7-mavzu: Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakl Asosiy savollar


Download 35.61 Kb.
bet1/6
Sana24.01.2023
Hajmi35.61 Kb.
#1116503
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-seminar


7-mavzu: Dars - ta’limni tashkil etishning asosiy shakl

Asosiy savollar:



  1. Ta’limni tashkil etish shakllari haqida tushuncha

  2. Dars va unga qo’yiladigan talablar

  3. Dars turlari va uning tarkibiy qismlari.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: talimni tashkil etish shakllari, sinf-dars tizimi, uning asosiy shakllari, dars, dars turlari, uning tarkibiy qismlari, no’ananaviy dars turlari, o’quv ishlarini rejalashtirish, taqvim-mavzu reja, reja-matn, dars kuzatish va uni tahlil etish.


Mavzuga oid muammolar:
Maktabning tarixan taraqqiy etish davrida ta’limni tashkil etish shakllari turlicha bo’lgan. Ta’limni tashkil etish shakllari ma’lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan. Turli davrlardagi ta’limni tashkil etish yuzasidan bayon qilingan qarashlarni, nazariyalarni o’rganib chiqish lozim. Ularni bir-biri bilan taqqoslash yaxshi samara beradi. Siz eng ma’qul qarash deb, qay birini hisoblaysiz? Bugungi kunda ta’lim shakllari qaysi olimning nazariyalariga asoslangan holda tashkil etilmoqda? Fikringizni izohlang.
Ta’limni tashkil etish shakllari turlicha bo’lib, sinf-dars tizimi asosiy shakl deb e’tirof qilinadi. Endilikda mamlakatimiz xalq ta’limi oldiga qo’ygan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil qilishning yangi-yangi shakllari yaratilmoqda. Ta’limni tashkil etishning yana qanday shakllarini bilasiz? Ularni keltirib o’ting. Bir-biriga taqqoslab, ularning afzallik tomonlari va kamchiliklarini tahlil qiling. Sizningcha zamonaviy dars nimasi bilan boshqalaridan farq qilishi lozim?
1-asosiy savol bo’yicha maqsad: ta’limni tashkil etish shakllari muammosining pedagogika fanida ilmiy asoslanishini tushuntirish, talabalarda darslarni tashkil etish va o’tkazishga qiziqish hosil qilish, ta’limning qo’shimcha shakllarini darsga bog’lagan holda bayon etish.


Download 35.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling