Kirish Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi
Download 96.27 Kb.
|
Valyuta siyosati
Valyuta kurslari rejimi. Xalqaro amaliyotda valyuta kursining quyidagi rejimlari mavjud:
qat’iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o‘z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda, ma’muriy tarzda, milliy valyuta kursini qat’iy belgilab qo‘yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat’iy belgilangan kurslar rejimi; kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda, davlat o‘z iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma’lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo‘ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi; valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifining o‘zgarishi asosida erkin tebranadigan kurslar rejimi va ularning turli ko‘rinishlari. Bunga, Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Valyuta kursi – xalqaro savdo, kredit va kapital xarakatlarida; milliy va jahon bozorlari narxlarini taqqoslashda; banklar va firmalarni valyutadagi xisob varaqlarini qayta baholaganda ishlatiladi. Valyuta kursi shakllanishiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi, bular: Mamlakat iqtisodiyotidagi inflyatsiya darajasi. Mamlakatdagi inflyatsiya darajasi (boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda) qanchalik yuqori bo‘lsa milliy valyuta qadri shunchalik past bo‘ladi, va aksincha, inflyatsiya naqadar kamayib borsa milliy valyuta qadri shu qadar oshib boradi; To‘lov balansi holati. Ijobiy qoldiqga ega to‘lov balansi milliy valyuta kursining oshishiga zamin yaratsa, uning passiv bo‘lishi aksincha valyuta kursi tushishiga olib keladi; Foiz darajalari o‘rtasidagi farq. Buning ta’siri ikkita hol bilan izohlanadi: birinchidan, mamlakatdagi foiz darajalarining o‘sishi shu davlatga qisqa muddatli kapitallar xarakatini yuzaga keltirishi mumkin; ikkinchidan, foiz darajalari to‘g‘ridan – to‘g‘ri valyuta bozorlariga va ssuda kapitallari bozoriga ta’sir ko‘rsatadi. Valyuta bozorlari faoliyati va chayqovchilik bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari. Agarda, biror – bir valyuta kursi tusha boshlasa, u holda banklar va boshqa korxona – firmalar ushbu valyutadagi aktivlarini tezroq sotishga va o‘zlarining ushbu valyutadagi pozitsiyalarini yopishga xarakat qilishadi. Bu xarakat, o‘zi shundoq ham kursi pasayotgan valyutani ahvolini yanada yomonlashuviga olib kelishi mumkin; Milliy valyutaga jahon va milliy bozorlarda ishonch darajasini o‘zgarishi. U davlatning iqtisodiy va siyosiy holati bilan aniqlanadi. Chunki, valyuta dilerlari biror – bir valyuta bilan operatsiya qilishdan oldin ushbu valyuta mamlakatining kelgusidagi o‘zgarishlari dinamikasini hisobga olgan holda xulosa qiladi va keyingina operatsiyani amalga oshiradi; Milliy valyuta kursining shakllanishi ko‘p omilli jarayon hisoblangani bois, unga ta’sir qiluvchi monetar omillar xususida so‘z yuritamiz. Milliy valyutaning almashuv kursiga ta’sir qiluvchi muhim monetar omillardan biri inflyatsiya hisoblanadi. Inflyatsiya darajasining oshishi ayniqsa, talab inflyatsiyasining kuchayishi tovarlar va xizmatlar baholarining o‘sishiga olib keladi. Buning natijasida milliy valyutaning tovarlar va xizmatlarga nisbatan qadrsizlanishi yuz beradi. Inflyatsiyaning milliy valyutaning almashuv kursiga ta’sirining ikkinchi jihati to‘lov balansi bilan bog‘liq bo‘lib, inflyatsiyaning kuchayishi natijasida tovarlarning bahosi oshib, ularni eksport qilish qiyinlashadi. Natijada eksport tushumi kamayadi va milliy valyuta almashuv kursining pasayish xavfi yuzaga keladi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining o‘zgarishi muomaladagi pul massasining o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa, muomaladagi pul massasining asosiy qismini tijorat banklarining kredit emissiyasi natijasida yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Milliy valyutaning almashuv kursiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan yana biri mamlakat tashqi qarzining darajasi hisoblanadi. Tashqi qarzning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshishi to‘lov balansi holatining yomonlashishiga olib keladi. Chunki bunda xorijiy valyutalar taklifining kamayishi yuz beradi. Inflyatsiya darajasining so‘nggi yillarda barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘linganligi so‘mning almashuv kursiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, inflyatsiyaning yillik darajasi 10 foizdan oshmasa, u makroiqtisodiy o‘sish sur’atlariga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 2005-2011 yillarda mamlakatimiz tashqi savdo balansining ijobiy salьdosi miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Shuni aytish joizki, 2011 yil yanvar xolatiga tashqi savdo savdosi 1,8 baravar ko‘payganligini ta’kidladilar. Bu esa, xorijiy valyutalar taklifining oshishiga xizmat qiladi va so‘mning almashuv kursiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, valyuta kursining aniqlanishi va shakllanishi juda murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi. Hech kim valyuta kursining kelgusidagi o‘zgarishini aniq qilib aytib bera olmaydi, faqat uni mavjud iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillarni inobatga olgan holda taxmin qilish mumkin xolos. Valyuta kursi har vaqtning o‘ziga mos talablaridan kelib chiqgan holda valyuta bozoridagi valyutaga bo‘lgan talab va taklif asosida aniqlanadi. Xorijiy valyutaga talabni quyidagi omillar natijasi9 deb qarash mumkin: Tovar va xizmatlar importi uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutalar; Kapital eksportini amalga oshirish uchun. Xorijiy valyutalar taklifi bo‘lsa: Tovar va xizmatlarni eksportidan tushgan valyuta mablag‘lari; Kapital importidan keladigan valyutalar. Milliy va jahon bozorlarining tannarx ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lovchi instrument sifatida amal qilgan holda, valyuta kursi xalqaro iqtisodiy aloqalarda va ishlab chiqarishda alohida o‘rin egallaydi. Ishlab chiqaruvchi, tadbirkor valyuta kursi orqaligina o‘zini maxsuloti, xizmati tannarxini jahon bozori baholari bilan solishtiradi. Bu – alohida korxonalarning va umuman olganda davlatning amalga oshirgan tashqi iqtisodiy aloqalari natijalarini sarhisob qilishga imkon beradi. Valyuta kursi – import va eksport narxlariga, firmalarni raqobatbardoshligiga, hamda ularni daromadlariga ma’lum ma’noda ta’sirini o‘tkazadi. Chunki, valyuta kursi o‘zgarishi bilan xalqaro aloqalar sub’ekti oladigan daromad miqdori o‘zgaradi va buning natijasida uning yalpi ishlab chiqarish natijasiga ta’sir qiladi. Adabiyotlar ro‘yxati Download 96.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling