Kirish. Multimediali signallar va tizimlar
birlamchi signalning hajmi
Download 207.99 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot. Kirish. Multimediali signallar va tizimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimediali trafikning klassifikasiyasi Multimediali trafik.
birlamchi signalning hajmi deyiladi.
Birlamchi signalning potensial axborot hajmi yoki u tomonidan vaqt birligida ko‘chiriladigan Is axborot miqdori ushbu signalning muhim parametri hisoblanib, u quyidagiga teng: Is = 3,32 Δ Fslg bit/s, (1.7) bu yerda - birlamchi signal manbaining aktivlik koeffitsenti (telefon signallari uchun 0,25 . . . 0,35 ga, boshqalar uchun esa 1 ga teng, deb olinadi); ΔTs – effektiv uzatilayotgan chastotalar polosasi, Gs; Wo‘r – birlamchi signalning o‘rtacha quvvati va Wx –xalaqitning o‘rtacha joiz quvvati. Quyidagicha birlamchi signal turlari mavjud: 1. Telefon signallari; 2. Tovushli eshittirish signallari; 3. Faksimil signallar; 4. Televizion signallar; 5. Ma’lumotlarni uzatish va telegraf signallari. Multimediali trafikning klassifikasiyasi Multimediali trafik. Inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan (odatda ovozli yoki vodeo axborot), turli ko‘rinishdagi xabarlardan iborat raqamli ma’lumotlar oqimiga multimediali trafik tushuniladi. Multimediali ma’lumotlar oqimi telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha oxirgi interaktiv xizmatlarni taqdim etish maqsadida uzatiladi. Xozirgi kunda tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediali xizmatlar quyidagilar xisoblanadi: videotelefoniya, multimedia ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, IP-telefoniya, raqamli televizion eshittirish, mobil videoaloqa va talab bo‘yicha raqamli video. Taqdim etiladigan xizmatlarning tupiga bog‘liq xolda multimediali trafik ikkita asosiy toifaga bo‘linadi. Real vaqt masshtabida foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun multimediali xizmatlarni taqdim etadigan, real vaqtdagi trafik. Elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlarga bazasini masofadan turib boshqarish va boshqa shu kabi zamonaviy telekomunikasiya tarmoqlarda xizmatlar bilan ta’minlab beradigan oddiy ma’lumotlar trafigi. Real vaqt trafigini generasiya qiladigan xizmatlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: IP – telefon, yuqori sifatdagi ovoz, video telefon, video konferensiya, masofadan turib tibbiy yordam ko‘rsatish (tashxis qo‘yish, monitoring, konsultasiya), video monitoring, keng qo‘yiladigan video, raqamli televideniya, radio va televizor dasturlarini ko‘rsatish. Download 207.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling