Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojalin tarixi. Maqsad
Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 80.85 Kb.
|
1-leksiya
2. Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasiFiziologiya o’z tekshirishlarida boshqa fanlarning ma’lumotlariga asoslanadi va o’z navbatida bir qancha fanlarning rivojlanishiga asos bo’ladi. Fiziologiya hamisha fizika bilan kimyo qonuniyatlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan keng foydalanadi. Buning sababi shuki, har bir hayotiy jarayonda modda va energiya almashinadi, ya’ni kimyoviy va fizikaviy o’zgarishlar ro’y beradi. Shu sababli fiziologik tadqiqotlarda ikki yo’nalish – fizikaviy va kimyoviy yo’nalishlar yaxshi rivoj topdi. Bu ikki yo’nalish yordamida juda ko’p ma’lumotlar to’plandi, organizmda fizikaviy va kimyoviy jarayonlar kechishininng o’ziga xos konuniyatlari aniqlandi, ushbu jarayonlarni o’rganish uchun maxsus texnikaviy usullar ishlab chiqildi. Hayotiy hodisalarni tekshirishning fizikaviy va kimyoviy yo’nalishlari biologik fizika va biologik kimyo degan mustaqil fanlarga aylandi. Fiziologiya morfologik fanlar bo’lmish – anatomiya, gistologiya va tsitologiyaga ham jips bog’liq. Bunga sabab morfologik va fiziologik hodisalarning bir-biri bilan chambarchas bog’lihligidir. Organizm va qismlarining shakli, strukturasi va ularning funktsiyasi o’zaro bog’liq, ularning makroskopik, mikroskopik va submikroskopik tuzilishlari va tekshirilayotgan funktsiya yuzaga chiqayotganda bu tuzilish o’zgarishini bilmay turib, organizm funktsiyalarini chuqur o’rganib bo’lmaydi. Fiziologiya umumiy biologiyaga, evolyutsion ta’limotga va embriologiyaga ham tayanadi. Chunki har qanday organizm faoliyatini o’rganish uchun uning taraqqiyot tarixi – filogenezi va ontogenezini bilish lozim. Shu bilan birga funktsiyalar evolyutsiyasini o’rganish evolyutsion ta’limotning ba’zi masalalarini aniqlashga yordam beradi. Fiziologiya barcha tibbiy fanlarga ham yaqindan bog’liq. Fiziologiya yutuqlaridan tibbiyot doim foydalanadi, tibbiyotda fiziologiya keng tadbiq etiladi. Sog’lom, normal organizmda ro’y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina, turli kasalliklarda organizmdagi funktsiyalarning buzilganini tushunish, kasalliklarni davolashning to’g’ri yo’llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. Tibbiyot amaliyotida fiziologiya yutuqlaridan foydalanishni ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin (insulinni, vitaminlarni qo’llash, qon quyish). Tibbiyot esa, o’z navbatida, fiziologiyaga g’oyat ko’p qimmatli materiallar berdi. Odamning turli kasalliklarini o’rganish ko’pchilik normal fiziologik jarayonlarning mexanizmini tushunishga va ba’zi organlar funktsiyasini aniqlashga yordam beradi. Fiziologiyaning tibbiyot uchun, tibbiyotning fiziologiya uchun ahamiyati shu qadar kattaki, I.P.Pavlov odamzod faoliyatning ikki turi – tibbiyot bilan fiziologiyaning qonuniy va samarali ittifoqi zarurligini to’g’ri ta’kidlab, shunday degan edi: «Odamzod faoliyatining bu turlari ko’z o’ngimizda odam organizmi haqidagi fan binosini qurmoqda va kelajakda insonga eng yaxshi baxt – salomatlik va hayot baxsh etishni va’da qilmoqda». Download 80.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling