Kirish muhokama va natijalar


Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda Ozbekistonning ishtiroki


Download 39.4 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi39.4 Kb.
#1500472
1   2
Bog'liq
bunyod HFX

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda Ozbekistonning ishtiroki
Xalqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama ragbatlantirish va qollab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning havfli 1990 yilda Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda Qirgizistonning Botken, Ozbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004 yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari misolida ozini namoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan Ozbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afgoniston muammosini izchil organish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afgoniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega boldi. Bu guruh Afgoniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, Ozbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir korsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.
Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul (Turkiya) da bolib otgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bolib otgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash halqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qomitasi tuzildi.
Ozbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afgonistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik foydalanishga topshirdi.
Ozbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan koplab halqaro shartnomalardan hozirgacha BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro shartnomalarini imzoladi.
Bulardan tashqari Ozbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bolmoqda. Jumladan, Ozbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. Ozbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan orni muhim ekanligini tasdiqlaydi.
Terrorizmga qarshi kurashda 2000 yilda "Terrorizmga qarshi kurash togrisida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko`rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:
• qonuniylik;
• shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
• terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
• jazoning muqarrarligi;
• terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining
ustuvorligi;
• jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi otkaziladigan operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning oz – ozini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora - tadbirlar otkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta’qiqlanadi:
• terrorizmni ta’qib qilish;
• terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat
• korsatishi;
• terrorchilik faoliyatiga dahldor bolgan yuridik shahslarni, ularning bolinmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, royhatdan otkazish va ularning faoliyat korsatishi;
terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bolmagan shahslarning Ozbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar va fikrlarni yashirish;
Ushbu qonunga binoan Ozbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, Ozbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati, Ozbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat Bojhona qomitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni aniqlash, unga chek qoyish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash Ozbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham korsatib otilgan.
Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti havf ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat etilgan shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi.
Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bolmasa, ya’ni ular oz harakatlarini tohtatishga rozi bolsalar, shuningdek fuqarolar hayotiga havf mavjud bolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning yo bolishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yoq qilish uchun zarur choralar koriladi.
Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya otkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya otkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar ota muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining kolami va havfsizlik darajalari e’tiborga olinadi.
Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:
• zaruriyat tugilganda kochada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda yolovchilarni cheklash va ta’qiqlash;
• transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, hatto chet el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;
• aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino, va boshqa ob’ektlardan chiqarib yuborish;
• jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;
• terrorchilikka qarshi operatsiya otkazayotgan shahslarning qonuniy talabini bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bolayotgan hududga suqilib kirishga uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;
• kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa joylarga mone’liksiz kirish;
• terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;
• zaruriyat tugilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va transport vositalari kirmaydi); Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bolgan qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning tarqalishiga yol qoyilmaydi. Jumladan:
1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yoq qilish uchun mahsus tehnika usullari va taktik yondashish jarayoni;
2. otkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qoyadigan, jismoniy shahslar hayoti va sogligiga havf tugdiradigan ma’lumotlar;
3. terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan;
4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat korsatayotgan va ularga yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma’lumotlardir;
Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi korsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida korsatib otilgan.
Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bolgan oqibatlarning olidini olish uchun sergak bolishi, atrof - muhitga e’tibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik, joyidan qozgatmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak.
XULOSA
Hozirgi ochiq axborot tizimi davrida, avvalo, yoshlarda har qanday axborotga nisbatan mafkuraviy immunitet hosil qilish, chetdan kelayotgan turli xil axborotlarni qabul qilishda analiz-sintez qila olish qobiliyatini shakllantirish lozim. Chunki hozirda qurolli hujumlardan ko‘ra ma’naviy hujumlar havfli tus olib bormoqda, bunda esa axborot ularga juda qo‘l keluvchi vositaga aylandi. Eng axborot tez o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi qatlam yoshlar, yoshlar esa yurtimiz kelajagi. Ularda bunday illatlarni oldini olish uchun yurtimizda juda ko‘plab ijobiy targ‘ibotlar amalga oshirilmoqda. Joylarda, ilm dargohlarida din bilimdonlari tomonidan diniy terrorizm va ekstremizm balosi nima ekani va u qanday ta’sir kuchiga ega ekani haqida ma’ruzalar, tadbirlar uyushtirildi. Dindan niqob sifatida foydalana olmasliklari uchun, birinchi o‘rinda, xalqning diniy savodxonligini oshirish, din nimaligi, uning mazmun mohiyatini yaxshi anglab yetish kerak. Har birimiz atrofimizda sodir bo‘layotgan voqeliklardan xabardor bo‘lishimiz, beparvolik, bepisandlik bilan o‘zimizni chohga itarishdan saqlanish, insonlarni ogohlikka da’vat qilib yashashimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent “O‘zbekiston”.-2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi https://www.lex.uz/acts/111453
3. A.U.Anorboyev. Kiberjinoyatchilik, unga qarshi qarshi kurashish muammolari va kiberxavfsizlikni ta’minlash istiqbollari; monografiya, toshkent 2020 y
4. Extiyot bo‘ling, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik\ http://www.qoshrabot.uz/oz/node/661
5. Sh.M.Mirziyoyevni O‘zLDPning X qurultoyida so‘zlagan nutqi. https://uznews.uz/posts/2030-iilgaca-savkat-mirziyoev
6. Sh.M.Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz ,30.12.2020
Download 39.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling