Kirish Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi
Download 96.27 Kb.
|
Valyuta siyosati
Valyuta siyosati va uning asosiy shakllari Reja: Valyuta siyosati va uning mohiyati Valyuta siyosatining maqsadi, vazifalari va asosiy shakllari O‘zbekistonda valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari Kirish Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi. Agarda, muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozoriga chiqib davlatlar o‘rtasida muomala, to‘lov va jamg‘arish vositasi sifatida ishlatilsa, ya’ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta – jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi, davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari “dollari”, Buyuk Britaniya “funt sterlingi”, Kanada “dollari”, Fransiya “franki”, Yapon “ienasi” va shu kabilardir. Bundan, muayyan bir davlatning milliy puli – uning milliy valyutasi bo‘lishi mumkin. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa – xorijiy valyutalar bo‘ladi. Masalan, AQSh dollari, Buyuk Britaniya “funt sterlingi”, Kanada “dollari”, «yevro», va shu kabi erkin muomalada bo‘ladigan valyutalar O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalar hisoblanadi. O‘z navbatida O‘zbekiston “so‘m”i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarining, mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo‘lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi va u yerda muomalada bo‘lishi chegaralanadi. Shunga ko‘ra, muomaladagi valyutalar turli maqomlarga, ya’ni erkin muomalada bo‘ladigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik(noyob) valyutalarga bo‘linadi. Bundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda jahon amaliyotida erkin muomalada bo‘ladigan valyutalar soni 60 turdan ziyod. Bundan tashqari, MDH davlatlarining valyutalari va shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “so‘m”i yumshoq valyutalar toifasiga kiradi. Ekzotik valyutalar toifasiga Quvayt “dinor”i, Gresiya “draxma”si va shu kabilar kiradi. “Valyuta” kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi orasida aloqa va o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi (funksional) shakllariga asoslangandir. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaliy (funksional) shakllarining evolyusiyasi milliy pullar rivojlanish evolyusiyasini birmuncha kechikib qaytaradi, ya’ni oltin pullardan - kredit pullarga. Bunday qonuniyat asosida jahon Valyuta tizimi XX asrga kelib bir yoki bir necha yetakchi davlatlarning milliy valyutalariga (an’anaviy yoki yevrovalyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi. Nazariyada valyuta kategoriyasi bilan bog‘liq valyuta munosabatlari tushunchasi mavjud. Xalqaro Valyuta munosabatlari – bu, valyutaning jahon xo‘jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo‘jaliklar faoliyati natijalarining o‘zaro almashuviga xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining sub’ektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari orasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar majmuidir. Valyuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bo‘lib, xalqaro kelishuvlar va davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi. Download 96.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling