Kirish. Mexatronikaning asosiy tushunchalari


Download 7.96 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi7.96 Kb.
#1829289
1   2   3
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fototranzistorlar. Optronlar

Bu sxema juda ham past yorug’liklarda yuqori sezgirlikni ta’minlaydi va ikkita tranzistorni kuchaytirish koeffitsientini beradi. Ikkita kaskad yordamida 100 000 gacha kuchaytirish koeffitsientini olish mumkin. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, Darlington fototranzistori oddiy fototranzistorga nisbatan sekin reaktsiyaga ega.

Fototranzistorlarning asosiy ulanish sxemalari

Fototranzistorlarning asosiy ulanish sxemalari

Umumiy emitterli kuchaytirish sxemasi


Bunda fototranzistor yoritilgan momentda yuqori holatdan past holatga o‘tadigan chiqish signali olinadi. Bunday sxema rezistorni ta’minot manbasi va fototranzistor kollektori o‘rtasiga ulash yordamida hosil qilinadi.

Umumiy kollektorli kuchaytirish sxemasi

Umumiy kollektorli kuchaytirish sxemasi


Umumiy kollektorli kuchaytirish sxemasida fototranzistor yoritilgan momentda past holatdan yuqori holatga o‘tadigan chiqish signali olinadi. Bunday sxema rezistorni emitter va ta’minot manbasining manfiy qutbi (yer) o‘rtasiga ulash yordamida hosil qilinadi.

Ikkala holatda ham fototranzistorlar ikkita rejimda ishlashi mumkin.

Ikkala holatda ham fototranzistorlar ikkita rejimda ishlashi mumkin.

  • aktiv rejimda;
  • o‘tish rejimida.
  • Aktiv rejimda fototranzistor uni yoritilganlik darajasiga proportsional ravishda chiqish signalini generatsiyalaydi. Yoritilganlikning darajasi ma’lum qiymatga etganda, fototranzistor to‘yinadi, undan so‘ng yoritilganlik oshirilsa ham chiqish signali ortmaydi.

O‘tish rejimida fototranzistor uni yoritilishiga javoban ochiq (to‘yinish) yoki yopiq (berk) holatda bo‘lishi mumkin. Bu rejim raqamli chiqish signalini olish uchun qo‘llaniladi.

O‘tish rejimida fototranzistor uni yoritilishiga javoban ochiq (to‘yinish) yoki yopiq (berk) holatda bo‘lishi mumkin. Bu rejim raqamli chiqish signalini olish uchun qo‘llaniladi.

Kuchaytirgich zanjirida yuklama qarshiligi qiymatini o‘zgartirish bilan bu ikki rejimdan birini tanlash mumkin bo‘ladi.


Download 7.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling