Mundarija I bob: Qurilish chizmalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Download 0.97 Mb.
|
1 2
Bog'liqMundarija I bob Qurilish chizmalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binoning asosi va poydevori ……………………………………………………… 5
- Tom turlari..…………….……………………………………………………………...8 Zinapoya……..………………………………………………………..………………….……9
- Plan……………………………………………………………………………………………..12 Sanitariya-texnika jihozlari, Binoning qirqimi …………………………...13
- BOB: 2.1 XULOSA…………………………………………………………………………………………..19 2.2 FOYDANALILGAN ADABIYOT………………………………………………………….21
- 1.2 Qurilish chizmalariga o‘lchamlar qo‘yish.
- 1.3 Qurilish chizmalaridagi shartli grafik belgilar
- 1.4 Binoning asosi va poydevori
- 1.5 Devorlarda tutun chiqarish va shamollatish kanallari quriladi
- 1.9 Dudburon va shamollatish (ventilatsiya) kanallari
- Sanitariya-texnika jihozlari
- 1.3 Temir-beton konstruksiyalar
MUNDARIJA I BOB: Qurilish chizmalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar….………………. .2 Qurilish chizmalariga o‘lchamlar qo‘yish ……………..……….……………..3 Qurilish chizmalaridagi shartli grafik belgilar ….……………………….…5 Binoning asosi va poydevori ……………………………………………………… 5 Devorlarda tutun chiqarish va shamollatish kanallari quriladi. Karniz, Yopmalar………..……………….……………………………………………......7 Pol Tom turlari..…………….……………………………………………………………...8 Zinapoya……..………………………………………………………..………………….……9 Deraza va eshiklar…………………………………………………………................ 10 Pechkalar. Dudburon va shamollatish (ventilatsiya) kanallari.…..11 Plan……………………………………………………………………………………………..12 Sanitariya-texnika jihozlari, Binoning qirqimi …………………………...13 Binoning fasadi………………………………………………………...………………....15 Temir-beton konstruksiyalar……………………………………………………...16 II BOB: 2.1 XULOSA…………………………………………………………………………………………..19 2.2 FOYDANALILGAN ADABIYOT………………………………………………………….21 KIRISH 1.1 Qurilish chizmalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Qurilish chizmalarining mazmuni va taxt qilinishi, qo‘llaniladigan masshtablar, chizmalardagi shartli belgilar asosan qurilish obyektlarining turiga hamda chizmalarning vazifalariga bog‘liq bo‘ladi. Turli qurilish obyektlari-bino va inshootlarni vazifalariga qarab 4 ta asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 1) turar joy va jamoat binolari- kishilarning maishiy vа jamoat ehtiyojlari uchun quriladi. Umumiy nom bilan fuqaro binolari deb yuritiladi-jamoat binolariga umumiy yotoqxonalar, klublar, kasalxonalar, maktablar, turli ma’muriy binolar, o‘quv, teatrtomosha, savdo binolari va x. k. kiradi; 2) sanoat binolari-bularga fabrika binolari, zavod va boshqa ishlab chiqarish binolari, garajlar, elektrostansiyalar, suv isitish binolari va x. k. lar kiradi; 3) qishloq xo‘jaligi binolari-qishloq xo‘jaligi binolariga uy xayvonlari va parrandalar boqiladigan binolar, qishloq xo‘jaligi mashinalarini va mahsulotlarini saqlash binolari, skladlar va x. k. lar kiradi. 4) muhandislik qurilmalari-bularga ko‘priklar, tonellar, estakadalar, qirg‘oq bo‘yi inshootlari, turli gidrotexnik va yer sirtidagi qurilmalar, metall eritish pechlari, rezervuar va x. k. lar kiradi.Qurilish chizmalari vazifasiga qarab ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: a) qurilish buyumlarining chizmalari.Bunday chizmalar bo‘yicha qurilish industryasi zavodlari va uy qurish kombinatlarida bino va inshootlarning alohida- alohida qismlari tayyorlanadi; b) qurilish-motaj chizmalari, bunday chizmalar bo‘yicha qurilish maydonida bino va inshootlar tiklanadi hamda montaj qilinadi Bino va inshootlarni qurish chizmalari hamda montag chizmalari-sxemalar bo‘yicha bajariladi. Qurilish ishlari umumqurilish va maxsus qurilishga bo‘linadi. Umumqurilishga binolarni qurish va pardozlash ishlari, maxsus qurilishga esa suv, kanalizatsiya, elektr, gaz, telefon tarmoqlarini o‘tkazish, obodonlashtirish ishlari kiradi. 1.2 Qurilish chizmalariga o‘lchamlar qo‘yish. Qurilish chizmalarida o‘lchamlar mashinasozlik chizmalaridagiga o‘xshab millimetrlarda qo‘yiladi. Lekin o‘lchamlarni santimetr va metrlarda, o‘lcham birligini ko‘rsatib yoki ko‘rsatmasdan qo‘yishga ham ruxsat etiladi. Qurilish chizmalaridagi o‘lcham qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning zanjirsimon qilib qo‘yilishi hamda takrorlanishidir, ya’ni o‘lchamlarni takror qo‘yishga ham ruxsat beriladi. O‘lcham qo‘yishda ko‘rsatkich (strelka) lar o‘rniga, o‘lcham chizig‘iga 45° og‘ib turgan, uzunligi 2 -4 mm bo‘lgan shtrix chiziqlar chiziladi. Agar zanjirsimon joylashgan o‘lcham o‘rtalarida shtrix chiziqlarga joy kamlik qilsa, ularni nuqtalar bilan almashtirish mumkin.Planlarga o‘lchamlar qo‘yish . Har bir tashqi devor bo‘yicha undan 20 -30 mm uzoqlikda, oraligi 8 -10 mm bo‘lgan uchta yopiq zanjirsimon o‘lcham chiziqlari o‘tkaziladi. Birinchisiga tashqi devor chetidan boshlab devor qalinligi, eshik va deraza o‘rnilari oraligidagi o‘lchamlar qo‘yiladi. Ikkinchisiga devorlar va ustunlar o‘qlari oraligidagi o‘lchamlar qo‘yiladi. Uchinchisiga esa binoning gabarit o‘lchami, ya’ni ikki chetki o‘qlar orasidagi umumiy o‘lcham qo‘yiladi. Devorlar va ustunlar o‘qlari shtrixpunktir chiziqlarda chiziladi (ularni ingichka tutash chiziqlarda ham chizish mumkin). Ko‘pincha o‘q chiziqlar butun devor bo‘yicha to‘liq chilmasdan, chetdan 15 -20 mm uzoqlikda uzib qo‘yiladi. Bo‘luvchi o‘qlar chetlariga diametri 8 -10 mm bo‘lgan aylanar chiziladi. Ularning ichiga o‘qlarning belgilari qo‘yiladi. Ko‘ndalang yo‘nalishdagi o‘qlar chapdan o‘nga qarab raqamlar bilan belgilanadi, bo‘ylama yo‘nalishdagi o‘qlar esa pastdan yuqoriga qarab bosh harflar bilan belgilanadi. O‘qlar orasidagi o‘lchamlar muhim ahamiyat kasb etadi, sababi ular qurilish boshlanishida qurilish maydoniga olib chiqiladigan o‘lchamlardir. Bunday o‘lchamlarni joyiga olib chiqish binoni rejalash deyiladi.Plan konturining ichida har bir xonaning uzunligi va kengligi, devor va to‘siqlarning qalinligi hamda eshik o‘rni o‘lchamlari beriladi. Eshik o‘rni o‘lchamlari, unga eng yaqin bo‘lgan devorga bog‘lab qo‘yiladi. Planda har bir xonaning maydoni kvadrat metrlarda ko‘rsatiladi. Chizmadagi barcha raqamlarning o‘lchamlari bir xil, ya’ni taxminan 2, 5 -3, 0 mm bo‘lishi kerak. Qirqimlarga o‘lchamlar qo‘yish qirqimlarda fasadning barcha bo‘linmalariga metrlarda ifodalangan belgilar qo‘yiladi. Belgi deb shartli ravishda nul (0, 000) deb qabul qilingan gorizontal tekislikdan uzoqlik (balandlik yoki pastlik) soniga aytiladi. Asosan birinchi qavatning pol tekisligi nul tekislik deb qabul qilinadi. Nul tekislikdan pastdagi o‘lchamlarga minus ishorasi qo‘yiladi, masalan, -0, 900, -1, 255. Nul tekislikdan yuqoridagi o‘lchamlarga esa ishora qo‘yilmaydi, masalan 0, 600, 3, 400. O‘lchamlar to‘g‘ri burchakli ko‘rsatkich (strelka) uchidan chiqqan chiziqqa chizilgan tokchaga qo‘yiladi. 1.3 Qurilish chizmalaridagi shartli grafik belgilar. Qurilish chizmachiligida O‘z. DSt 2. 306 -96 ga binoan qurilish materiallariga, bino unsurlari (elementlari) ga, sanitariya-texnika jihozlariga tegishli shartli grafik belgilar qabul qilingan. Quyida qurilish materiallarining shartli grafik belgilari berilgan (3 -chizma). Binoning asosiy konstruktiv elementlariga poydevorlar, devor to‘siqlari, yopmalar, derazalar, eshiklar, tomlar, zinapoya va boshqalar kiradi. 1.4 Binoning asosi va poydevori. Binoning yer osti qismi poydevor hisoblanadi. U binodan keladigan barcha og‘irlik kuchini tuproq-gruntga o‘tkazadi. Bu yerda tuproq binoning asosiy tayanch vazifasini o‘taydi. Poydevorlar bino turiga qarab har xil bo‘ladi. 4 -chizmada 3 ta poydevor turining chizmalari berilgan. Sokol poydevorning davomi hisoblanadi va u yerdan birinchi qavat asosigacha davom etadi. Sokol devordan 10 -12 sm gacha chiqib turadi. Ba’zi hollarda devordan 4 sm ichkariga kirib turishi ham mumkin (4 -chizma). Devorlar kapital tashqi va kapital ichki, to‘siq (par devor) lar kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Devorlar yuqoridan tushadigan og‘irlikni poydevorga o‘tkazib beradi. Bunday devorlar yuk ko‘taradigan yoki kapital devorlar deb ataladi. Kapital devorlar yuk ko‘tarishdan tashqari to‘siq vazifasini ham o‘taydi (bino xonalarini obi-havo injiqliklari-qor, yomg‘ir, shamol va x. k. lardan to‘sib turadi). Binoning asosiy qismini devorlar tashkil qiladi. Ularni konstruksiyasi jihatidan industrial usullarda, imkoni boricha mahalliy materiallardan foydalanib quriladi. Tashqi va ichki kapital devorlar asosan pishiq g‘ishtlardan (o‘lchamlari 250 x 120 x 65 mm), yengil g‘ovak betondan tayyorlangan g‘ishtlardan, betondan tayyorlangan yirik panel va bloklardan quriladi. Suvoqsiz 2, 5 g‘ishtli devor qalinligi 64 sm, 2 g‘ishtli devor qalinligi 51 sm ga teng bo‘ladi. 1.5 Devorlarda tutun chiqarish va shamollatish kanallari quriladi. Sanoat binolarida devorlar ko‘pincha temir-beton ustunlar bilan almashtiriladi. Par devorlarning qalinligi 8 -12 sm qilib olinadi. Karniz. Ko‘p qavatli binolarda devorning yuqori qismi karnizli yoki karnizsiz qilib ishlanadi. Karnizlar devorni qor, yomgir ta’siridan saqalash va binoni bezash maqsadida qilinadi. Ular gishtdan yoki beton plitalardan qurilishi mumkin. Karnizlarning juda xilma-xil bo‘lib, 5 -chizmada ularning 2 ta turi ko‘rsatilgan. Yopmalar. Ko‘p qavatli binolarda qavatlar orasidagi va chordoq bilan xona orasidagi gorizontal to‘siq. Iar yopmalar deyiladi. Yopmalarning ustki qismi tom yoki xona poli, ostki qismi esa xona shifti hisoblanib, ular turli xil konstruksiyalarda bajariladi 1.6 Pol. Sanoat binolarida pollar bevosita grunt (tuproq) ustiga qo‘yiladi (7 - a, b, d chizmalar). Fuqaro binolarida grunt ustiga 218 -b chizmada ko‘rsatilganidek quriladi. Ora yopmalarda pollar balkalar, lagalar yoki plitalar ustiga o‘rnatiladi Tomlar. Tom turli tabiat hodisalari (yog‘ingarchilik, quyosh nurlari, shamol) dan binoni saqlash uchun xizmat qiladi. Tomlar bir, ikki, to‘rt nishabli bo‘lib, ularning nishabi tom yopiladigan materiallarga va mahalliy sharoitga bog‘liq (8 -a, b, d chizmalr). Tomlarni yopish oldidan har xil konstruksiyalarda asoslar tayyorlanadi. Shulardan bittasi 9 -chizmada ko‘rsatilgan. 1.7 Zinapoya. Ko‘p qavatli binolarda yuqori qavatlarga chiqish va tushish uchun zinapoyalar quriladi. Zinapoya joylashgan xona zinaxona, oyoq qo‘yib chiqadigan qismi marsh, bir marshdan ikkinchisiga o‘tadigan joy mavdoncha, zinapoyalarni ko‘tarib turadigan og‘ma to‘sinlar kosourlar deyiladi. Zinapoya tutqichi marshdan 90 sm balandlikda quriladi . Zinapoya va undan chiqishdagi pandus chizmada shartli tasvirlanadi. Quyida ularning shartli tasvirlari berilgan: ostki marsh, oraliq marsh , yuqorigi rnarsh, pandus (11 -e chizma), zinapoya sxemasi , zinapoya qirqimda 1.8 Deraza va eshiklar. Binoni qurish paytida deraza va eshiklar uchun maxsus joylar qoldiriladi. Yirik panelli imoratlarda deraza romlari bir yo‘la zavodning o‘zida o‘rnatiladi. Deraza va eshiklar o‘rnatilish joyiga qarab bir qavatli, ikki qavatli va bir tavaqali, ikki tavaqali, bir yarim tavaqali bo‘ladi. Bulardan tashqari ular maxsus buyurtma asosida yasalishi ham mumkin. Derazalar shartli ravishda fasadda va qirqimda 12 -a, b chizmalardagidek, eshiklar esa ( 13 -a, b) chizmalardagidek tasvirlanadi. Pechkalar. Bitta qozon orqali binolarni suv bilan isitish markaziy, xonani bevosita pechka yoki suv bilan isitish mahalliy isitish deyiladi. Pechkalar o‘rnatiladigan joyiga qarab turli shakl va o‘lchamlarda bo‘lib, ular chizmada shartli tasvirlanadi. Har xil yoqilg‘ilar yoqiladigan pechkaning umumiy ko‘rinishi 14 -a chizmada, qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, yog‘och) ga mo‘ljallangan pechkaning ko‘rinishi 14 -b chizmada, gazga mo‘ljallangan pechkaning ko‘rinishi esa 14 -d chizmada tasvirlangan. a b 14 -chizma d 1.9 Dudburon va shamollatish (ventilatsiya) kanallari. Xonalarni mahalliy isitishda pechkalardan tutun chiqadigan dudburon kanallari bilan bir qatorda xonani shamollatib turish maqsadida ventilatsiya kanallari ham quriladi va ular chizmalarda shartli tasvirlanadi (15 -a, b, d chizmalar). 15 -a chizmada mo‘rining, 15 -b chizmada gaz plitalaridan chiqadigan gaz qoldiqlarini tortib oluvchi teshiklarning, 15 -d chizmada esa shamollatish kanallarining plandagi tasvirlari ko‘rsatilgan. a b chizma d A B 1.10 Plan. Binoning ma’lum balandlikdagi tekislik orqali fikran qirqib ko‘rsatilgan tasviri plan deyiladi (17 - chizma). Turar joy binolarida kesuvchi tekislik deraza va eshik bo‘shlig‘i orqali o‘tadi. Planda imoratning ko‘rinmaydigan qismlari tasvirlanmaydi. Shuning uchun qavatlardagi xonalar har xil bo‘lsa, hamma qavat- larning planlari alohida-alohida ko‘rsatiladi. Planda xonalarning joylashishi, deraza va eshiklarning o‘rnilari, eshiklarning ochilish yo‘nalishlari va sanitariya-texnika jihozlari ko‘rsatiladi. Xonalar va devorlarning olchamlari to‘liq ko‘rsatiladi. Sanitariya-texnika jihozlari. Binolarni sovuq va issiq suv hamda gaz bilan ta’minlashda, kanalizatsiya, ventilatsiya, isitish va ovqat pishirish tizimlarida ishlatiiadigan jihozlar sanitariya-texnika jihozlari bo‘lib hisoblanadi. 16 chizmada ularning shartli tasvirlari keltirilgan: gaz plitasi a, elektr plitasi b, suv isitkich d, muzlatkich e, rakovina f, umivalnik (yuvingich) g, vanna h, unitaz i, pisuar j, dush k. a f b g d h 16 -chizma e i j k Binoning qirqimi. Bino vertikal tekislik orqali qirqilganda bino qirqimi hosil bo‘ladi (chizma). Shunda imorat nechta qavatdan iborat ekanligi, qismlarining o‘zaro joylashishi, xonalarning, eshik va derazalarning balandligi, tomning nishabi, poydevor, zinapoya kabilar aniqlanadi. Binoning qirqimi arxitekturali bo‘lsa, poydevor va chordoq ko‘rsatilmaydi Agar qirqim konstruktiv bo‘lsa poydevor, chordoq va vopmalar to‘liq ko‘rsatiladi, binoning balandliklari belgilanadi zm (chizma) Binoning fasadi. Binoning old tomondan ko‘rinishi old fasad, orqa tomondan ko‘rinishi orqa fasad, chap tomondan ko‘rinishi chap yon fasad, o‘ng tomondan ko‘rinishi esa o‘ng yon fasad deyiladi. 20 -chizmada binoning old fasadi tasvirlangan. Bino fasadi, uning plani va vertikal qirqimi orqali yasaladi. Bosh planlar asosiy loyihalash hujjati hisoblanib, ular orqali shahar va sanoat zonalarida qurilish ishlari olib boriladi. Bosh planlar O‘z. DSt 21. 108 -78 talablariga binoan shartli belgilarda va M 1: 200, M 1: 400, M 1: 1000 masshtablarda chiziladi. Bosh plan chizmalarida mavjud va loyihalanayotgan bino hamda inshootlarning, yo‘llarning, elektr uzatish simlarining sanitar-texnik kommunikatsiyalar va x. k. larning joylashuvlari ko‘rsatiladi. Bosh planlarning chizmalarini o‘qishdan oldin bosh plan elementlarining shartli grafik tasvirlari va belgilanishi bilan tanishib chiqish zarur. 1 -jadvalda davlat standarti talablariga binoan bosh planlarga chiziladigan asosiy shartli grafik tasvirlar keltirilgan. 1.3 Temir-beton konstruksiyalar. Polat armaturali betondan yasalgan bino eiementlari temirbeton konstruksiyalar deyiladi. Beton siqilishga chidamli bo‘sa, cho‘zilishga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun po‘lat armaturalardan karkaslar yasalib, beton konstruksiyalarni cho‘zilishga bardosh bera oladigan darajaga keltiriladi. Barcha temir-beton konstruksiyalar tayyorlanishiga qarab yaxlit va yig‘ma bo‘ladi. Yaxlit temir-beton konstruksiyalar qurilish maydonlarida bajariladi. Ba’zi bino va inshootlar konstruksiyalar yaxlmit teir -betondan qurilishi mumkin. Yig‘ma temir-beton maxsus zavodlarda tayyorlanib, qurilish maydonlariga yetkazib beriladi.Temir-beton konstruksiyalarga plitalar, balkalar, poydevorlar, ustunlar, panel devorlar, bloklar, zinapoya va boshqalar kiradi . chizmada poydevorlar uchun blok-1, yerto‘la devorlari uchun bloklar-2, 3, yopma plita - 4, yumaloq teshikli orayopma plita - 5, rigel yoki bo‘ylama balka - 6, ustun -7, zinapoya marshi - 8, balkon uchun chiqib turadigan naqshli plita - 9, balkon uchun plita -10 larning tasvirlari ko‘rsatilgan. Qurulish chizmalari ,uy plan sxemalar. 2.1 XULOSA Inson faolivatining barcha sohalarida yetarli yuqori darajada fazoviy tasawur qilish va fazoviy tafakkur etish imkoniyatiga ega bo‗lishi zarnr. Hech bir konstruktor (loyihachi) ongida murakkab mexanizm yoki mashinani to‗liq (ipidan ignasigacha) ko‗z oldiga keltira olmasligi mumkin. Ammo loyihalash jarayonida turlichizmalar chizish, hisob-kitob qilish orqali ba‘zi bir elementlarning umumiy ko‗rinishini, boshqa jihatlaming aniqlay boshlashmumkin. Natijada konstruksiyadagi asosiy g‗oya katta o‗zgarishlarga olib kelishi ehtimol. Bajarilayotgan chizma (texnik rasm) va fasoviy tafakkur etish o‗zaro dialektik munosabatda bo‗lgani uchun ular bir-birini qiziqarli g‗oyalar bilan to‗ldirib boradi. Natijada fazoviy tafakkur qilish chizmani ortda qoldirib, о A lagan obrazni qog‗ozda chizish bilan uni mustahkamlaydi. Bunday qilish orqali o'ylagan obrazni aniqlashga va ba‘zi bir elementlarning o‗zaro munosabatlarini tekshirishga, keyinchahk konstruksiyalashni davom ettirishga, fazoviy tafakkur etishga oziqa beradi. Yetarli darajada tez, aniq va qog‘ozda xatosiz tasvirlashni eplay olmaydigan odam, ongidagi faraz qilayotgan obrazlarni ham tezda qog'ozga tushirishda ko‗p qiyinchiliklarga duch keladi Ayniqsa, hozirgi zamon kompyuterlaridan foydalanishda tezkor faraz qilish va unga ongdagi obrazlarni zudlik bilan kiritishni talab qiladi. Shu sababli har bir odam fazoviy tasavvur va tafakkur etish bilan bir qatorda ongida faraz qilayotgan narsani qog‗ozga tushirish mahoratini ham egallashi zarur. Yuqoridagi salohiyatni belgilovchi parametrlardan biri talaba va o ‗quvchining grafik savodxonligi hisoblanadi. Loyihalash jarayonida ishtirok qiluvchi talaba albatta chizmalami tuzish va uni o‗qish malakasiga ega bo‘lishi shart. Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln m kubdan ortmoqda. Ammo yog'och xomashyosi bo'ladigan tabiiy o'rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko'kalamzorlashtirish oyligi» o'tkaziladi. O'rmonlar barpo etish va yog'och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o'rmon xo'jaliklari shug'ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o'rmon xo'jaligi korxonalari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar bor. O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir. Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling