Kirish mexanik mashinalargacha bo`lgan davr
Elektromexanik mashinalar davri
Download 245.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron hisoblash mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar davri.
Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo`l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo`la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o`nta tugmali “VK-1” mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo`lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo`lib, 2000 amal bajara olar edi. Elektron hisoblash mashinalar davri. E lektromexanik mashinalar ham o`z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko`p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug`ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo`lida 1942-45 yillarda birinchi bo`lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo`lgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba’zi manbalarda 70 tonna) o`girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo`lgan ulkan hisoblash mashinasi “ENIAK” deb nom oldi. 1946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada “ADVAK”, “EDSAK”, “SEAK”, “BINAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo`ldi. Download 245.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling