3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo`yiladigan talablar.
3.1. KT va TT ni ishlatishga mo`ljallangan korxona va tashkilotlarning ma`muriy va maishiy binolari QM va Q, shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.
3.2. KT va TT ishlatiladigan labaratoriyalar, bo`limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog`i lozim.
Yuqorida qayd qilingan xonalarni yerto`lalarda joylashtirishga yo`l qo`yilmaydi.
3.3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e`tabor berish,ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomanitorlar o`rnatish lozim.
3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o`tish joylari quyidagi o`lchamlarda bo`lmog`i lozim:
ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo`lmasligi;
orqa va yon tomonida olindigan panel va boshqa qurilmalarga ega bo`lgan KT siga xizmat ko`rsatish oralig`I 0,7 m.dan kam bo9`lmasligi;
Displeylarga ega bo`lgan ishchi o`rinlari orasidagi masofa 1,5 m.dan kam bo`lmasligi;
KT bir qatorlanma joylashtirilgan devor orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo`lmasligi shart.
3.5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o`rnatilgan bo`limlari, sexlar, labaratoriyalari, uchastkalari, ish boshlashdan oldin maxsus komisiya tomonidan San va M №0007-94 talablari amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim.
Kompyuter texnikasi bilan ishlovchilarning mehnat qilish va
dam olish tartibi.
Ishlovchilarning eng qulay mehnat qilish va dam olish sharoitlari ular mehnatining asabiy-ruhiy zuriqish darajasi, organizm har xil tizimi funksional holatining dinamikasi, ish qobiliyati hamda qat`iy belgilanga ish vaqti va tanaffuslarning tartibi inobatga olingan holda belgilanadi:
A
Mehnat muhofazasi
sosiy tanaffus tushlik ovqatlanish vaqti hisoblanadi, KT va TT da ishlovchilar faoliyatidning alohidaligini inobatga olib dam olish tartibiga, qo`shimcha ikki – to`rt tartibli mikro tanaffuslar kiritilishi, har birining davomiyligi 10-15 daqiqadan bo`lmog`i kerak. 6 soatli ish kunida 2 tanaffus va 12 soatli ish kunida 3-4 tanaffus bo’lishi zarur.
Mehnat muhofazasi
Do'stlaringiz bilan baham: |