I bob. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning umumiy qoidalari va asosiy vositalarni baholash qoidalari
1.1. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning umumiy qoidalari
Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq
vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida
ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy
aktivlardir (BXMA №5 ning 7-bandi). Asosiy vositalarga binolar, inshootlar,
transport vositalari, uzatuvchi moslamalar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari
va h.k. kiradi. Fermer xo’jaliklarida mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko’p yillik
daraxtlar va h.k. ham asosiy vositalar tarkibiga kiradi. Asosiy vositalarga yerlarni
meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan kapital sarflar ham kiradi.
Fermer xo’jaliklarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish va ular bilan
ta’minlanish darajasini oshirish, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
oshirish bo’yicha tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar mavjud bo’lib, ularning bitiruv
malakaviy ishini bajarishda foydalanilganlarini ko’rib chiqamiz.
1. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. Buxgalteriya hisobi to’g’risida. 30.08.1996.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog’liq
munosabatlar ushbu Qonun hujjati bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonun 24
moddadan iborat bo’lib, unda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari (2–
modda), buxgalteriya hisobi subyektlari (3-modda), buxgalteriya hisobi obyektlari
(4-modda), buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish (5-modda),
buxgalteriya hisobini tashkil etish (7-modda), boshlangich hisob xujjatlari (9-
modda), buxgalteriya hisobi registrlari (10-modda), daromadlar va xarajatlarni
hisobga olish (1 3-modda), xususiy kapitalni hisobga olish (14-modda), moliyaviy
hisobot (1 6-modda), moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi (19-modda) kabilar
alohida moddalarda belgilab berilgan. Qonunning 13–moddasi «Daromadlar va
xarajatlarni hisob olish» deb atalib, bunda daromadlar va xarajatlar, to’langan vaqti
va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davri taalluqli bo’lsa, o’sha hisobot
davrida aks ettiriladi, deb yoritilgan.
2. O’zbekiston Respublikasi 5-son BHMS “Asosiy vositalar”. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 09.10.2003 y. 114-son buyrug’i bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 20.01.2004 y. 1299-son bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |