Kirish nogironlarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish va uning huquqiy asoslari


VII. NOGIRONLARNING JAMOAT BIRLAShMALARI


Download 56.72 Kb.
bet34/34
Sana05.01.2022
Hajmi56.72 Kb.
#225813
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
КРЫСА 2

VII. NOGIRONLARNING JAMOAT BIRLAShMALARI

39-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqi

Nogironlar va ularning nomidan ish olib boruvchi shaxslar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda jamoat birlashmalarini, shu jumladan turli jamg‘armalarni tashkil etish huquqiga egadirlar.

Davlat idoralari nogironlarning jamoat birlashmalariga hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga har tomonlama madad, moddiy va gumanitar yordam beradi.

Davlat idoralari, shuningdek mulkning o‘z xo‘jalik yuritishning shaklidan qat’i nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish chog‘ida bu masalalarni nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal etishlari shart.

Nogironlar va ularning qonuniy vakillari o‘z manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan masalalar muhokama qilinayotganda hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilinayotganda qatnashish, shuningdek zarur axborot olish huquqiga egadirlar.

40-modda. Nogironlarning jamoat birlashmalariga beriladigan imtiyozlar va yengilliklar

Nogironlarning jamoat birlashmalari hamda ularning korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlari soliq to‘lashda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda imtiyozlar va yengilliklardan foydalanadilar.



XULOSA:

Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
Download 56.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling