35-modda. Internat-uylardagi va boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalaridagi nogironlarning huquqlari
Nogironlarning internat uylarda yoki boshqa doimiy ishlaydigan ijtimoiy yordam muassasalarida bo‘lish sharoiti nogironlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatni ta’minlashi hamda shaxsning ehtiyojlari mumkin qadar to‘la-to‘kis qanoatlantirilishiga ko‘maklashishi lozim.
Salomatligini tiklash choralari yordamida nogironning internat uyda yoki o‘zga doimiy ishlaydigan ijtimoiy muassasada bo‘lishiga zarurat qolmagan taqdirda davlat hokimiyati mahalliy idorasi unga ushbu Qonunning 11-moddasi talablariga muvofiq ravishda qulay turar joy maydoni berishi kerak.
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashayotgan yetim yoki ota-onalarining vasiyligidan mahrum etilgan nogiron bolalar balog‘atga yetgach, agar salomatlikni tiklashning yakka tartibdagi dasturida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish va mustaqil turmush kechirish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shu dasturga muvofiq xalq deputatlari Kengashlari tomonidan navbatdan tashqari turar joy maydoni bilan ta’minlanadi.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |