O’quvchilar nutqini o’stirish tizimida sintaktik ishlar.
So’z birikmasi ustida ishlash.
Tilde leksik (so’z), sintaktik ( so’z brikmasi va gap) va bog’lanishli nutq saviyalari ajraladi. Shu mazmunda so’z birikmasiga leksik saviyadan sintaktik saviyaga o’tish halqasi sifatida qarladi.
So’z birikmasi leksik – Grammatik birlik bo’lib , tugallangan fikr ifodalamaydi va bu bilan gapdan farqlanadi. So’z birikmasi nutqda gap chida ishlatiladi.Bolalarda so’z birikmasini o’rgatish fikr elementi ustida ishlash hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi ustida ishlashda quydagi mashq turlaridan foydalaniladi:
Bosh so’zdan ergash so’zga savol berish, so’zlarni o’zoro bog’lanishini anuiqlash. Masalan, Anvarjon yaxshi o’qiydi. Kim (o’qiydi) ? – Anvarjon.(Anvarjon )nima qiladi ? - o’qiydi. Qnday (o’qiydi) ?- yaxshi. Yaxshi o’qiydi - soz brikmasi.
Gapda so’zlarning o’zoro bog’lanishini chizmada ko’satish . Bu o’quvchilarni asta -sekin murakkab qurilmalarni tuzishga o’rgatadi.
Matnda uchragan so’z birikmasining ma’nosini tushuntirish .
Matnda yoki faoliyat jarayonida uuuchragan yangi so’z bilan so’z birikmasi tuzish. Mashqlarni bu turi so’zning ma’nosini chuqur tushinishga va undan o’z nutqida foydalanishga yordam beradi.
So’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’z birikmasi tuzish. Otso’z turkumi o’tilganda ot va sifat bilan (jonajon Vatanim ) , ot va boshqa ot bilan( maktab bog’i); fe’l o’tilgan , ot va fe’l bilan ( kinoga bordi, maktabda bo’ldi , uydan keldi ) kabi so’z birikmalari tuziladi .
So’z birikmasida yo;lqo’yilgan xato gap tuzishda ham xatoga olib keladi , shuningb uchun uning oldini olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |