Kirish Mil avv VI-V asrlarda Italiyadagi axvol


Kurs ishining maqsadi va vazifasi


Download 55.45 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi55.45 Kb.
#1586263
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Jahon sivilizatsiyalari tarixini o'rganish orqali dunyo hamjamiyati bilan yaqindan aloqa bog'lash, hamkorlik qilishda boshqa xalqlarning urf – odat, an`analarini bilishga va ma'naviy – madaniy rivojlanish darajasini o'rganish orqali munosabatlarni umuminsoniy manfaatlar asosida o'rnatishga xizmat qiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, turli sivilizatsiyaga mansub kishilar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda, xalqlarning shakllanishida o'ziga xos urf-odat, an'analarga ega bo'lib, ular yuz yillar davomida shakllanadi. Bu tushunchalar siyosiy tartiblar, mafkuralarga qaraganda bardoshli bo'ladi. Shuning uchun jahon sivilizatsiyalari tarixi bilan yaqindan tanishish dunyo sivilizatsiyalari, ularning umuminsoniy asoslari, taraqqiyot darajasi va yutuqlaridan chuqur bilim va ko'nikmalar hosil qilish, kishilarni vatanparvarlik, umuminsoniy g'oyalarga sadoqat ruhida madaniyatli qilib tarbiyalashda yordam beradi deb hisoblaymiz.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Rim tarixini o‘rganish uyg‘onish davridan lotin va yunon matnlarini to‘plash va chop etishdan boshlandi. Antik mualliflarning asosiy asarlari XIV–XVI asrlarda izlab topildi. XVII asr oxirida fransuz olimi Abbat Tillemonning 16 tomli «Cherkov tarixi» kitobining 6 tomi Rim imperiyasi tarixiga bag‘ishlangan. XVIII asrda fransuz olimi Monteske «Rimliklarning buyukligi va halokati to‘g‘risida mushohadalar» asarini Rim tarixini tahlil qilishga bag‘ishladi. Eduard Gibbon (1737–1794-yillar) «Rim imperiyasining tushkunligi va yemirilishi» nomli asarida Rim tarixini Antoninlar davridan Konstantinopolning halokatigacha – 1453-yilgacha tasvirladi. Bu asar juda ko‘p manbalar asosida yaratilgan. Navbatdagi asar Bartold Georg Niburning (1776–1831-yillar) 3 tomli «Rim tarixi» bo‘lib, asar jamoa davridan birinchi Puni urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Teodor Mommzen (1817–1903-yillar) 3 tomli «Rim tarixi», 3 tomli «Rim davlat huquqi» asarlarini yozdi. Birinchi asarda Rim hayotining barcha tomonlari yoritiladi, asosiy e’tibor siyosiy tarixga qaratiladi. Ikkinchi asarda Rim davlat muassasalari (magistratura, komisiyalar, senat, munisepial kengashlar) tizimli yoritiladi. XIX–XX asrlarda E.Meyer, E.Paysa, G.Ferrero va boshqa olimlarning asarlarida Rim tarixining turli muammolari yoritiladi. Bu asarlarda Rim davlati va jamiyati taraqqiyoti masalalari bo‘yicha turli konsepsiyalar ilgari suriladi. «Kembrij qadimgi tarixi» ko‘p jildli kitobning VII tomidan Rim tarixi bayon qilinadi. IX jilddan XII jildgacha to‘la qadimgi Rim tarixiga bag‘ishlangan.
Miloddan avvalgi VI asrlarda Rim va uning atrofida lotin, samniy va etrusk qabilalari yashaganlar. Ular bu yerlarda dehqonchilik, chorvachilik, savdo bilan shug’ullanib kun kechirganlar. Bu davrda Rim davlatini afsonalarga ko’ra shaharga asos solgan Romulning izdoshlari boshqarar edi. Shu o’rinda Rim shahrining asos solinishi tarixiga to’xtalib o’tsak.
Qadimgi Rim afsonalarida Rim shahriga asos solinishi Troya urushlari bilan bog’lanadi. Troya urushining oxirgi qahramonlari lotin qabilasining ajdodi bo‘lgan Eney boshchiligida Italiyaga kelib qoladilar. Afsonaga ko‘ra, lotin qabilasi yo‘lboshchilaridan biri ma’buda Vesta ibodatxonasida kohina bo‘ladi. Xudoning irodasi bilan kohina homilador bo‘lib, ikki egizakni dunyoga keltiradi. Ularni gunohdan bo‘lgan bolalar deb, cho‘ktirishga buyuradilar. Qul bolalarni savatga solib, daryoga olib borib, daryoning oqimi bo‘yicha oqizib yuboradi. Savat qirg‘oqqa kelib to‘xtaydi. Chaqaloqlarni bo‘ri o‘z suti bilan boqadi. Keyin esa cho‘pon topib oladi va ularni Romul va Rem deb ataydi. Egizaklar katta bo‘lgach, o‘zlarini o‘limga mahkum qilgan yo‘lboshchidan o‘ch oladilar. Keyin bir guruh yoshlar bilan yangi jamoa barpo qilishga qaror qiladilar. Romul Palatin tepaligining kimsasiz balandligini tanlaydi. Lekin bu joy ukasiga yoqmay janjallashib qoladilar, Romul ukasini o‘ldirib qo‘yadi. Romul mil.avv. 753-yil 21-aprelda bo‘lajak shahar bo‘ladigan joyning chegarasini so‘qa tortib belgilaydi. Shu tarzda Rim shahriga asos solinadi. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-yillar) podsholar oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo‘lib, zaruriyat bo‘lganda bir qancha yordamchilar – kvestorlarga tayanganlar. Kvestorlar odam o‘ldirish ishlari bo‘yicha sudni amalga oshirganlar. Podsho mutlaq hukmdor bo‘lmasa-da, etrusklar davrida uning hokimiyati juda kuchli bo‘lib, Rim oilasi («pater familius») hokimiyatini eslatar edi. U umrbod saylab qo‘yilgan. Podsho qonunlarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lib, lekin uni o‘zgartira olmas edi. Romul davridan Rim podshosi (rex) shaharning sudyasi, bosh kohini va lashkarboshisi bo‘lgan. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, Rim podsholik tuzumi tiraniyaga aylanib borgan edi. Buni Rimning oxirgi uchta etrusk podsholari (Lutsiy Tarkviniy Qadimgi (mil.avv. 616–578-yillar), Serviy Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar) va Lutsiy Tarkviniy Mag‘rur (mil.avv. 534–509-yillar)) hayotidan ko’rishimiz mumkin. Rim podsholari Apennin yarim orolini bosib olish uchun uzoq harakat qilganlar.
Bu davrda Italiyaga yunonlar tez-tez kelib turganlar. Yunonlar etrusklar bilan raqobat qilardilar. Dastlab Rim savdo aloqalarini Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa, Attika va Karfagen bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Eng birinchi savdo shartnomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda, plebeylar shug‘ullandilar. Bu soha bo‘yicha Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‘rtasida etrusk kvartali «Vikus tuskuss» muhim rol o‘ynadi. Mil.avv. 535-yilda etrusklar Karfagen bilan ittifoq bo‘lib, Korsika oroli yaqinidagi Alali yonidagi jangda yunonlarni tor-mor qilganlar.
Podsholik davrida Rim dini animistik ko‘rinishda bo‘lib, unda totemizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib, Rim shahrining asoschilari Romul va Remni emizgan ona bo‘ri afsonasini aytish mumkin. Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to‘la edi. Ularni sehrgarlik, qurbonlik va duo-afsunlar o‘qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho‘ponning barcha ishlariga homiylik qiladigan ko‘pgina xudolarga sig‘inar edilar. Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo‘riq yerni haydashda odamlarga yordam ko‘rsatgan. Yerlarni o‘g‘itlashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan.
Mil.avv. VI asrda etrusk istilolari urug‘ jamoasining yemirilish jarayoni, sinfiy jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusklar Rimda ilk yunon tiraniyasiga o‘xshash monarxiya rejimini tashkil etdilar. Uning o‘rniga Rimda mil.avv. 509-yil ilk respublika tuzumi o‘rnatildi.



Download 55.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling