Kirish mustaqil O’zbekistonning


Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqini o’stirish


Download 67.13 Kb.
bet4/9
Sana09.01.2022
Hajmi67.13 Kb.
#261671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH Mustaqil O

2.Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqini o’stirish.

Ona tili - nutq, o’qish va yozish ko’nikma va malakalar o’quvchilar o’quv ta’limining asosiy mezoni hisoblanadi . Bola tilini yaxshi bilishi va unda og’zaki va yozma nutqda o’z fikrini ifodalay olishi lozim . Yozma nutqni o’stirish vazifasi ona tili fani o’qituvchisi zimmasiga yuklatiladi . Xo’sh o’zi yozish nima? Yozish - bu to’g’ridan -to’g’ri suhbatdoshsiz nutq , uning maqsadi yozuvchi tomonidan aniq belgilanadi.Va shuning uchun yozma boyonot ustidan nazoratning butun jarayoni , o’quvchini tuzatmasdan , yozuvchining qo’lida qoladi . Yozma nutqdaifoda etilgan barcha ma’lumotlar tilning barcha vositalaridan to’la -to’kis foydalanishga asos bo’lishi kerak, chunki uning ekstralvatsion qo’shimcha vositalari deyarli yo’q.

Muloqot holati adresatini bilishni anglatmaydiva nutq bilan aloqa qilmaydi, yuz ifodalari, imo- ishoralar , intonatsiya vositalariga ega emas. 2.1. Yozma nutq haqida tushuncha. Yozma nutq deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat bo’ladi.

Yozma nutq muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o’rtasida muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozma nutq - kishilik jamyati madaniy taraqqiyotining tom manodagi ibtidosi , bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozma nutq og’zaki nutqdan ancha keyin paydo bo’lgan (og’zaki nutq 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan , yozma nutq esa 4-5 ming yillar oldin yuzagz kelgan).Og’zaki nutqning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan chegaralanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozma nutqning paydo bo’lishiga olib kelgan . O’g’zaki nutq talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to’lqinlari yetib borishi mumkin bo’lgan 0 kishi uchungina mavjuddir . Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo’lishin inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan , natijada belgilardan iborat yozma nutq dunyoga kelgan . 2.1. Yozma nutqni o’rgatish metodikasi.

Yozma nutqni o’rgatish og’zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi . Chunki u o’quvchilardan Grammatik va mazmun jihatdan to’g’ri jumla qurishni , har bir so’zni o’z o’rnida to’g’ri qo’llashni , fikrni ixcham izchil ,ifodali ,uslub jihatdan soda va ravon ifodalashni , bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi.

Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi.

Yozma nutqning yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni tekshirish , tuzatish , takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og’zaki nutqga qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O’quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi , ularni bartaraf etadi , keying ishlarida bu xato va kamchiliklariga yo’l qo’ymaslikka intiladi.

O’qituvchi shuni unutmasligi lozimki , ko’pincha o’quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e’tibor berib , matnning ustida yetarlicha ish o bormaydilar. Matnlarda ko’pincha mavzuga aloqasi bo’lmagan fikrlar ustunlik qilib , asosiy fikr chetda qoladi . Shuning uchunona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar diqqati faqat imlo tinish belgilariga emas , balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo’lishi , materialning to’g’ri joylashtirilishi , fikrning nutq sharoitiga mos holda to’g’ri bayon qilinishiga ham e’tibor berilishi lozim.

Ona tili mashg’ulotlarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki , o’quvchi yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu o’z nutqini takomillashtirib borishiga ilhom baxsh etadi.

O’quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar , fikr mahsulini sharoitga mos ravishda og’zaki , yozma shakllarda to’g’ri , ravon ifodalay olsalar, demak ona tili mashg’ulotlari samarali o’tgan bo’ladi.

O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi , viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tekshirish natijaslari , shuningdek shaxsiy kuzatish va tajribalarimiz bizni o’quvchilar nutqining rivojlanganlik darajasi hali talabga javob bermaydi degan xulosaga olib keladi. Bolalar maktabda o’qish davomida 750 dan ziyot har xil gramatik tushuncha va ta’riflarga duch keladilar , 6500-7000 atrofida turli hajm va murakkablikdagi topshiriqlarni bajaradilar , ammo ularning nutqida sezilarli o’zgarishlar ko’zga tashlanmayapti. Ko’pchilik o’quvchilar ijodiy fikrlash , fikr mahsulini og’zaki va yozma ravishda to’g’ri ifodalashga qiynaladilar; o’zbek adabiy tilining boy imkoniyarlarini nutqiy jarayonlarda qo’llay olmaydilar. Buning sabablarini aniqlash uchun bolalarning nutqy taraqqiyotini belgilovchi omillar ; ularning so’z boyligi , so’z va so’z brikmalaridan gapda o’rinli foydalanish mahorati , gapni Grammatik jihatdan to’g’ri qurish malakalari , fikrni turli nutq uslublarida to’g’ri ixcham , ravon , tushunarli bayon qilish ko’nikmalari kabilarnini alohida -alohida tahlil qilishga to’g’ri keladi.

O’quvchi nutqining muhim ko’rsatkichlaridan biri uning so’z boyligidir.Pedagogik adabiyotlarda berilgan ilmiy ma’lumotlarga qaraganda , 2 yoshli bolalar 30 dan 100 gacha , 4yoshli bolalar 1000 dan 4000 gacha , 7 yoshli bolalar 3000 dan 7000 gacha ,10-11 yoshli bolalar 8000 dan 15000 gacha , 14-15 yoshdagilar 11000 dan 18000 gacha so’zlarni bilishi lozim . Ammo , afsuski , ona tili mashg’ulotlarida fikrni og’zaki va yozma shaklda bayon qilish zaruriyati tug’ilganda o’quvchilarda so’z qashoqligi darrov sezilib qoladi. Nutqda so’zlarni takroriy qo’lash , berilgan so’zni uning ma’nodoshi , uyadoshi , qarama -qarshi ma’noligi bilan almashtira olmasligi , ma’lum bir sohaga qarashli so’zlar lug’atini tuzishda uchraydigan qiyinchiliklar , shubhasiz , o’quvchilarning so’z boyligi yetarli emasligidan dalolat beradi.

Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar nutqining rivojlanishini qiyinlashirayotgan omillardan yana birio’quvchilarning uyda , ko’chada yoki sinfdan tashqari paytlarda tojik ,turkman, qirg’iz yoki boshqa ( sheva ) tilde so’zlashib , maktabda o’zbek tilida dars olishidir. Etnografik malumotlar shuni ko’rsatadiki , jumhuriyatimiz hududida juda ko’p tojiklar , turkmanlar ,qirg’izlar qozoqlar yashaydi. Ularning ko’pchiligi uyda tojik ,turkman , qirg’iz va hokazo tilde so’zlashib , maktabda o’zbek tilida o’qishidir . bBu hol , shubhasiz , oquvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holdao’z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatini cheklaydi.

Yuqorida sanab o’tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmunan bo’shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota - onalarning bola nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.

Xullas o’quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo’lib ,unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta’lim mazmuniyoki o’qituvchigagina bog’liq emas . Barcha imkniyatlar to’laligicha ishga solinsagina fikrni og’zaki va yozma ravishda to’g’ri , ravon ifodalashga o’rgatish oson kechadi.O’quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo’l ochadi.

Bizga ma’lumkib o’quvchi bir xillikdan zerikadi. Shuning uchun ularning nutqini o’stirishda doimo har xil metod va o’yinlardan foydalanish lozim .

Yozma nutq yozma matn shaklida o’rnatilgan visual idrok uchun ochiq bo’lgan shakllarda amalga oshiriladi , buesa unga nisbatan ko’proq erkinlik beradi .

Og’zaki va yozma nutqning har zil turlari mavjud . Og’zaki nutq so’zlashuuv nutqi , suhbat yoki ommaviy nutq ,ma’ruza , hisobot bo’lishi mumkin . Yozuv ham juda xilma -xil ; bular ilmiy risolalar , monografiyalar ,maqolalar va epistolyar janrdagi asarlar. So’ngi paytlarda texnologik taraqiyotning rivojlanishi va aloqa vositalarining yaxshilanishi munosabati bilan nutqning yangi turi paydo bo’ldi - yozma shaklda , ammo mazmuni va xususiyatlari bo’yicha og’zaki nutqga yaqin .

O’zbekiston Respublikasi “ Davlat tili to’g’risida “ gi , “Ta’lim to’g’risida’ gi qonunlari , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ hamda “ 2004 - 2009- yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” ga muvofiq va so’ngi yillardagi ta’lim tizimidagi tub islohatlar natijasida hamda johon tajribasini o’rganish natijasida boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitish darslariga yangidan - yangi vazifa va tafsiyalar berilmoqda.

Ona tilini o’qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy mustaqil , o’z fikrini erkin va ta’sirli , mazmunli va mantiqli qilib yozma va og’zaki shaklda ifodalashga , o’zbek tili qonun - qoidalarini ongli o’zlashtirishga o’rgatish , shuningdek ular fikr doiralarini kengaytirishga , ona yurtimizga , avlod ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviyatimizga , milliy urf odatlarimizga mehr muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Boshlang’ich ta’lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o’quvchilarni ona tili ta’limi sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar standart mezon orqali aks ettiriladi :

1. O’qish texnikasi

2. O’galar fikrini va matn mazmunini anglash

3. Fikrni yozma bayon etish malakasi

O’quvchilar shu parametrlar asosida bilim , ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi kerak.

Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o’qiishning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi:



  1. O’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatish;

  2. O’z fikrini o’zbek tili qonun qoidalariga muvofiq ravishda og’zaki va yozma ifodalay olish;

  3. Bir ma’noni turlli shakllarda bera olish ko’nikmalarini shakllantirirish , so’zlardan o’rinli foydalanish;

  4. Dunyoni bilishda ona tilining ahamyatini singdirish kabilar shular jumlasidandir.

Shuningdek boshlang’ich sinf ona tili ta’limi o’quvchilarga nutq faoliyatining asosiy turlarinui o’qitish bilan bir qatorda , quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko’zda tutadi.

  1. Bolalarda axloqiy va estetik tasavurlarni shakllantirish

  2. Bolalarga atrof - muhit ,kishilar , tabiat va jamyat haqida tushuncha berish ;

  3. Nafosat hissini tarbiyalash

  4. Mantiqiy taffakur yuritishga o’rgatish

  5. O’quv mashg’ulotlariga , bilim manbai bo’lgan kitobga qiziqish uyg’otish

Ona tili o’qitishning mazmuni va metodlari o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish , ko’nikma va malakalarini hosil qilishga ko’maklashishi lozim.

Mazkur maqsad va vazifalarni to’laqonli bajarish uchun o’qituvchi faqat dars bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Darsdan tashqari paytlarida ham muntazam ish olib borishi yaxshi naija beradi.

Tilni o’rgatishga doir tadbirlar , to’garaklar , maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan qo’shimcha darslar , sinfdagi iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash kabilardan unumli va mazmunli foydalanishi kerak.

O’quvchilarga til ta’limini singdirishda ularning yosh va bilim darajalarini hisobga olish zarur. Chunki 2- sinf o’quvchisiga 4-sinf hajmidagi bilimni berilsa o’quvchi buni hazm qila olmaydi va o’zlashtira olmaydi ham. Aksincha 4- sinf o’quvchisiga 1-2- sinfdagi bilimlar berish bilan cheklanib qolinsa bu ham o’quvchi uchun zerikarli bo’ladi. Natijada o’quvchilarda tilni o’rganishga bo’lgan havas , qiziqish rivojlanish o’rniga pasayadi .

Boshlang’ich sinf o’quvchisi DTS larida berilgan me’yoriy majburiy ta’lablarni bilishlari kerak . 1-4- sinflarda o’quvchilarning bilim , ko’nikma va malakalariga quydagi asosiy talablar qo’yiladi:

1-sinf


Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi

Miqdoriy ko’rasykich : 15-20 so’zdan iborat diktant yoza olish .

Talablar:


  1. Imlo xatolariga yo’l qo’ymaslik;

  2. Ijodiy matnning mantiqiy jihadan izchilligi;

Diktant turlari : Lug’at diktant , izohli diktant ,nazorat diktanti .

Miqdoriy ko’rsatkich : 2-3 sodda matnni ( fikr ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida yaratish.

Talablar :


  1. Matndagi gaplarni mazmunan o’zoro bog’liqligi , aloqadorligi , ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashish;

  2. Harf va tinish belgilarini to’g’ri yozish ;

  3. Harflarni bir –biridan uzmay yoza olish;

  4. So’zlar orasidagi oraliqni to’g’ri belgilash;

Matning xarakteri :

O’quvchiga tanish bo’lgan va ko’z oldiga keltira oladigan buyum va manzara , voqea - hodisalar asviri.

O’quvchilar yozma nutqi ustida ishlash.

Hammamizga ma’lumki bugunki kunda ona tilini yaxshi o’zlashtirmasdan hech bir fanni mukammal egallab bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan yangi tahrirdagi DTS lari asosida o’quvchilarga puxta bilim berish uchun 1-2-sinflarda haftasiga 4 sotdan , 3-4- sinflarga esa hafytasiga 5 soatdan vaqt ajratilgan.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ona tilidan bilim va malakalarni hosil qilish ishlari asosan yozuv darslarida amalga oshiriladi va shu bilan birga ularning yozma nutqini o’stirish ustida ham ish olib boriladi . Yozuv darslarining mazmuni ona tili dasturini va maktab oldiga qo’yilgan talablar asosida belgilanadi .

Yozuv darslarini tashkil etishda pedagogic va metodik tafsiyalar inobatga olinadi. Yozuvdarslari va unga qo’yilgan talablarni belgilashda metodika fani sohasidagi yangiliklar , boshlang’ich sinflarda ishlayotgan tajribali o’qituvchilar tajribalari asosida shakllantiriladi.

O’quv tarbiya ishlarida ko’zlangan maqsadga yetishish uchun o’quvchilarda quydagi sifatlarni shakllantirib boorish zarur:

1.Gapdagi so’zlarni o’xshash tomonlariga ko’ra taqqoslab olish.

2. So’zlar nimani anglatishiga ko’ra turkumlarga ajratish .

3. O’qituvchi tafsiya qilgan yoki o’zi tuzgan reja asosida fikrlarini og’zaki yoki yozma bayon eta olish.

4. Gaplarda Grammatik tushunchalarni , orfografik qoidalarni ifodalay olish.

5. Darslikdagi turli mashqlar va topshiriqlarnibirgalikda muhokama qilgandan keyin uni bajara olish.

Ona tili darslari savodli yozuv va yozma nutqni o’stirish darsi hisoblanadi. Shuning uchun ham yozma ishlarga katta ahamyat beriladi. Darsning uchdan ikki qismida o’quvchilar Grammatik , orfografik va nutqiy yozma ishlarni bajaraladilar.

Shuning uchun grammatik , orfografik bilimlarni o’zlashtirish uchun qunt bilan ishlashga to’g’ri keladi. Kuzatishlardan ma’lumki , darslarda o’quvchilarning osoyishta va mustaqil ishlarini ta’minlagan o’qituvchi ularning savodli bo’lishiga erisha oladi .

Bunday darslarda ko’rgazmali qurollar , didaktik materiallar , texnika vositalaridan foydalanish o’z o’rnida bo’ladi . O’quvchilarning dars jarayonlarida yo’l qo’ygan xatolarini sekin yotig’i bilan tushuntirish lozim . O’quvchi shundagina yozuvida yo’l qo’ygan xatosini tushunib oladi va uni tuzatishga harakat qiladilar , bilimlarni o’zlashtirishga qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarini bajargan ishlarini o’z vaqtida baholab boorish katta ahamyatga ega .

Boshlang’ich sinf ona tili darslaridagi manbalar oz bo’lsada izlanish metodi bilanishlashni taqozo etadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida mashq shartini o’qib unda talab etilgan topshriqlarni aniqlaydilar savollarga javob qidiradilar undagi fkrlarni umumlashtiradilar, mashqlarni bajaradilar. Umumlashtirish va hulosalar asosida qoidalar ishlab chiqadilar.

Umuman ona tili darslarini to’g’ri va qiziqarli tashkil etilishi o’quvchlarni darsga bo’lgan qziqishlarini orttiradi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida yozma nutqni o’stirishda o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan ayrim xato yurlari va ulrning kelib chiqish sabablari.



Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozuvlarida turli xatolar uchrab turadi . Bu uchraydigan xatolarni quydagi turlarga ajratish mumkin.

  1. Grafik xatolar . Grafik xatolar harf shakllarimnin o’xshata olmaslik , harflarni o’rnini almashtirib yozish, talaffuzi o’xshash undoshlarni aniq ajratmaslik natijasida yozuvda biror harf o’rniga ikkinchisini ishlatish biror tushurib qoldirish kabi xatolar uchraydi

  2. Fonetik xatolar .Bunday xatolar so’zlarni to’g’ri talaffuz qila olmaslik , sheva va dialektlar tasirida bo’ladi. Fonetik xatolar asosan quydagi ko’rinishda bo’ladi

  1. Dialekt va sheva xatolari .

  2. Assimilatsiya hodisasi natijasida.

  3. Dissimilatsiya hodisasi natijasida.

  4. Tovushlar almashuvi natijasida.

Masalan:1. Borgan edi - boruvdi . ( sheva xatolari) 2. Piyolaga - piylaga .( Assimilatsiya hodisasi)

  1. Go’sht - gosh .G’isht - g’ish.

  2. Devor - devol. ( Tovushlar almashuvini)

  1. Morfologik xatolar .

  1. So’zning manosinitushunmaslik

  2. Grammatik qoidalarni bilmaslik .

  3. Orfografik qoidalarni unitish.

  4. Parishon xotirlik .

  5. Mexanik xatolar .

Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilni ahamiyati katta bir necha gapni orfografik jihatdan to’la tahlil qilish kerak. Bu bilan o’quvchilar so’z ma’nosi va uning imlosini puxta o’zlashtirib oladilar. O’quvchilarning to’g’ri , xatosiz yozishga o’rgatish va yol\’l qo’yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quydagilarga e’tibor berish kerak:

  1. Eng avvolo o’quvchilarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish. Ya’ni so’z aytilganda tovushlarni aralashtirmay , tovush tushirib yoki orttirib talaffuz etmaslik . Masalan kitob o’rniga kitap , ruchka o’rniga yuchka, to’rt o’rniga to’r deyishiga yo’l qo’ymaslik.

  2. Har bir darsda ko’pchillik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar doskada ko’rsatilib , tuzatiladi.

  3. Ayrim o’quvchilar uchun tegishli bo’lgan xatolar o’sha o’quvchi bilan birgalikda tuzatiladi.

  4. Agar o’quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa va buxatoni ana shu qoidani takrorlash bilan tushintirish kerak bo’ladi.

To’la savodzonlikka erishishning muhim omillaridan biri , o’quvchilar nutq madanyati ishlash , ularni og’zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va tuzatishdan ibora . Shuning uchun 1-4- sinf o’quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay , balkin yozma ishning barcha turlari ustida mashg’ulotlar olib borish zarur va o’quvchilar fikrini keng ko’lamda va xilma xil ravishda bayon ta bilish qobilyatini o’stirish lozim.


Download 67.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling