Kirish Mustaqillikning dastlabki kunlaridan komiol insonni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor soxasi dep e’lon qilindi. Chunki shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi zamonda ongi yuksak, mustaqil fikirlaydigan,xulq atvori


Bixeviorizm asoschilarining tafakkur haqidagi nazariyalari


Download 42.82 Kb.
bet5/6
Sana08.06.2023
Hajmi42.82 Kb.
#1464770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tayın emes

2. Bixeviorizm asoschilarining tafakkur haqidagi nazariyalari.

Amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda. Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi.


Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she'rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub'ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o’rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi, chunki she'rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj. Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaralgan.
Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo‘linishiga nisbatan yondoshuvlarning ko‘pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining dastlabki bosqichi umumlashtirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda bolaning birinchi umumlashtirishlari amaliy faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o‘zaro o‘xshash jismlar bilan bajaradigan bir xildagi harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining dastlabki yilining oxiriga kelib namoyon bo‘la boshlaydi. jismlarning alohida xossalarini bilgan holda ikki yoshli bola ma’lum amaliy masalalarni echa oladi. xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola narsalar solingan og‘ir qutini joyidan surish uchun narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra zarur harakatni amalga oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir jismdan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. lekin ko‘p hollarda jism va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha jismlarga nisbatan qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.
Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha so‘zlar bilan atashi mumkin. bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi.
Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog‘liqligidan iborat. bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir.
Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. ontogenetik yo‘nalish bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba yo‘nalishi tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko`ra bilish va kuya bilishda, undan sung esa uni o`z kuchi bilan echa bilishda nomoyon bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o`z ifodasini topgan.
Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, masalani echishning boshda belgilangan yo`li (rejasi) astasekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo`lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni o`zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilingan hollarda talab qilinadi.
Tafakkurning yuqorida ko`rsatilgan barcha va boshqa juda ko`p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog`liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan qat`iy nazar, muhim tomonlarni ajaratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iborat
Ko'rgazmali obrazli tafakkur inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko'rgazmali-obrazli-tafakkur deb ataladi. Tafakkurning mazkur ko'rinishi 4-7 yoshgacha bo'lgan bolalarda namoyon bo'ladi. Bog'cha yoshidagi bolalarda ko'rgazmali harakat tafakkurning amaliy elementlari ko'rgazmali obrazli tafakkur bosqichiga o'tgandan so'ng ham saqlanib qoladi, lekin u o'zining yetakchi rolini yo'qota boshlaydi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar jism va predmetlar bilan tanishayotganda analitik-sintetik faoliyatdan foydalanib ish ko'rayotganda ularni qo'l bilan ushlab ko'rishga, ichki tuzilishi bilan amalda tanishishga intilmaydilar. Chunki ko'p hollarda ulardan amaliy harakat qilish talab qilinmaydi. Lekin bu ular jism va predmetlarni, ob'yektlarni aniq va to'liq idrok qilish, yaqqol tasavvur etish imkoniyatidan mustasno qilinadi, degan so'z emas, albatta. Bog'cha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo'lmaganliklari uchun bilish faoliyatida asosan ko'rgazmali-obrazlarga suyanib fikr yuritadilar, muloshaza bildiradilar, hukm chiqaradilar. Yuqoridagi fikrimizni tasdiqlash uchun shvesariyalik psixolog Jan Piaje tajribalariga murojaat qilamiz. U 6-7 yoshdagi bolalarga xamirdan bab-baravar qilib yasalgan ikkita zuvalachani ko'rsatadi, shu zashotiyoq tekshiriluvchilar ularning bir-biriga teng ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Tajribaning ikkinchi bosqichida zuvalachaning bittasi non shakliga keltiriladi, bu holatni o'z ko'zlari bilan kuzatib turgan bolalardan so'ralganda, ular zuvalacha hajmining o'zgarishiga qarab tenglik buzilgan deb javob berganlar. Ushbu holat bog'cha yoshidagi bolalarda ko'rgazmali- obrazli tafakkur bevosita va batamom ularning idrok jarayonlariga bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko'zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e'tibor qiladilar. Lekin ularni ichki bog'lanishlari, o'zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim, asosiy sifatlariga ashamiyat bermaydilar. Ob'yektlarni fazoda joylashgan o'rni, tashqi nomuhim belgisi ularning ko'rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlar bo'yining baland va pastligi ularning yoshini (ulug'ligini) belgilaydilar.
Tajribaning ikkinchi bosqichida zuvalachaning bittasi non shakliga keltiriladi, bu holatni o'z ko'zlari bilan kuzatib turgan bolalardan so'ralganda, ular zuvalacha hajmining o'zgarishiga qarab tenglik buzilgan deb javob berganlar. Ushbu holat bog'cha yoshidagi bolalarda ko'rgazmali- obrazli tafakkur bevosita va batamom ularning idrok jarayonlariga bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko'zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e'tibor qiladilar. Lekin ularni ichki bog'lanishlari, o'zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim, asosiy sifatlariga ashamiyat bermaydilar. Ob'yektlarni fazoda joylashgan o'rni, tashqi nomuhim belgisi ularning ko'rgazmaliobrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlar bo'yining baland va pastligi ularning yoshini (ulug'ligini) belgilaydilar.
K. K. Platonov fikriga ko'ra vazifaning shal qilinishi tafakkur harakatini yakunlaydi. Biroq topilgan masala yechimi yangi tafakkur harakatlarini vujudga keltirishi, beto'xtov fikr yuritish jarayonlari bilan ta'minlaydigan yangi savollarni tug'dirishi ehtimol.
Ijodiy tafakkur jarayoni mavjud bilimlarga, bog'liqdir. Shu narsani alohida qayd qilib o'tish kerakki, o'zaro aloqa qilishda tafakkur muhimroq, mavqeliroq o'rin tutadi. Hozirgi zamon ta'limi oldida turgan asosiy maqsad, o'quvchi yoki talaba shaxsini bilimlar bilan qurollantirish emas, balki ularni fikr yuritish faoliyatiga o'rgatishdan iboratdir.
Ayrim kishilarning tafakkuri o`zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatdan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatdan turli davrlarda turlicha namoyon bo`ladi. Bular tafakkurning sifatini tashqil qiluvchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi avvalo u yoki bu narsalar, hodisalar to`g`risidagi
voqelikning u yoki bu, muhokamalar va tushunchalarda odamlarning ongida qanchalik o`rin olganligidan kelib chiqadi. Fikrning chuqurligi uning mazmundorligini ta`minlaydi. Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning kengligi bilan chambarchas bog`langan. Voqelikning eng ko`p sohalarini o`z ichiga olgan, hozirgi vaqtni, uzoq utmishni va uzoq kelajakni o`z ichiga olgan tafakkurni biz keng tafakkur deymiz. Odam o`z oldiga yangi vazifalarni qo`yishda o`zi tashabbus ko`rsatib, shu vazifalarni boshqa odamlarning yordamisiz, o`zining alohida yo`llari bilan hal qilaversa, bu odamlarning tafakkuri mustaqil tafakkur bo`ladi. Tafakkurning tanqidiyligi o`zgalarning yoki o`zlarining fikrlarini haqiqatga mos bo`lishi - bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera olishda ifodalanadi. Tafakkurning tezligi qo`yilgan savollarga juda tezlik bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab o`quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan: ayrim yaxshi o`quvchilarni doskaga chiqarib, ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf oldida o`zlarini yo`qotib qo`yadilar. Bu salbiy emotsiyalar go`yo ularning tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez - tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Maktab o`quvchilarning tafakkuri hali juda katta va etarli foydalanilmayotgan zaxira hamda imkoniyatlarga egadir. Psixologiya va pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda ijodiy qilishdan iboratdir.
Xulosa.
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, hissiy bilish samarali bo`lmay qolgan hollarda tafakkur boshlanadi. Tafakkur hissiy bilish idrok qilish imkonini bermaydigan voqea, hodisalarni ham o`rganish imkonini beradi. Masalan, yorug`lik tezligini o`lchash, o`rganish, uning xossalaridan foydalanish faqat tafakkur orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir.Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi ? qachon biz fikrlab boshlaymiz ? Biz doimo fikrlamaymiz agar vaziyat bizga tushunarli bo`lsa, yetarli hamma ma`lumot va vositalarga ega bo`lsak biz o`ylamaymiz tafakkur jarayoni muammo paydo bo`lsa, muammoli vaziyatda paydo bo`ladi. Muammoli vaziyat - biror masalani echish uchun zarur bilimlar, vosita yoki ma`lumot, malakalarning etishmasligi bilan bog`liq bo`ladi. Muammoli vaziyatda bizning avvalgi vosita va usullarimiz yetishmay qoladi. Shu sababli oddiy, tushunarli, o`zida yangilikni aks ettirmaydigan ma`lumotni eshitayotgan talaba va o`quvchi fikrlamaydi. Ularni fikrlashga undash uchun muammoli vaziyatlar yaratish lozim.
Kelib chiqishi va rivojlanishi bo`yicha tafakkur ijtimoiy tabiatga ega. Chunki bilishning barcha vositalari, usullari va manbaalari inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklar bilan bog`liqdir. Odamning aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida to`plangan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida amalga oshadi. Bu yerda shaxsning faolligini inkor qilmaymiz. Mavjud, tayyor bilimlarni o`zlashtirish boladan fikriy zur berish, ijodiy ishlash, yangilik ochishni taqoza qiladi. Aks holda o`zlashtirilgan bilim yuzaki, mexanistik bo`lib qoladi.

Download 42.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling