Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojalin tarixi. Maqsad
Download 80.85 Kb.
|
1-leksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va tekshirish usullari.
: Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti maqsadi, vazifalari, metodlari va rivojalin tarixi. Maqsad: Talabalarga odam fiziologiyasi predmeti, ularning uslublari, fiziologiyaning rivojlanish tarixi, fiziologik tekshirish usullari haqida ma’lumotlar berish. Rejasi: Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va tekshirish usullari.Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.Fiziologik tekshirish usullari. Fiziologiya rivojlanishining qisqacha tarixi. Kirish. Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va tekshirish usullari. Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, fizis – tabiyat, logos- tәlimot, fan, tirik organzmning funktsiyalarini unda sodir buladigan jarayonlarini urganadi. Bu Fan xujayra, tuqima, әzo va tizilmalarning xayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo`lgan barcha murakkab va muxit jarayonlarining asosiy mexanizmlarini, ularning funktsional aloqamandlgini, ichki va tashqi muxit sharoitiga bog`langan xolda keng ma`noda o`rganadi. Odam fiziologiyasi – tibbiyot nazariyasining poyddevori xisoblanadi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda kata ahamiyatga ega. Faoliyatlarni o’rganishda fiziologiya juda ko’p yangiliklarni kashf etdi, ulkan yutuqlarga erishdi va hozirgi vaqtda ko’p tarmoqli fanga aylandi. Bu tarmoqlardan qiyosiy fiziologiya, evolyutsion fiziologiya, ekologik fiziologiya, yosh fiziologiyasi, kosmik fiziologiya, mo’tadil fiziologiyalarni va boshqalarni eslatish mumkin. Fanning bu tarmoqlari tirik organizmda ro’y beradigan hayotiy jarayonlarni turli nuqtai nazardan tekshiradi. Masalan, evolyutsion fiziologiya hayvonot dunyosi taraqqiyotining turli bosqichlarida fiziologik jarayonlarning sifat farqlarini, yosh fiziologiyasi organizm o’sib ulg’ayishi davomida ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganadi. U odam organizmini, uning a’zolari, to’qimalari, hujayralari, hujayralarni tashkil qiluvchi tuzilmalarning hayot faoliyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Fiziologiya hayotiy jarayonlarni o’rganib, ularning qonuniyatlari va aloqadorligini aniqlab, tibbiyotga zamin bo’ladi. Inson salomatligi va mehnat qobiliyatini baholash, sog’lom hayot kechirish asoslarini aniqlash ham fiziologiya yutuglariga bog’liq. Demak, davrimiz fiziologiyasi ijtimoiy ahamiyatga ega. Fiziologiya biologik fanlarninng eng muhim bo’limlaridan biri bo’lib, tirik organizm, uning organlari, to’qimalari, hujayralari, hujayra tarkibiy elementlarining funktsiyalarini, ya’ni ularning hayot faoliyatini o’rganadi. Fiziologiya – eksperimental fan. Fiziolog hayot hodisalarini kuzatib va o’rganib, birinchidan, ularga sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berishga, ya’ni ularni aniq tasvir qilishga va o’lchashga, boshqacha aytganda, son va o’lchov bilan ifodalashga harakat qiladi. Ikkinchidan, kuzatish natijalarini xujjatlashga intiladi. Xujjatlash odatda shundan iboratki, kuzatuvchi olgan natijalarini yoki o’rganilayotgan jarayonni fotoplenkaga, qog’ozga, magnit lentasiga ma’lum vaqt ichida avtomatik ravishda yozib oladi. O’lchash uchun ham, xujjatlash uchun ham tekshirish vazifasiga mos, ko’pincha ancha murakkab asbob-uskunalar kerak. Zamonaviy, yuksak sezgir apparatlar odamning bilish imkoniyatlarini g’oyat kengaytiradi va son sanoqsiz turli fiziologik jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Ammo fiziolog faqat kuzatish bilangina qanoatlanib qola olmaydi. Chunki kuzatish organizmda nima nima ro’y berayapti? - degan savolga javob beradi xalos. Fiziolog esa fiziologik jarayonlarning qanday qilib va nima uchun sodir bo’layotganini bilishga intiladi. Buning uchun eksperimentator yaratadigan va o’zgartirib turadigan sharoitda tajriba, eksperiment o’tkazishi lozim. Fiziologik eksperiment shakllari turlicha bo’lib, tekshirish vazifasiga bog’liq. Masalan, tashqi muhitning organizmga ta’sirini o’rganish. Organizmdagi biror organning funktsiyasini yoki ahamiyatini bilish uchun fiziologlar shu organni yoki uning biror qismini olib tashlashadi. Bu usulni olib tashlash yoki ekstirpatsiya usuli deyiladi. Bir organni o’z joyidan boshqa joyga kuchirish mumkin. Bu kuchirib o’tkazish usuli yoki tarnsplantatsiiya usuli. Organ faoliyati asab sistemasi ta’siriga bog’liq ekanligini bilish uchun shu organga boradigan asab tolalari qirqiladi – deasabatsiya usuli. Shuningdek ligatura solish va tomirlar anastomozi, kateterizatsiya usullari ham keng qo’llaniladi. Tananing ichkarida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo’lmaydigan ba’zi organlar faodiyatini o’rganish uchun fistula usuli qo’llaniladi. Fistula me’da, ichak, siydik va o’t pufaklariga o’rnatiladi. Katta so’lak bezlari, me’da osti bezi va jigarning shira ajratish faoliyatini o’rganish uchun bu organlarning chiqaruv yo’llari teri yuzasiga chiqarib qo’yiladi. Organlar faoliyatini tekshirish uchun qo’llaniladigan yuqoridagi usullarning ko’pchiligi jarrohlik operatsiyalarini talab etadi. Bu usullarni o’tkir va surunkali tajribalarda qo’llash mumkin. O’tkir tajriba – vivisektsiya. Surunkali tajribalarda fiziologlar hayvonni har xil jarrohlik opertsiyalari qilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi. Operatsiya qilingan hayvonni bir necha xafta, oy, xatto yillab kuzatish mumkin bo’ladi. Organlar faoliyatini yaxlit organizmdagina emas, balki organizmdan ajratilgan sharoitda ham o’rganiladi. Qirqib olingan (organizmdan ajratilgan) organ tomirlaridan maxsus eritmalar o’tkaziladi - perfuziya usuli Download 80.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling