Kirish. Nazariy qism. Kislorod konverter jarayoni. Konverter jarayonining asoslari va maqsadlari


Po‘lat quyishda hosil bo‘ladigan shlaklarning asosiy xususiyatlari va komponentlari


Download 150.5 Kb.
bet2/7
Sana19.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1363828
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nazariy qism

Po‘lat quyishda hosil bo‘ladigan shlaklarning asosiy xususiyatlari va komponentlari.
Po‘lat quyish jarayonida shlak muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri tanlangan shlak rejimi po‘lat quyish agregatlarining yuqori ishlab chiqarish unumdorligini va kerakli miqdorda po‘lat olishni ta’minlaydi.
Po‘lat quyishda hosil bo‘lgan shlaklarning asosiy komponentlari metallik shixtaning elementlarini oksidlanishidan hosil bo‘lgan SiO, Mn, Cr, Fe, P va boshqalar, hamda po‘lat quyish agregatlariga ohak, ohaktosh, temir rudasi, aglomerat, boksit, magniy va xrom oksidlari bilan birgalikda kelib tushadigan Ca, Si, Fe, Al oksidlari; issiqqa chidamli qoplamalarning emirilish natijasida va asosli po‘lat quyish agregatlarning tubining erishi, xamda nordon pechlardagi kremnezemlardir. Bu birikmalar o‘zaro ta’sirlanib silikatlar,alyumosilikatlar, shpinellar, fosfatlar hosil qiladi. Shlakda metall sulfidlari ham mavjud. Silikatlar va alyumosilikatlar minerallarning umumiy yig‘indisining 70%, shpinellar -15%, azot oksidlar va turli minerallar -15 % ni tashkil qiladi.
Shlaklarning tarkibida eritish davrida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Asosli marten pechlarida po‘lat eritish vaqtida eritish davrining boshlanishida shlakda Si, Mn, Fe larning yuqori konsentratsiyasi kuzatiladi. Erish davrining oxiriga kelib kalsiy oksidining konsentratsiyasi ortib ketadi.
Pechga temir rudasi va oxak kiritilgandan keyingi eritishni me’yoriga etkazish davrida shlakning tarkibi sezilarli darajada o‘zgaradi. Pechning tubi va yonbog‘ining emirilishi natijasida magniy oksidining konsentratsiyasi ko‘tariladi.
Po‘lat quyishda hosil bo‘lgan shlaklarning asosliligi uning muhim texnologik xarakteristikasi hisoblanadi. Uni (SaO/SiO2) nisbat yoki (CaO)/(SiO2+P2O5) nisbati orqali aniqlanadi. Keyingi nisbat orqali tarkibida ko‘p miqdorda (1,4-1,6%) fosfor bo‘lgan cho‘yan va yuqori miqdorda (1,4-1,6%) P2O5 bo‘lgan shlak aniqlanadi.
Po‘lat quyishda hosil bo‘lgan shlaklarning asosiy oksidlari bu CaO, SiO2 va FeO lardir. Ularning birinchisi asosli shlaklarning xususiyatlarini aniqlaydi, ikkinchisi- nordon, uchinchisi-shlaklarning oksidlovchi xususiyatini belgilaydi. Nordon shlaklarda 55-60% gacha SiO2, asoslilik birdan kam. Asosli shlaklarda SiO2 15-30% gacha, SaO-45-50% gacha, asoslilik (CaO/SiO2)-2,0-3,5 % gacha bo‘ladi.
Shlaklar quyidagi muhim funksiyalarni bajarish kerak:

  • Po‘lat quyish pechlarida kimyoviy reaksiyasiningyo‘nalishini boshqarishi kerak;

  • Metall vannasining kerakli bo‘lgan issiqlik uzatish tezligi va kislorod bilan to‘yinishini ta’minlashi kerak;

  • Zararli qo‘shimchalar bo‘lgan S va P ni yo‘qotish uchun qulay sharoitlar yaratish kerak;

  • Metall vannasi orqali ko‘p miqdorda zararli gazlarni (vodorod azot) yutilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

  • Metall vannasidan metallmas qo‘shimchalarni yutishi; metall vannasidagi temir va qimmatli qo‘shimchalarni kimyoviy birikma ko‘rinishida (oksid ko‘rinishida) ko‘p miqdorda yo‘qotilishini oldini olish.

Bunday funksiyalarni p.q.x.b. shlaklar quyidagi sharoitlarda bajarishi mumkin:

  • Nursimon energiyani yutuvchi xususiyatini xarakterlovchi qoralik darajasi;

  • Metall vannasini qizish tezligini aniqlovchi-issiqlik o‘tkazuvchanlik;

  • Jarayon kinetikasiga ta’sir qiluvchi qovushqoqlik;

  • Vanna yuzasiga chiqayotgan metallmas qo‘shimchalarni yutilish jarayonini aniqlovchi – shlak yuzasining tortilishi.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling