Kirish nogironlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish va uning huquqiy asoslari


Download 56.72 Kb.
bet27/34
Sana05.01.2022
Hajmi56.72 Kb.
#225813
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
КРЫСА 2

VI. NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM

32-modda. Ijtimoiy yordam turlari

Nogironlarga ijtimoiy yordam pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar) shaklida, texnika vositalari hamda boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash shaklida, shuningdek tibbiy, ijtimoiy va kasb jihatidan tiklash hamda maishiy xizmat, transport xizmati ko‘rsatish yo‘li bilan beriladi.

Nogironlarni pensiyalar va nafaqalar bilan ta’minlash tartibi pensiya va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining III-bobiga qarang.

Nogironlarga bepul maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunlarida belgilab qo‘yiladi. Nogironlarni dori-darmonlar bilan ta’minlash, ularga texnik vositalar va o‘zga vositalarni berish, shuningdek, maishiy xizmat va transport xizmati ko‘rsatish bepul yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda yengil shartlar asosida amalga oshiriladi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.


Download 56.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling