning qalinligi 10 mm va unga qalinligi 20 mm bo‘lgan poroplast yo­pishtirilgan.
Suyanchiqlar kuzovning yon devorlariga mahkamlangan il­gaklarga o‘rnatilgan. Suyanichiq va o‘rindiqlarning tashqi tomo­ni trikotaj asosidagi sun’iy charm bilan qoplangan.
Kabinada mashinist uchun yumshoq kreslo, mashinist yor­damchisi va instruktor uchun ko‘tarma o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Derazalar. Yo‘lovchilar salonida derazalar ikki yoqqa suriladigan eshiklar oralig‘ida va ko‘ndalang devorlarda joylashgan, mashinist kabinasida esa ko‘ndalang va yon devorlarda. Derazalarga qalinligi 6 mm bo‘lgan polirovkalangan toblangan oynalar qo‘yilgan. Hamma oynalar derazalarga maxsus rezinkalangan zichlagichlar yordamida o‘rnatilgan.26
Tutqichlar. Vagonlarning uzunligi bo‘yicha divanlarning tepa qismida bo‘ylama tutqichlar o‘rnatilgan va ular vagonning shiftiga figurali kronshteynlar yordamida mahkamlangan.
Tutqichlar po‘lat xromlangan, diametri 27 mm bo‘lgan qu­vurlardan yasalgan, kronshteynlar esa polirovkalangan alumin qotishmadan iborat. Salonning ko‘ndalang devorlarining yo­nida ikki yoqqa suriladigan eshiklarning ikki tomonida verti­kal tutqichlar o‘rnatilgan. Salondagi tutqichlardan tashqari xiz­mat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun vagonlardan vagonlarga o‘tish uchun vagon tashqarisida, yon tomonida, mashinistning yon eshiklari tagida qo‘shimcha tutqichlar o‘rnatilgan.
Salon moslamalariga qarash. Tablichkalar, sxemalar, divan­larning holati va mahkamlanishi, vagon poli va eshiklar tepasidagi lyuklar, ventilatsion reshotkalar, vagonlarning nomerlari, vagonlarning zinapoyasi, tutqichlar tekshiriladi. Qulflarning to‘g‘ri ishlashi va eshik osmalari nazoratdan o‘tkaziladi. Vagon­larning ichki moslamalarining bo‘g‘im va detallari moylash kar­tasiga binoan moylanadi. Bosim magistralida havoning bosimi normal holatda bo‘lganida hamma vagonlarda eshik tavaqalarining ochilib yopilishi bir vaqtda bo‘lishligi lozim.
Agar tavaqalar og‘ir harakatlansa va nuqsonlar bo‘lsa eshik mexanizmlar yordamida sozlanadi. Havo chiqib ketishini quloq solib tekshiriladi.
Vagonning yoritqich zanjirlari tekshiriladi, plafon, tutqichlar, kronshteynlar va deraza ramalari artiladi. Nosoz lampalar al­mashtiriladi. Deraza va eshiklarning oq va qizil faralarining oynalari zichligi tekshiriladi.


Download 36.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling